️Secretius
9.72K subscribers
704 photos
428 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Hozirgi kunda biz qoʻrqadigan narsalar oʻzgargan😂👇

#texnosarkazm #kayfiyat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
2009 yilda «Uinston» laqabli kabutar va Janubiy Afrika Respublikasining internet xizmatlarini taqdim etuvchi eng yirik provayderi - «Telkom» o‘rtasida 4 GB axborotni 100 km uzoqlikka tezroq yetkazish bo‘yicha poyga uyushtiriladi.

Kabutar 4 GBli fleshkani manzilga yetkazganda, internet provayder endigina 4% ma’lumotni uzatishga ulgurgan edi.

Bu voqeaning ba’zi bizga tanish internet kompaniyalarga umuman aloqasi yo‘q.

© Mavlon Marasulov
#kayfiyat​​​ #poyga

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Noutbuk sotib olishda nimalarga eʼtibor qilish kerak (eng asosiylari):

-Doʻkondan sotib olayotgan boʻlsangiz sotuvchilarga yoki egasiga quloq solmang(tezkor bilish uchun)
- Intel va AMD protsessorlarining 2 ta turi bor: H va U.
Intel Core i5 yoki i7 yaxshi variant. i3, Celeron yoki Pentium boʻlsa olmang

H versiyasi - masalan, Intel Core i5 9300H. Juda kuchli, ammo batareyani yeb, qizib ketadi.
- U versiyasi - masalan, Intel Core i5 8250U. Kuchsizroq, lekin ular energiya tejaydigan va koʻp quvvat sarflamaydi

- AMD Ryzen 5 yoki Ryzen 7ni tavsiya qilaman, Ryzen 3 yoki AMD FX boʻlsa yoʻq.
- Intel singari, Ryzenning H (Ryzen 5 3550H kabi) va U (Ryzen 5 3500U kabi) versiyalari bor. Xususiyatlari ham bir xil.

-Grafik kartalar: Intel, AMD (Radeon), Nvidia Geforce
- Intel (masalan, Intel HD 620) - filmlar, brauzer, ofis uchun
- AMD (Radeon) (masalan, Vega 8) Inteldan biroz kuchliroq. "Ogʻir" oʻyin va dizaynerlar uchun - RX5500M
- Nvidia Geforce - MX150, MX250, 1050 (Photoshop va yengil o'yinlar uchun) asosiy versiyalaridan boshlab va 1070, 1080, 1660ti, 2070, 2080 (kuchli o'yinlar va video muharirriligi uchun). GeForce 870 va undan quyidagilarni olmang. Ultrabook uchun eng maqbul yechim MX250 yoki 1050. O'yinlar uchun bu 1660.

- RAM. Qancha katta bo'lsa, shuncha yaxshi bo'ladi, lekin 8Gb normal deb oʻylayman. Noutbuklarda RAMni kengaytirish mumkin, ammo koʻpchilik zamonaviy ultrabuklarda qilib boʻlmaydi.

- Ekran - 1920x1080 - bu sotib olish uchun minimal miqdor. Ekran piksellar sogʻ-omonligini tekshirish kerak(monteon.ru - onlayn tekshirish)
- Klaviaturani ham tekshirish kerak, biror harf yoki belgi bosilmay qolmasin😅(key-test.ru)

- Qattiq disk. 3turi bor: HDD, SSD, NvMe
- HDD sekin va arzon, uzoq vaqt ishlaydi
- SSD tezkor, shovqinsiz, energiyani tejaydigan, kamroq xizmat qiladi(😅) va qimmatroq
- NvMe undan ham tezroq, uzoqroq ishlaydi va albatta qimmatroq

- Tashqi ko'rinishi. Bunisi har kimning didiga bogʻliq. Metall va juda ingichka korpusni tavsiya qilmayman. Kamida 3 ta USB port, ulardan 2 tasi USB 3.0 boʻlishi shart.

P.s Sotib olayotganda moliyaviy tomondan maslahatlar:
Toʻlov qilish uchun imkoniyatingizni chamalang, kredit yoki boʻlib toʻlashga koʻzingiz yetsagina rozi boʻling.
Bu sohadan yaxshiroq xabardor doʻstingiz/tanishingizdan iltimos qiling, bunda pulingiz tejalishi mumkin.

P.s.s Quyida oʻzingiz ham hayotiy tajribangizni boʻlishing😁
#tavsiya #maslahat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Cloubhouse bu bir qancha aqlli odamlar yigʻilib olib onlayn ovozli suhbat quradigan, maslahatlar va tavsiyalar olinadigan va tegishli odamlardan beriladigan joy.

Unda biznesda/hayotda katta tajribaga ega koʻplab odamlar oʻzlarining fikrlari bilan boʻlishishadi.

