️Secretius
5.4K subscribers
871 photos
458 videos
150 files
1.99K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Smartfonlarning eng yaxshi grafik qobiq reytingi(Benchmark Master Lu):

Opponing ColorOS qobigʻi birinchi boʻldi. Undan keyin Realme UI kichik farq bilan ikkinchi.

Kuchli o'nlikka Xiaomi'ning MIUI va Samsung'ning One UI'lari kirmagan. Bu ikkala kompaniyaning yaqinda yangilanish qilganliklari va shu paytgacha ular mutaxassislarni hayratda qoldiradigan darajada yaxshi emasligi bilan bogʻliq.

#reyting

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli
🔋Tashqi akkumlyator - Power Bank tanlash haqida

Hozirgi kunda Power Bank ancha talabgor tovar bo'lib qoldi, chunki smartfonlar akkumlyatori foydalanuvchilar talab qiladigan darajada katta quvvatga ega emas.

Demak, ehtiyoj katta bo'lgan tashqi akkumlyatorni qanday tanlash bo'yicha maslahat:

•Hajm (mAh)
Hajm bu har bir akkumlyatorning asosiy parametrlaridan biri. Nimani quvvatlash uchun kerak? degan savolga javob bering, so'ng quvvatini belgilaysiz:
->Bluetooth naushnik, smart soatlar, fitnes garnitura uchun: 5000 mAh.
-> Smartfon uchun: 8000 mAh'dan kam emas.
-> Planshet, notebook uchun: 16000 mAh'dan kam emas.

•Tok kuchi (A)
Bu parameter to'g'ridan-to'g'ri quvvat berish va olish tezligini belgilaydi, qancha katta bo'lsa shuncha tez zaryad oladi yoki beradi. Tanlov input/output uchun 2 amper(2A)dan kam bo'lmasin, chunki Power Bank'ga birdaniga 2 ta qurilma ulansa tok kuchi bo'linib ketadi va zaryad berish tezligi kamayadi. Quick charge uchun 3 A.

•Port
Sizdagi qurilma qanday portlar qabul qiladi? shunga qarab tanlaysiz, kelajakda nima bo'lishini bilmaysiz, shuning uchun har xil portli tashqi akkumlyator oling.
➡️Input uchun: microUSB, Type-C, Lightning
⬅️Output uchun: bir necha USB port

•Akkumlyator turi
Boshizi oritish niyatm yo'q: tanlov yoki litiy-polimerli yoki litiy-ionli akkumlyator.

•Indikator yoki displey
Bu sizning tanlovingiz lekin zaryadni ko'rsatadigan biror nima bo'lsin albatta. Displeyli PowerBank indekatorliga Power bankga qaraganda sal qimmatroq. Displeyli PowerBank zaryadni aniqroq ko'rsatadi.

•Tashqi ko'rinish
Tashqi ko'rinish ham o'zingizning tanlovingiz, men uchun ideal holat smartfon bilan bir hildagi PowerBank. Korpus iloji bo'lsa metaldan qilingan bo'lsin.

•Qo'shimcha funksiyalar
Power Bank ishlab chiqaruvchilar har bir qo'shimcha funksiya uchun narhini oshirishadi, qanday qo'shimcha funksiyalari bor?
->quyoshdan zaryad olish;
->simsiz zaryad qilish;
->suvga chidamlilik
->fonar o'rnatilgan bo'lishi mumkin;
->yerga tushganda chidamlilik;

Yana bir muhim narsa, agar sizning smartfoningiz akkumlyatori 3000 mAh bo'lsa, Power Bank hajmi 6000 mAh bo'lsa, bu degani siz 2 martta smartfoningizni to'liq zaryad qila olasiz degani emas.

#maslahat #tavsuyu #tavsiya

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Dunyodagi eng boy odamlardan hisoblanadigan Bill Geyts tavsiyalari:
1) Raqobatchilaringizni oʻrganing. Men har kuni ertalab birinchi navbatda raqobatchilarimning ishlari bilan tanishaman.

2) Qat'iyatli boʻling. Rahbarning eng asosiy xususiyati yomon xabarni ham mardona qarshi olishdir.
Sovuqqon boʻling va shunda har qanday muammo tezroq echimini topadi.

3) Muvaffaqiyatga e'tibor bermang. U aldamchi va oʻzgaruvchidir. Maqsadga erishdingizmi, joyingizda oʻtiravermang, yangi marrani koʻzlang. Raqobatchilar qoʻl qovushtirib oʻtirishmaydi.

