️Secretius
9.53K subscribers
731 photos
433 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erta tongdan #adrenalin hohlaydiganlar uchun.
Oxirigacha koʻring🙂
👉@Secretius
Samsung oʻz sahifalaridagi Apple'ning quvvatlash qurilmasi yoʻqligi haqidagi postlarini oʻchira boshlabdi.
P.s Nima derdi, yigit aytadiyam qaytadiyammidi?
#samsung
👉@Secretius👇
Telegram pul ishlashni boshlaydi
Buni Pavel Durov maʼlum qildi.

Batafsil 👉
Www.Secretius.uz/telegram-pul-ishlashni-boshlaydi/

P.s Yigitlar qizlar, bu qoʻrqinchli emas! Maqolani yaxshilab oʻqisangiz bilib olasiz. Spoyler: bir necha Pro sozlamalar va hali menga maʼlum boʻlmagan reklama platformasi.

UPD. Telegramning rasmiy versiyasiga yangilanish kelibdi, ular nimadan iboratligi mana bu maqolada
#telegram #durov #yangilanish
👉@Secretius
Insayderning ta'kidlashicha, Honor V40 270 gigagertsdan yuqori tezlikdagi ekranga ega boʻladi.
P.s Tassavur qilyapsizmi?
#honor
👉@Secretius👇
Forwarded from ️Secretius
Androeed.ru
Saytda Android OT uchun millionlab o'yin va dasturlarning MOD, Premium va pro versiyalarni yuklab olish mumkin.
#android #apk #site #useful
👉@Secretius👇
Cyberpunk 2077 oʻynaganlar bormi?
P.s 🤣
#kayfiyat
👉@Secretius👇
Forwarded from ️Secretius (Secretius)
#fakt
#kim_biladi
Guevedoslar yoki 12 yoshida o'g'il bolaga aylanuvchi qiz bolalar haqida.

Dominikan Respublikasida Salinas deb ataluvchi qishloq bor. U yerda juda g'alati ishlar bo'ladi. Tugʻilganida hamma qiz bola deb o'ylagan bolalar balogʻat yoshiga yeta boshlaganda birdan o'gil bolaga aylana boshlaydi. Ha chaqaloqlar tugʻilganida rostdan ham barcha belgilari boʻyicha ayol jinsiga taalluqli bo'ladi (faqat genetik jihatdan ular erkak jinsli bo'lishadi) va ularni ota-onalari barcha oddiy qizlardek tarbiya qilishadi. Ammo, qizlar taxminan 12 yoshlarga yetganlarida ularda erkak jinsiy aʼzolari o'sib chiqishni boshlaydi! Keyinchalik koʻpchilik bolalar yangi jinslarini osonlik bilan qabul qilishadi va qolganlardan hech farq qilmaydigan oddiy erkaklarga aylanishadi. Hatto, bemalol nasl qoldirish imkoniyatiga ham ega bo'ladilar.

Salinas qishlogʻida bunday bolalarni guevedose deb atashadi va bu u yerda deyarli normal holat. Qishloqda har 90 ta boladan 1 ta si guevedose bo'lib tug'iladi. Bu fenomen 70-yillarda endokrinolog olimlar tomonidan qizgʻin muhokama qilingan va bunday anomaliya bolalarning embrionlik davrida 5-alfa restriktaza gormonini yetishmasligi natijasida vujudga kelishi aniqlangan. Keyinchalik bu bilimlar turli boshqa gormonal kasalliklarga qarshi dorilarni ishlab chiqarilishiga turtki boʻlgan.