Avval faqat iOS uchun chiqarilgan dastur yaqinda Android platformasi uchun ham chiqdi.
Hozircha AQSh uchun mavjud, kirib yozilib qoʻysangiz bizga yetib kelganda yuklab olasiz.

👉 Google Play

Hozir yuklab olsangiz ham boʻladi😁👇

Secretius fayl ombori

#cloubhouse

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
🚗Ilon Maskning CyberTrack'i Nyu-York koʻchalarida

P.s Yoqdimi?

#mask

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Oq-qora rasmlar har birimizning oilaviy arxivimizda bo‘lsa kerak.

Shunday "qadimgi" rasmlarga «ikkinchi hayot baxsh etuvchi» – ularni rangli qilib beruvchi onlayn servislar:

◽️ color.artlebedev.ru
◼️ algorithmia.com
◽️ 9may.mail.ru
◼️ colorize.cc
◽️myheritage.com/incolor

Ushbu servislarning ishlash tamoyili bir xil: istalgan eski rasmni smartfoningizda suratga olib (yoki skaner yordamida raqamli shaklga o‘tkazib), keyin uning faylini yuklaysiz. Saytlar esa «sun’iy idrok» texnologiyalari asosida uni rangli qilib beradi.

Colorize.cc hamda Algorithmia.com servislari yakuniy fotosuratga o‘z nomini «suvli belgi» tarzida tushiradi, qolganlari esa toza rasmning o‘zini chiqarib beradi.

Servislar oq-qora rasmlarni deyarli bir xil darajada rangli qilib beradi. Ular orasida 9may.mail.ru hamda colorize.cc yaxshiroq natija berdi.

#site #rasm

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
POCO M3 Pro

Redmi Note 10 5G rebrend varianti 😁. Ikkisining oʻrtasida biroz farq bor: POCO M3 Pro kameralar ostida katta POCO yozuvi bor😅.

3ta kamera: 48 MP asosiy va ikkita 2 MP qo'shimcha, old kamera 8 MP. Yana, 1080×2400 o'lchamdagi va yangilanish tezligi 90 Gts bo'lgan 6,5 dyumli displey, MediaTek Dimensions 700 protsessori, Type-C porti orqali 22,5 Vt tez quvvat oladigan 5000 mA/soat quvvatga ega akkumulyatorga ham ega. Yon tomonida barmoq izi skaneri.

Smartfon taqdimoti 19-may kuni boʻlib oʻtadi🙂.

#poco #xitoy #xiaomi #subbrend

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Live stream scheduled for
Foydalanuvchilar haqida eng kam ma'lumot to'playdigan eng yaxshi 8 messenjer👇

PhoneArena mini-tadqiqot olib bordi va qaysi messenjer bizning ma'lumotlarni eng kam yig'ishini aniqladi.

Birinchi o'rinni Signal egalladi. Ilova foydalanuvchidan so'raydigan yagona narsa - bu telefon raqamidir, bu messenjer foydalanuvchi shaxsiyati bilan bog'liq emas.

Ikkinchi o'rinda Skype. Unda hech qanday "joylashuv ma'lumotlari" yoki shunga o'xshash ruhsatlarni soʻramaydi.

Uchinchi o'rinda Zoom. Pandemiya paytida sezilarli darajada o'sgan video qo'ng'iroqlar xizmati. Zoom foydalanuvchidan joylashuv ruhsati soʻraydi.

Toʻliq roʻyxat:

1. Signal
2. Skype
3. Zoom
4. Discord
5. Telegram
6. WhatsApp
7. Facebook Messenger
8. TikTok

Manba: PhoneArena

#reyting #telegram

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Uzmobile Hayit ayyomi uchun bayram eʼlon qildi 😁👇

#uzmobile #bayram

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from ️Secretius
Mark Elliot Zukerberg
(14-may 1984-yil)

Amerikalik Facebook ijtimoiy tarmogʻi asoschisi va milliarder. Hozirda Silicon vodiysida yashamoqda (Palo-Alto shahri).

Hozirda Mark Zuckerberg 105 milliard $ (2021) sohibi boʻlib, dunyo boʻyicha eng badavlat insonlar roʻyxatida beshinchi oʻrinda turadi.

#facebook #mark #mashxurlar

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Pixellab Pro
Pixellab dasturi eng yaxshi dastur men uchun fotomantajda!
Pixellabda sticker, Logo, You Tube banner va avatar, Instagram va yana koʻplab ishlar qilish mumkin.
Bir gap bilan universal dastur!
Dastur haqida:
- Pro versiyada
- Offline
- Telefon versiya eng kichigi 4.1
Manba: @alexstranniklite

P.s Foydalanish yoʻriqnomasi You Tubeda bor.