4) Rivojlanish uchun sharoit yarating. Tajribali rahbar qo'l ostidagilarning ishlashi uchun yaxshi muhit va sharoit yaratadi.

5) Bir ishni bajarishni moʻljalladingizmi, unga bugunoq kirishing. Vaqtni boy bermang.

6) Mag'lubiyatdan qoʻrqing. Qadam tashlashdan oldin uning toʻgʻriligiga toʻliq ishonch hosil qiling, qadam tashlaganingizdan keyin esa xulosa chiqaring.

7) Yangi texnologiyalardan foydalaning. Elektron vositalar moʻjizalar yaratishga qodir.

8) Olomondan ajraling. U har doim ham kerakli yoʻnalishda ketmaydi. Har doim oʻz yoʻlingizni tanlang.

9) Siz maktabni bitiriboq yiliga 60 ming dollar maosh olmaysiz. Oʻzingiz erishmaguningizcha kompaniyaning vitse-prezidenti boʻla olmaysiz. Buning uchun mehnat qilish darkor.

10) Agar kklmakka oʻtirib qolsangiz, bunda ota-onangizning aybi yoʻq. Yigʻlamsirab oʻtirmasdan, xatolaringizdan xulosa chiqaring.
11) Siz tugʻilganingizga qadar ota-onangiz hozirgidek asabiy, injiq, muhtoj emasdilar. Ular sizning kiyimlaringizni yuvib, yedirib-ichirib, kiydirib, erkalik va injiqliklaringizga chidab-chidab shu ahvolga tushganlar. Ularga jahl qilguncha oʻzingizga "ota-onam bo'lmaganda kim boʻlardim?” degan savolni bering.

12) Siz oʻqigan maktabda hech kim etakchilar va omadsizlarga ajratilmas, lekin hayotda bunday EMAS.
Maktabda yomon baholar qoʻyilmas, to'g'ri javobni aytish uchun bir necha marta imkoniyat berilar. Lekin haqiqiy hayotda bunday BOʻLMAYDI.

13) Koʻzoynak taqqan yoki shalpangquloq bolaning ustidan kulmang. Vaqti kelib, uning qoʻlida ishlab qolishingiz mumkin.

#tavsuyu

📓 @My_Biblo

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Nega benzinni suv bilan o'chirib bo'lmaydi?

Benzin yonuvchan suyuqliklar sinfiga kiradi. Ko'pgina yonuvchan moddalardan farqli, yonayotgan benzinni suv bilan oʻchira olmaysiz: bu bilan battar alangalantirasiz.

Yonish bu moddani(yonuvchan) kislorod bilan birlashish jarayoni, shuning uchun olovni o'chirishda asosiy maqsad yonayotgan materialga kislorod oqimini cheklash.

Suv bilan o'chirish - yonayotgan narsaga kislorod bilan kirishni to'xtatish, chunki suv uni namlik bilan o'rab oladi (va qo'shimcha ravishda suv uning haroratini pasaytiradi). Suv bilan benzin aralashmaydi, undan yengil bo'lgani uchun yongʻin bilan birga yoyila boshlaydi.

Shuning uchun, ochiq joyda benzinni o'chirish uchun siz unga havo kirishini to'sishning boshqa usullaridan foydalanishingiz kerak, masalan, qum yoki tuproq bilan koʻmish. Iloji bo'lsa, avval siz olov tarqalishini oldini olishingiz kerak: buning uchun avval olov atrofini tuproq bilan qoplashingiz va shu yoʻsinda markazga tomon yurishingiz kerak.

Agar benzin ochiq idish ichida yonsa, qum bilan oʻchirmang, agʻdarib yuborishingiz mumkin, bu esa yonayotgan benzinning to'kilishiga va olovning tarqalishiga olib keladi. Idishni qalin mato parchasi - gilamcha, palto yoki adyol bilan yopish yaxshiroq.

#nega #xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Beeline abonentlari uchun, bilmaganlarga tekin 1Gb olish

Bonusni olish uchun koʻring

Koʻk yozuv ustiga bosing👆

Tegishli maqolalar
https://t.me/Secretius/2695

https://t.me/Secretius/2439

https://t.me/Secretius/4204

https://t.me/Secretius/4264
#beeline

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Live stream scheduled for
Telegram kompyuter va brauzerda SMS-avtorizatsiyani taqiqladi.

