️Secretius
8.82K subscribers
750 photos
441 videos
150 files
1.96K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Samsung A53ning yumshoq-mumshoq dizayni

A52 qolipidagi dizayn, kamera moduli biroz boʻrtib chiqqanday ajoyib, qirralari egriroq dumaloq ham emas, qirrali ham emas.

Ekrani oʻzgarmagan, 6.5dyum 120Gts, afsonaviy mini-jek(quloqchin) teshiklari yoʻq, Type-C yoki Blutuz modemi orqali quloqchin ulanadi.

Sizning fikringiz?

#samsung

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Veb-saytlarning avvalgi koʻrinishi qanday boʻlgan?

Wayback Machine - o'tmishga qaytib veb-saytlar qanday ko'rinishini ko'rish imkonini beradi. 1996 yildan beri xizmat 366 milliarddan ortiq hveb-saytlarning nusxalarini to'plagan.

Saytga kirib sizni qiziqtirgan saytni qidiruvga kiriting, keyin sanani tanlashingiz kerak bo'ladi.

Havola: web.archive.org

P.s Quyida Daryo.uz saytining 2016-yil 11-yanvardagi holati😁

#site

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Bugun Beeline abonentlari uchun lifehaq qilamiz😁

Beeline Music ilovasidan 4G bonus olayotganda taxminan 600soʻmlik boʻlgan bir kunlik obunani yoqtiring.

Shoshilmasdan harakat qiling, 15ming soʻm pulingizdan ayrilib qolishingiz mumkin, menga oʻxshab 😅, oylik emas kunlik obunani yoqing!

Obuna boʻlgandan soʻng sizga kerakli va yoqqan musiqalarni topib, yuklab olishni bosing. Keyin ularni SD-kartadagi yoki Qurilmadagi Android -> data -> uz.beeline.music -> files -> Music jildidan topishingiz mumkin.

Bundan nima foyda?

600soʻm boʻlsa ham pulingiz bekorga ketmayapti, ham 4G bonus, ham sifatli musiqalarni yuklab olasiz.

P.s Kimgadir foydasi tegadi degan umiddaman, doʻstlaringizga ulashing😉

#beeline

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
FreeTube - kompyuter uchun Youtubening reklamasiz versiyasi.
Dastur Windows, Mac va Linux uchun mavjud.

Yuklab olish uchun 📥

️ Android uchun eng yaxshilari bu yerda➡️

iPhone uchun ➡️

#youtube #dastur

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍1
Ancha avval Pubg: New State oʻyini chiqayotgani haqida xabar bergan edim. Oʻsha postda oʻyinning faqatgina qachon taqdim etilishi aytilmagan edi. Smartfonga qoʻyiluvchi talablar, oʻyindan nimalar kutilishi va hatto treyleri ham bor edi.

Oʻyinning alfa va beta sinovlari nihoyasiga yetdi, yangi treyleri chiqdi. Endi esa chiqish sanasi soatigacha aniq boʻldi: 2021.11.11 (taxminan soat 9:00da)

P.s Sinovlarda qatnasha olmagan va oʻyin ishqibozlariga hamda doʻstlaringiz yuboring, yana qolib ketishmasin😁

#game #gamer

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Rezyume tayyorlash

Ishga kirishda sizdan rezyume soʻraladi(deyarli har doim). Bu tanlovning dastlabki bosqichida talab qilinadi, rezyume ish beruvchi uchun nomzod(siz) e'tibor berishga arziydimi yoki yo'qligini hal qiladi. Rezyume muhim.

Qo'lda rezyume yaratish uzoq va qiyin, shuning uchun resumake.io xizmati yordamida biz tez va oson rezyume tuzamiz. Sayt juda ham sodda va qulay.