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
weavesilk.com
Hammani asablari charchagan, bu saytda siz oʻzingiz uchun sanʼat asarlarini yarata olasiz)

Qaysidir maʼnoda tinchlantiruvchi 🙂

#site #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
️Secretius pinned Deleted message
Hammaning hiqildogʻiga kelgan narsa bu REKLAMA.

Bugun brauzerdagi reklamalarni qanday oʻchirishni koʻrsatib oʻtamiz, avval u bilan tanishib olsak).

PUSH xabarlar - brauzerdan keluvchi xabar koʻrinishidagi reklama. Siz bilan qaysidir Katya tanishmoqchi boʻladi, Youtubedan qandaydir videoni koʻrish taklif qilinadi, aslida ular reklama va sayt shu orqali pul topadi. Bu yerda aybdor oʻzimiz, lekin biz brauzerlarni ayblab oʻtiramiz😂.

Bu qanday boʻladi:
- siz biror saytga kirdingiz
- sayt sizga bildirishnomalarni ko'rsatishni taklif qildi
- siz OK tugmachasini bosdingiz va "easy easy tamam tamam 😂"

Yechimi bor🙂.
Android:
- brauzeringizni oching
- 3 nuqta yoki chiziq
- sozlamalar
- bildirishnomalar
- qaysi saytlarga ruxsat berilganini tekshirib, keraksizini oʻchiring.

Oson varianti ham bor, telefondan:
- sozlamalarni oching
- ilovalar
- brauzerni tanlang
- xotira
- keshni yoki ma'lumotlarni tozalang

#reklama #xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Yaqinlarimizni hayron qoldirish, xursand qilish oʻzimizga ham zavq bagʻishlaydi!
Buning uchun bizga 2ta koptokcha, 2ta bir martalik stakan va chaqqon qoʻllar kerak😁
#kayfiyat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Zamzar - hujjat, rasm, video va musiqa formatlarini oʻzgatiruvchi, 1200dan oshiq formatni qoʻllovchi online konverter sayt.

Saytga 50Mbdan oshiq boʻlmagan faylni yuklab, mavjud boʻlgan kerakli formatga oʻtkazish mumkin, undan oshigʻi pullik😕.

Sinab koʻring😁👇
Zamzar.com

#site #useful #file

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👁👁Instagramdagi profillarni anonim tarzda qanday ko'rish mumkin?

Har qanday qurilmada ishlaydigan juda qulay va xavfsiz usul. Hisobingizga kirish va izlash uchun biror narsa kerak emas. Istalgan profil foydalanuvchi nomini(username) quyida keltirilgan saytlarning biriga joylashtiring:

insta-stories.ru
gramotool.ru

Ushbu manbalar taxminan bir xil ishlaydi. Foydalanuvchi sahifasiga havolani qo'shib, siz uning barcha hikoyalari ro'yxatini ko'rasiz va siz ularni anonim tarzda ko'rishingiz mumkin.
Olg'a😁

⚠️Usul faqat jamoat profillarida yordam beradi. Agar sahifa notanishlar uchun yopiq bo'lsa, unda bu usul foyda bermaydi.

#instagram #site #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from My Biblo
Dunyoga mashhur neft magnati Rokfeller 1867-yil 18-dekabr tongida Nyu-Yorkka boruvchi poyezdga kech qoladi, baxtga qarshi yoʻlda poyezd halokatga uchraydi, lekin omadi kulgan Rokfeller u poyezdda yoʻq edi.

Oʻsha vaqtdagi Temiryoʻllar magnati Kornelius Vandervild bilan uchrashib kelajagini hal qiluvchi bitimga erishadi.

Gap bunda emas, gap Rokfeller oʻta dindor boʻlgani, poyezdga chiqmasdan omon qolgani va bu Xudo unga buyuk ishlar qilishi uchun imkon bergan tanlangan shaxs degan fikrga borgani haqida.

Hammamiz dunyoni oʻzgartira olamiz, hammamizda bunday kuch bor, lekin biz "poyezdga kech qolib, halokatdan omon qolishni" kutamiz.

#tarix #fikrlarim

📓 @My_Biblo
Rasmdagi soʻzni chiqarib beruvchi eng yaxshi botlar
Bir biridan imkoniyat va funksiyasi jihatdan farq qiladi!

1. @imgocr_bot

2. @image_to_text_bot

3. @visiontest1bot

4. @bacakubot

5. @imagereaderbot

6. @OCRthis_bot

7. @imageToText_bot

8. @OCRService_bot

9. @TexifyBot

10. @ScanPhotoTextBot

#bot #telegram

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.