️Secretius
9.92K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Deyarli har bir dasturning "Developer tools"(dasturchi sozlamasi) menyusi boʻladi.
Telegramda ham shunday menyu bor, unda siz Telegram kamerasi oʻrniga boshqa kamera dasturini, ovozli xabar yoki video yozayotganda musiqani oʻchirmaslikni tanlashingiz mumkin. Yana koʻplab sozlamalari bor, ularga tushunmasdan tegmaganingiz maʼqul.

#telegram #lifehack

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Nega odam shokolad yesa oʻzini yaxshi his qiladi?

Shokoladda baxt gormoni bo'lgan triptofan borligi tufayli. Bu sizning kayfiyatingizni sezilarli darajada oshiradi.

▶️Depressiyani davolashda ham shifokorlar ko'proq shokolad iste'mol qilishni maslahat berishadi.
▶️Qon topshirgan odamga ham shokolad beriladi, bu odamni tinchlanishi va qand moddasini meʼyorlashtirishi uchun.

P.s Shunday ekan shokolad yeb turing😅

#nega

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi kunlar haqida qisqacha...

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Zamonaviy flagmanlarning kamera dizaynlari - Xiaomi, Huawei, OnePlus, Apple, OPPO, Google va Sony

Eng chiroylisi qaysi?

#kamera #smartfon

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Youtube platformasida endi "dislike" soni faqat kanal adminlariga koʻrinadi.

Bu haqida Youtube oʻzining blogida maʼlum qildi.
Maqolada aytilishicha, yoqtirmaslik belgisi qoladi, faqat uning soni koʻrinmaydi.

Bunga sabab qilib, endi kirib kelgan ijodkorlardan koʻplab shikoyat tushgani, shikoyatda nohaq koʻp dislike bosilgani koʻrsatildi.

Sizning fikringiz qanday, dislike soni muhim edimi?

#youtube

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Megabit 🆚 Megabyte

Internet tezligini o'lchash uchun fast.com yoki boshqa bir saytga kirdingiz. Deylik natija 8 Mbps. Yomonmas, ammo, internetdan biror video, musiqa yoki fayl yuklab olmoqchi bo'lsangiz, yuklab olish tezligi 1 MBs ekanligini ko'rasiz. Balkim tezlik o'lchaydigan xatodir yoki internet bilan muammo bormi? Yo'q!

Hamma gap "b" harfining kichik yoki kattaligida. Mbps-ning kengaytirilgani "Megabit per second" ya'ni "sekundiga Megabit" bo'ladi. MBs esa "Megabyte second" ya'ni "Megabayt sekund" bo'ladi.

8 Mbps = 1 MB
1 bayt ichida 8 bit bo'ladi. Bu degani sizning internet tezligingiz sekundiga 8 Mbps bo'lgandagina, yuklanayotgan fayl sekundiga 1 MB tezlikda yuklanadi.

🤓 Xulosa shuki, internet tezligini o'lchashda har doim megabit-dan foydalanadi. Bizning telefonimizning yoki kompyuterlarimizning xotira hajmi esa megabayt bilan o'lchanadi.

#internet #nega

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from MrSchizoid Blog🔺
Biror kishi bilan turmush qurmoqchi bo’lsang uni internet tezligi past bo'lgan komputerda sinab ko’r. Keyin uni kimligini bilib olasan.

© Will Ferrell

#kayfiyat

Kel, koʻr, biror narsa ol doʻstim. Bilim hech qachon kam boʻlmagan, ayniqsa foydalisi😁.

MrSchizoid Blog🔺
Dunyo boʻylab "Museum of gaps" (oʻzbekcha: Muvaffaqiyatsizliklar muzeyi) deb nomlangan muzeylar mavjud. Bunday muzeydan koʻpchilikni hafsalasini pir qilgan mahsulot va buyumlar oʻrin oladi.