#site #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir haftacha avval YouTube kanalimizga shu videoni yuklagan edik😁

Koʻrmaganlar boʻlsa baho beringlar, kirib hech boʻlmasa layk bosib qoʻying👇
Youtube video

Fikringizni kommentda qoldirib, aʼzo boʻlish esdan chiqmasin🙂

#kayfiyat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Deyarli har bir dasturning "Developer tools"(dasturchi sozlamasi) menyusi boʻladi.
Telegramda ham shunday menyu bor, unda siz Telegram kamerasi oʻrniga boshqa kamera dasturini, ovozli xabar yoki video yozayotganda musiqani oʻchirmaslikni tanlashingiz mumkin. Yana koʻplab sozlamalari bor, ularga tushunmasdan tegmaganingiz maʼqul.

#telegram #lifehack

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Nega odam shokolad yesa oʻzini yaxshi his qiladi?

Shokoladda baxt gormoni bo'lgan triptofan borligi tufayli. Bu sizning kayfiyatingizni sezilarli darajada oshiradi.

▶️Depressiyani davolashda ham shifokorlar ko'proq shokolad iste'mol qilishni maslahat berishadi.
▶️Qon topshirgan odamga ham shokolad beriladi, bu odamni tinchlanishi va qand moddasini meʼyorlashtirishi uchun.

P.s Shunday ekan shokolad yeb turing😅

#nega

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi kunlar haqida qisqacha...

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Zamonaviy flagmanlarning kamera dizaynlari - Xiaomi, Huawei, OnePlus, Apple, OPPO, Google va Sony

Eng chiroylisi qaysi?

#kamera #smartfon

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Youtube platformasida endi "dislike" soni faqat kanal adminlariga koʻrinadi.

Bu haqida Youtube oʻzining blogida maʼlum qildi.
Maqolada aytilishicha, yoqtirmaslik belgisi qoladi, faqat uning soni koʻrinmaydi.

Bunga sabab qilib, endi kirib kelgan ijodkorlardan koʻplab shikoyat tushgani, shikoyatda nohaq koʻp dislike bosilgani koʻrsatildi.

Sizning fikringiz qanday, dislike soni muhim edimi?

#youtube

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👎2
Megabit 🆚 Megabyte

Internet tezligini o'lchash uchun fast.com yoki boshqa bir saytga kirdingiz. Deylik natija 8 Mbps. Yomonmas, ammo, internetdan biror video, musiqa yoki fayl yuklab olmoqchi bo'lsangiz, yuklab olish tezligi 1 MBs ekanligini ko'rasiz. Balkim tezlik o'lchaydigan xatodir yoki internet bilan muammo bormi? Yo'q!

Hamma gap "b" harfining kichik yoki kattaligida. Mbps-ning kengaytirilgani "Megabit per second" ya'ni "sekundiga Megabit" bo'ladi. MBs esa "Megabyte second" ya'ni "Megabayt sekund" bo'ladi.

8 Mbps = 1 MB
1 bayt ichida 8 bit bo'ladi. Bu degani sizning internet tezligingiz sekundiga 8 Mbps bo'lgandagina, yuklanayotgan fayl sekundiga 1 MB tezlikda yuklanadi.

🤓 Xulosa shuki, internet tezligini o'lchashda har doim megabit-dan foydalanadi. Bizning telefonimizning yoki kompyuterlarimizning xotira hajmi esa megabayt bilan o'lchanadi.

#internet #nega

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍1
Forwarded from MrSchizoid Blog🔺
Biror kishi bilan turmush qurmoqchi bo’lsang uni internet tezligi past bo'lgan komputerda sinab ko’r. Keyin uni kimligini bilib olasan.

© Will Ferrell

#kayfiyat

Kel, koʻr, biror narsa ol doʻstim. Bilim hech qachon kam boʻlmagan, ayniqsa foydalisi😁.

MrSchizoid Blog🔺
Dunyo boʻylab "Museum of gaps" (oʻzbekcha: Muvaffaqiyatsizliklar muzeyi) deb nomlangan muzeylar mavjud. Bunday muzeydan koʻpchilikni hafsalasini pir qilgan mahsulot va buyumlar oʻrin oladi.