Bundan buyon, agar foydalanuvchi faol seanslarga ega bo'lmasa, u holda faqat mobil dastur orqali ro'yxatdan o'tish mumkin, ya'ni sizda faol akkaunt boʻlmasa quruq SIM-karta bilan kompyuter va brauzerda hisob ocholmaysiz.

P.s Bu SMS yuborish uchun pulni tejash maqsadida qilingan, chunki Telegramda hali ham monetizatsiya mavjud emas, u Durov mablag'lari hisobiga yashaydi.

#telegram

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Ertaga soat 20:00da Secretius kanalida "Xavfsizlik" haqida ovozli chat boʻlib oʻtadi.

Xavfsizlik nima, yeydigan narsami, bizga nega kerak yoki yana shunga oʻxshagan allambalo savollarga javob izlaymiz😁

Boshqa ovozli chatlarimiz haqida👇
#ovozli_suhbat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Durov" hujjatli filmi treyleri
#durov #film

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Mobil internet narxlari arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi.

Britaniyaning Cable.co.uk portali dunyodagi mobil internet narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi. Bir yil davomida mamlakatimiz ko‘rsatkichlarini 33 pog‘onaga yaxshilab oldi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 Gb mobil internet narxi o‘rtacha narxi – $0,6. ekanligi qayd etildi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, 2020 fevral oyida ushbu saytda cable.co.uk O‘zbekistonda 1 Gb mobil internet narxi 1,34 AQSH dollarini, ya’ni 14 050 so‘mni tashkil etgan. Mobil internet narxi arzonligi bo‘yicha ro‘yxatda O‘zbekiston 54-o‘rinni egallaganini ko‘rsatgan edi.

#internet #reyting

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Xavfsizlik
️Secretius 🔐
Xavfsizlik mavzusi boʻyicha ovozli chatni yozib olingani😁

Kerak boʻlsa, har doimgidek yaxshi suhbat boʻldi.

Keyingi suxbat mavzusi boʻyicha takliflarni @SecretiusBot'ga yuboring.

#ovozli_suhbat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Kompyuter xarakteristikasini bilish uchun nima qilish kerak?

Klaviaturadan Pusk va R tugmalarini ketma-ketlikda bosamiz, chiqqan oynaga dxdiag deb yozamiz va Enter.

Qarabsizki, qurilma haqidagi bor maʼlumot chiqib turibdi😁

#kompyuter #lifehack

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Sunʼiy intellekt koʻp narsaga qodir, masalan eski videotasvirni "yangiday" qilishga.
Bu neyron tarmog'iga asoslangan servis eski va oq-qora videolarni "yangiga" aylantiradi‌.

👇
neural.love

#site #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
️Secretius pinned an audio file
Tezkor xotira(RAM) nima va u nima uchun kerak?

RAM - biz ishlatadigan smartfonning ajralmas qismi. Biz ishlatadigan dasturlar,o‘yinlar va hattoki smartfon tizimi ham RAM dan joy oladi.

Ishlatayotgan ilovalarimiz qanchalik koʻp boʻlsa, smartfonning ishlash tezligi ham kamayadi. Sizda tezkor xotira(RAM) 1Gb bo‘lsa va siz unga hajmi 1Gb o‘yinni yuklasangiz o‘yin "qotishi", katta ehtimol bilan ushbu o‘yinni ocha olmasligi mumkin.

Sababi o‘yin sizni RAMingizga sig‘magan bo‘ladi. Dasturni hajmi qancha katta bo‘lsa RAMdan ham shuncha yoki undanda ortiqroq joy olishi mumkin.

RAMni zo‘riqtirmaslik uchun nimalar qilish kerak? Smartfoningizda xotirani(ROM) keraksiz fayllardan va RAMni fonda ishlayotgan ilovalardan tozalab turuvchi qismi bor, undan RAM holatini nazorat qilishingiz mumkin, agar bunga qoniqmasamgiz avtomatik ravishda ishlovchi RAM tozalaydigan dastur ham bor.

RAMni qiynamaydigan dasturlardan foydalaning, keraksiz va bir xil ishni takrorlovchi dasturlarni oʻchiring. Aytgancha doʻstlaringni kanalimizga taklif qiling😁.

#maslahat #xotira #ilova

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Nega klaviaturada harflar alifbo tartibida joylashmagan?

Hozir ishonish qiyin lekin, eski yozuv mashinkalarida ham harflar aynan shu tarzda joylashtirilgan boʻlgan.

Eng birinchi yozuv mashinkalarida harflar aynan ingliz alifbosi tartibida ikki qatorga joylashtirilgan boʻlgan. Avvaliga hech qanday muammolar boʻlmagan.