Muzey kolleksiyasida turli xil muvaffaqiyatsiz gadjetlar, dasturiy ta'minot va o'yinlar mavjud. Masalan, Nokia n-gage geymer telefoni, kengaytirilgan reallik ko'zoynaklari (Google glass), Windows 8 pro ... endi esa Cyberpunk 2077 oʻyini diski ham shunday muzeyda bor.

Bu muzey Shvetsiyada joylashgan, 2017 yilda Xelsingburg shahrida shved kolleksiyachisi Samuel Vest tomonidan ochilgan.

Cyberpunk 2077 chiqqanda juda ko'p xato va qotishlar boʻlgan. Yil davomida xatolar tuzatildi, lekin...
Eskini yamaguncha esing ketadi degan maqol bor.

Sizningcha bunday muzey bizda ochilsa, birinchi boʻlib nima qoʻyilishi kerak?

P.s Men birinchi boʻlib birorta "Tiko"ni olib borgan boʻlardim, agar topsam😅

#xatolik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Windows 10 haqida...

1. Microsoft serverlari bilan maʼlumotlaringizni sinxronlash:

• Brauzerni tarixi va ochiq sahifalar
• Ilova sozlamalari
• WiFi tarmoq nomlari va saqlangan parollar

Cortana ilovasi maʼlumotlarni toʻplaydi:

• Klaviatura bosishlari, qidiruvlar va mikrofon yozuvlari
• Joriy joylashuv
• Kalendar maʼlumotlari
• Sevimli musiqangiz
• Kredit karta tafsilotlari
• Xaridlar

4. Bundan tashqari, Microsoft boshqa ma'lumotlarni alohida to'playdi, masalan:

• Saqlangan parollar
• Demografik ma'lumotlar
• Odatlar va qiziqishlar
• Foydalanish statistikasi
• Aloqa ma'lumotlari
• Joylashuv maʼlumotlari
• Kontent maʼlumotlari (pochta, xabarlar, qoʻngʻiroqlar tarixi, audio va video yozuvlar)

5. Ma'lumotlar uchinchi shaxslarga berilishi mumkin:

• Windows 10 ni o'rnatayotganda, Microsoft yuqoridagi ma'lumotlarni sizning roziligingiz bilan yoki sizning roziligisiz har qanday uchinchi tomonlarga o'tkazishiga rozilik bildirasiz.

Xulosa: Hech qanday tizim xavfsiz emas va xavfsizlikning eng nozik boʻgʻini biz yaʼni foydalanuvchi

#microsoft #windows

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Grafik dizayner uchun qanday kompyuter kerak?

Bu uchun katta hajmdagi RAM, Grafik karta(video karta), kuchli protsessor kerak bo'ladi.

OS: Windows 7, 8, 8.1, 10 Pro;
Protsessor(CPU): ko'p yadroli Corei5 yoki Core i7, chastotasi yuqorisini tanlash tavsiya etiladi;

Operativ xotira(RAM): 8 GB yoki undan yuqori, hamyoningiz ko’tarsa 16 GB;

Grafik karta: NVIDIA GeForce 2GB, 4GB yoki undan yuqorilari tavsiya etiladi (Grafik karta qancha katta bo’lsa Grafika bilan ishlash shuncha qulay bo’ladi)

Saqlovchi disk: HDD 1 TB
Qo’shimcha: SSD 256 yoki 512 GB
OS (Operatsion sistema)uchun SSD ishlatilishi tavsiya etiladi chunki bu HDD ga solishtirganda ancha tez ishlaydi.

Displey: normal ko'rinishi uchun minimal(eng kamida) FullHD (1920x1080) talab qilinadi.

P.s Bunday kompyuter yoki noutbuk boshqa sohadagilar(koʻplab) uchun ham mos keladi
#kompyuter_tanlash

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Sichqonchaga yopishib olmang.

Klaviyaturadan ko'p foydalanish, HotKey-larni bilish, ko'p amallarni klaviyaturada amalga oshirish, bu sizning Kompyuterda ishlashda ko'p tajribaga ega ekaningizni ko’rsatib beradi.