Muzey kolleksiyasida turli xil muvaffaqiyatsiz gadjetlar, dasturiy ta'minot va o'yinlar mavjud. Masalan, Nokia n-gage geymer telefoni, kengaytirilgan reallik ko'zoynaklari (Google glass), Windows 8 pro ... endi esa Cyberpunk 2077 oʻyini diski ham shunday muzeyda bor.

Bu muzey Shvetsiyada joylashgan, 2017 yilda Xelsingburg shahrida shved kolleksiyachisi Samuel Vest tomonidan ochilgan.

Cyberpunk 2077 chiqqanda juda ko'p xato va qotishlar boʻlgan. Yil davomida xatolar tuzatildi, lekin...
Eskini yamaguncha esing ketadi degan maqol bor.

Sizningcha bunday muzey bizda ochilsa, birinchi boʻlib nima qoʻyilishi kerak?

P.s Men birinchi boʻlib birorta "Tiko"ni olib borgan boʻlardim, agar topsam😅

#xatolik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Windows 10 haqida...

1. Microsoft serverlari bilan maʼlumotlaringizni sinxronlash:

• Brauzerni tarixi va ochiq sahifalar
• Ilova sozlamalari
• WiFi tarmoq nomlari va saqlangan parollar

Cortana ilovasi maʼlumotlarni toʻplaydi:

• Klaviatura bosishlari, qidiruvlar va mikrofon yozuvlari
• Joriy joylashuv
• Kalendar maʼlumotlari
• Sevimli musiqangiz
• Kredit karta tafsilotlari
• Xaridlar

4. Bundan tashqari, Microsoft boshqa ma'lumotlarni alohida to'playdi, masalan:

• Saqlangan parollar
• Demografik ma'lumotlar
• Odatlar va qiziqishlar
• Foydalanish statistikasi
• Aloqa ma'lumotlari
• Joylashuv maʼlumotlari
• Kontent maʼlumotlari (pochta, xabarlar, qoʻngʻiroqlar tarixi, audio va video yozuvlar)

5. Ma'lumotlar uchinchi shaxslarga berilishi mumkin:

• Windows 10 ni o'rnatayotganda, Microsoft yuqoridagi ma'lumotlarni sizning roziligingiz bilan yoki sizning roziligisiz har qanday uchinchi tomonlarga o'tkazishiga rozilik bildirasiz.

Xulosa: Hech qanday tizim xavfsiz emas va xavfsizlikning eng nozik boʻgʻini biz yaʼni foydalanuvchi

#microsoft #windows

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍1
Grafik dizayner uchun qanday kompyuter kerak?

Bu uchun katta hajmdagi RAM, Grafik karta(video karta), kuchli protsessor kerak bo'ladi.

OS: Windows 7, 8, 8.1, 10 Pro;
Protsessor(CPU): ko'p yadroli Corei5 yoki Core i7, chastotasi yuqorisini tanlash tavsiya etiladi;

Operativ xotira(RAM): 8 GB yoki undan yuqori, hamyoningiz ko’tarsa 16 GB;

Grafik karta: NVIDIA GeForce 2GB, 4GB yoki undan yuqorilari tavsiya etiladi (Grafik karta qancha katta bo’lsa Grafika bilan ishlash shuncha qulay bo’ladi)

Saqlovchi disk: HDD 1 TB
Qo’shimcha: SSD 256 yoki 512 GB
OS (Operatsion sistema)uchun SSD ishlatilishi tavsiya etiladi chunki bu HDD ga solishtirganda ancha tez ishlaydi.

Displey: normal ko'rinishi uchun minimal(eng kamida) FullHD (1920x1080) talab qilinadi.

P.s Bunday kompyuter yoki noutbuk boshqa sohadagilar(koʻplab) uchun ham mos keladi
#kompyuter_tanlash

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.