Ammo foydalanuvchilar ularga o'rganib, tugmachalarni tezroq bosishni boshlashganda, mashinkaning bolg'achalari joyiga qaytishga ulgurmay bir-biriga o'ralashib tiqilib qolavergan. Bunga alifboda ketma-ket keladigan harflar, inglizcha so'zlarda ham koʻpincha yonma-yon yozilishi asosiy sabab boʻlgan.

Aynan shu muammoni to'g'irlash maqsadida hozirgi QWERTY deb nomlanadigan yangi klaviatura ixtiro qilgan. Bu klaviaturada endi harflar 4 ta qatorga joylashtirilgan va ingliz tilida birga koʻp qo'llaniladigan t-h, s-t, n-o, p-r kabi harflar bir biridan uzoqroqga joylashtirilgan edi.

Natijada mashinkada yozish yanada qulayroq va tezroq boʻlgan. Odamlar tez orada unga o'rganib qolishdi. Shuning uchun keyinchalik eng birinchi kompyuterlarda ham aynan shu klaviaturani saqlab qolishga qaror qilingan.

QWERTY so'zi lotincha klaviaturaning eng birinchi harflaridan yasalgan.
Kirillcha klaviatura esa harflarni terishni iloji boricha qulayroq va osonroq qilish uchun avval boshidan shu tartibda joylashtirilgan.

Boshqa klaviatura turlari ham bor:
Qwertz, Dvorak, Colemak, Azerty va b.

#nega #klaviatura

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
ESIM haqida

Qisqartirilgan o'rnatilgan SIM yoki eSIM rasman o'rnatilgan universal integral mikrosxemalar kartasi (eUICC) deb nomlandi. Bu ishlab chiqarish bosqichida mobil yoki telekommunikatsion qurilma anakartiga ulanadigan kichik mikrochip, vazifasi olinadigan SIM-karta bilan bir xil.

ESIM: Qulaylik

ESIM-dan foydalanishning ko'pgina afzalliklaridan biri bu boshqa operatorga abonent boʻlish mumkinligi(aloqa operatori qoʻllasa). Sayohatchilar chet elda yangi SIM-kartani sotib olmasdan, eSIM orqali kerakli operatorga sozlab olishsa boʻldi.

Yaxshi joy
ESIM-ni qo'llab-quvvatlaydigan qurilmalar SIM-kartasiz ishlay oladi, bu yanada yaxshi va innovatsion, qo'shimcha joy egallagan suvga chidamlilik xususiyatlarini qoʻshmasdan smartfon yaratishga imkon beradi.

Iqtisodiy
Chet elga chiqqanda joriy SIM-kartadan qimmat narxlarda paketlar yoki yangi olinadigan SIM-karta olish oʻrniga shunchaki operatorni tanlash ancha pulni tejaydi. Toʻgʻrimi?

Kamroq xavf
Va nihoyat, eng muhimi, eSIM-ning yo'qolishi yoki SIM-karta buzilib qolish xavfini kamaytiradi. Telefonni o'g'irlash kabi ko'proq favqulodda vaziyatlarda, foydalanuvchilarga telefonni kuzatish va ma'lumotlarni saqlashga imkon beradigan eSIM-ni chiqarib bo'lmaydi😅.

eSIM: Kamchiliklar

Xavfsizlik
Har qanday boshqa texnologiyalar singari, eSIM-ning ba'zi kamchiliklari ham mavjud. Garchi u yanada yaxshi xavfsizlikni ta'minlasa va qayta dasturlashtirilishi mumkin bo'lsa-da, eSIM-ni qurilmadan jismonan olib tashlashning iloji yo'q, eSIM qoʻllanuvchi bulutli hosting texnologiyasi buzilishi mumkin.

Boshqa qurilmaga oʻtkazish
eSIMni boshqa smartfonga o'tkazish ma'lumotlarni olish va eSIMni qayta ishlash hisobiga odatiy SIM-kartadan koʻproq vaqt oladi

Maʼlumot uchun:
Oʻzbekistonda 1-boʻlib eSim qoʻllovchi operator MobiUz boʻldi. Xizmatdan foydalanish uchun operator bilan bogʻlanishingiz kerak(97 130 09 09, 0890), lekin undan oldin har doim yangilanib turuvchi eSIM qoʻllab-quvvatlaydigan qurilmalar roʻyxatida sizniki borligini tekshiring

#eSIM

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.