Sichqonchadan foydalanish hamma vaqt ham sizga qulaylik tug'dirmaydi. Ishingizni ko'paytiradi. Sichqoncha bilan bajarish kerak bo'lgan bazi 3, 4, 5 sekundlik amallarni klaviyatura yordamida ikkita yoki bitta tugma bilan bajarishingiz mumkin.

Maslahatim erinmay o'sha HotKey tezkor tugmalarni o'rganing va sizni tashqaridan ko'rgan odam ham kompyuterda ishlash tajribangizni yuqori ekaniga amin bo'ladi.

Ko'p amallarni bajarish uchun sichqonchadan foydalanishingiz, bu sizni kompyuter bilan ishlash tajribangiz ancha pastligini ko'rsatib qo’yadi.

Mana bu ilova sizga yordam beradi➡️

#maslahat #sichqoncha

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Bizning provayder biz haqimizda nimalarni biladi?

1. Qaysi saytlarga kirganimiz
Saytlarning ikki turi bor. Shifrlangan saytga kirganingizda provayder saytning IP-manzilini kirish vaqtini koʻradi.
Shifrlanmaganda esa deyarli hamma narsani... Koʻpchilik torrent saytlar shifrlanmaganligini eslatib oʻtaman.

Suhbat yozuvlari
Telefon yozuvlari olti oydan bir yilgacha saqlanadi(koʻpincha).

Internet-trafik
Qurilma tomonidan tarmoqqa yuborilgan, shuningdek, tarmoqdan olingan barcha ma'lumotlar Internet-provayder tomonidan 30 kun davomida saqlanadi.

SMS xabarlar
Qoidalarga ko'ra, ular 3 yil yoki "abadiy" saqlanadi.

Ma'lumotlar
Ushbu ro'yxatga quyidagilar kiradi: mijoz kartasi, telefon raqami, SIM-karta IMSI, qurilma IMEI va abonent joylashuvi

2013-yilda Edvard Snouden DPI dasturiy taʼminoti orqali har bir qadamni kuzatishlari mumkinligini oshkor qilgan. Lekin texnologiyaning narxi juda baland, bizning provayderlarda yoʻq.

Mac manzili
Internetga ulanishi mumkin bo'lgan har bir qurilma, hoh u smartfon hoh kir yuvish mashinasi boʻlsin, o'ziga xos Mac manziliga ega. Busiz tarmoqqa ulanishning iloji yo'q.

VPN
VPN-ni yoqsangiz va saytga kirganingizdan so'ng, provayder shifrlangan trafik VPN xizmatining ma'lum IP-manziliga qanday yuborilganligini ko'radi. Sodda qilib aytganda, VPN'dan foydalanyotganimizni koʻradi.
Eng xavfsiz VPN esa Orbot

Xulosa:
Hoʻsh bu maʼlumotlarni kimdir kuzatib oʻtiradimi?
Albatta yoʻq, bu malumotlar shunchaki jurnalga avtomatik yoziladi va kerak boʻlganda tekshiriladi.

Ehtiyot bo'ling va shaxsiy malumotlarni hech qayerda va hech kimga ko'rsatmang

#xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Shazam botlar. Qoʻshiqni ovozli xabar, video yoki .mp3 orqali topadigan botlar:

@JioDLBot
@musicshazam_bot
@YaMelodyBot
@MuzzzBot

Audio va videodan topadiganlari:
@Music_byAI_bot
@VoiceShazamBot

Musiqani minus qiluvchi:
@TuneBot
@voice_remover_bot

Eng yaxshi musiqa qidiruvchi reklamasiz botlar:
@mephbot
@music_yandex_bot

#bots #bot #telegram

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Ijtimoiy tarmoqlar bizni qanday oʻrganadi

Ai Metrika servisi sizga qanday rasmlar yoqishiga qarab sizning jinsizngiz va yoshingizni taxmin qiladi. Havolaga kirib 6ta yoqqan rasmni tanlang va natijani oling.

