️Secretius
9.81K subscribers
699 photos
428 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Kabisa vaqti va vaqt oʻlchovi turlari

Hammamiz kabisa yili haqida bilamiz, har 4yilda "ortib" qolgan vaqtlar 1kunga yigʻilib 29-fevral boʻladi. Bu Grinvich vaqtining(GMT) xatoligi sabab, chunki Grinvich vaqti Quyoshga qarab oʻlchanadi.

Grinvich boʻyicha Yer shari 24ta vaqt mintaqasiga(15°dan) boʻlingan. Bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga oʻtganda odam chalkashib ketadi. Masalan sizga chet eldan joʻnatma kelsa-yu joʻnatish vaqti ertangi kun boʻlsa 😵‍💫. Mana shu vaqt oʻlchovidagi xato. Bunday xato aviatsiya, XKS(Xalqaro kosmik Stansiya), ob-havo bashorati, yoʻldosh joylashuvini aniqlash kabi sohalarda kechirilmaydi.

Shuning uchun UTC(Universal Time Coordinated) oʻylab topilgan. U atom soati orqali oʻlchanadi(Quyosh soati emas), xatoliklari kam va yuqoridagi sohalarda qoʻllaniladi.

UTC vaqti va bizning vaqt orasidagi farq 5 soat
UTC vaqti

Telegramda ham bu vaqt oʻlchovi qoʻllaniladi. Kimni @spambot'ga ishi tushgan boʻlsa biladi.
Shunda nega spamdan chiqmadim deb oʻylagandirsiz. Shuning uchun koʻrsatilgan vaqtga 5soat qoʻshib kutishingiz kerak.

Bu jin urgurni yana koʻplab turlari bor: TAI, UT, ST, TT va boshqalar.
Batafsil bu yerda(inglizcha)

©B. Franklin: "Vaqt bu pul"

#vaqt #telegram #xatolik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.