Ijtimoiy tarmoqlar ham xuddi shunday ishlaydi: ular buni layklardan bilishadi. Masalan, Facebook yoki Instagram sizni oila aʼzoingiz bilganchalik bilishi uchun 50ta layk kifoya.

Uzoq muddatli foydalanishda ijtimoiy tarmoqlar sizning turmush qurganligingizni, farzandlaringiz bor-yo'qligini, oliy ma'lumotga ega ekanligingizni va siz haqingizda boshqa ma'lumotlarni bilib olishlari mumkin.

Testdan oʻting va natijani ulashing, pastda meni natijam
😁👇

#suniy_aql #sa

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Bir daqiqaga qolmasdan toʻlab beryapti 😁

Ishonmaganlar uchun
Botga kirish➡️

#bot

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Dunyodagi eng yosh xaker.

Kristoffer fon Xassel (2009 yilda tug'ilgan) dunyodagi eng yosh xaker sifatida tanilgan.
Besh yoshida Xassel Microsoft Live Xbox tizimidagi xavfsizlik nuqsonlarini fosh qiladi.

U otasining parollangan video o'yinlariga kirish uchun Xbox Live tizimiga parollarning turli kombinatsiyalarini sinab ko'radi. Natijada u parolni aylanib kirish yo’lini topib oladi.

Xasselning ota-onasi uni cheklangan video o'yinlarni o'ynayotganini bilib qolishadi va undan qanday qilib unga kirganini so'rashadi. U hammasini aytib beradi.

Microsoftga bu haqida ma’lumot beriladi. Microsoft Xasselga bir yil davomida Microsoft Live Gold'ga bepul obuna, to'rtta video o'yin va 50 AQSh dollar miqdorida mablag’ taqdim etadi.

Microsoft o'z veb-saytida Xasselni o'zining eng yosh bo'lgan xavfsizlik bo'yicha tadqiqotchilar ro'yxatiga kiritadi.

P.s Bilim yoshda emas, boshda...

Xavfsizlikka taalluqli postlar
#xavfsizlik heshtegida

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
QR-kod nima?
QR-kod - maxsus tarzda kodlangan qandaydir bir ma’lumot, kvadrat ko’rinishidagi tasvir. Bu oddiy matn, internet manzili, telefon raqami, ma’lum bir joyning joylashgan o’rni va boshqa shu kabilar bo’lishi mumkin. Xozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar kvadrat ko’rinishidagi tasvir ostida yashiringan ma’lumotlarni oson o’qish imkoniyatini bermoqda. Buning uchun bor yo’g’i telefon kamerasini QR-kodga yo’naltirgan holda, unda kodlangan ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin.

QR-kod – inglizcha “Quick Response” so’zlaridan olingan bo’lib, Quick – tez, Response – javob, ya’ni “tezkor javob” (быстрый отклик) ma’nosini beradi. Ushbu tizim 1994 yilda Yaponiyaning Denso-Wave kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bitta QR-kod 7089 ta raqam, 4296 ta raqam-harf, ikkilik sanoq sistemasida 2953 bayt yoki 1817 ta ierogliflarni o’z ichiga olishi mumkin.

Hozirda QR-kodni o’qish uchun juda ko’p dasturlar mavjud. Ulardan eng ko’p tarqalganlari: iPhone qurilmalari uchun Bakodo, Android tizimida ishlovchi qurilmalar uchun esa Barcode scanner.

Quyida bizning QR-kod, shunday oʻzgacha dizayndagi QR-kodni mana bu(koʻk yozuv ustiga bosing) dasturdan foydalaning.

QR-kodni oʻqish uchun bot:
@qrscannerproBot

#maʼlumot #qr #bot #apk

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Niqob taqqanda quloq ogʻrimasligi uchun...

#lifehack #kayfiyat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.