Aytish kerakki bunday holatlar dunyoning boshqa hududlarda kamroq bo'lsa ham uchrab turadi. Eng daxshatlisi qadimda hali ilm-fan rivojlanmagan davrlarda bu odamlar o'zlarini kim deb qabul qilishgan ekan? 😐

P.s. Suratdagi qizni bog'chadaligida Felisita deb chaqirishgan, keyin esa u Jonniga aylangan.
👉@Secretius👇
❗️ Telegram foydalanuvchi takliflari uchun platformani ishga tushirdi:

Havola: bugs.telegram.org
P.s Endi siz messenjerda nimani oʻzgartirish kerakligini, nimalar qoʻshilishi lozimligini taklif qila olasiz. Hozircha faqat ingliz tilida qabul qilinadi
#telegram #bugs #bug
👉@Secretius👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Katta kuchlanishli simlar oldidagi daraxt shoxlarini kesish uchun "arra"
👉@Secretius
NASA Marsga qo'nish haqidagi animatsion videoni namoyish etdi

Amerika kosmik agentligi (NASA) o'zining bir tonnalik Perseverance rusumli avtoulovi 18-fevral kuni Marsga qanday tushishini ko'rsatuvchi animatsion videoni e'lon qildi.

Robot Jezero nomli kraterga jo'natiladi, u erda u o'tgan hayotning dalillarini qidiradi(agar boʻlsa)
Marsga tushish uchun zarur bo'lgan manyovrlar ketma-ketligi ko'pincha "yetti daqiqalik dahshat" deb nomlanadi. Qo'rqinchli qisqa vaqt ichida juda ko'p ish qilish kerak, aks holda kelgan missiya Qizil sayyorada juda katta va juda qimmat yangi "teshik" ochadi.

Kapsula Mars havosiga chuqurroq singib ketganda, u 1000 darajadan yuqori haroratgacha qiziydi.
#mars #nasa
👉@Secretius👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gaz yoʻq joylarda shunday boʻlishi mumkindir balki😅.
Yangi yilga 6kun qoldi🗓
👉@Secretius
Digital Foundry mutaxassislari 2020 yilda chiqarilgan eng chiroyli grafikalar bilan o'yinlarning reytingini tuzdilar.

Xatolarning ko'pligiga qaramay, Cyberpunk 2077 birinchi qatorda.
— Marvel’s Spider-Man: Miles Morales
— Microsoft Flight Simulator
— Half-Life: Alyx
— The Last of Us Part II
— Demon’s Souls Remake
— DOOM Eternal
— Ori and the Will of the Wisps
— Minecraft
#game #games
👉@Secretius👇
Ucell ham bosh kelmaydi

Ucell Alchiroq aksiyasi boʻyicha nosozlik tufayli kattagina pulga ega boʻlgan ekan, endi buni tuzatishibdi.

P.s Oldinroq Beeline'da xizmat nosozligi tufayli shunday boʻlgan edi, katta-katta kompaniyalarda ham...
#beeline #ucell
👉@Secretius👇
iPhone krash test
#iphone #apple
👉@Secretius👇
Kameralar soni qancha?

Xitoy ularning soni bo'yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi – 200 millionga yaqin yoki har ming kishiga 143,6 ta, ikkinchi o'rinda AQSh 50 million yoki ming kishiga 152,8ta to'g'ri keladi.
Rossiyada 13,5 million, ming kishiga 93,2ta
#bilarmidingiz #kamera
👉@Secretius👇
2020-yil 19-dekabr kuni Hilton mehmonxonasi Congress Hallʼda “Mangu Sarkarda” video oʻyinining taqdimoti boʻlib oʻtdi. "AAA" oʻlchamdagi mazkur oʻyin yurtimizdagi ilk tarixiy video oʻyindir.

❇️ Oʻyin yaratuvchisi UIC Games loyiha ustida 1 yil davomida ish olib bordi. Oʻyin tarixiy haqiqatga asoslangan boʻlib, Unreal Engine oʻyin mexanizmida yaratildi.

Taqdimot Toshkent Yoshlar Forumi doirasida oʻtkazildi va ishtirokchilar tomonidan kutilganidan ham iliq qarshi olindi.

Manba: https://youtu.be/mxV0AD_2Gek

P.s Bu hali boshlanishi, Oʻzbekistonda ham geymerlik/geymeykerlik sohasi rivojlanadi degan umiddaman. Boshlanishiga yomon emas 🙂
#game #gamer
👉@Secretius
Forwarded from My Biblo
Hayotimizdagi steriotiplar

1. Quyidagilarni qilish
yomonlik olib kelmaydi:

Supurgini tik qilib qo‘ysa, qiblaga qaratsa;
Mehmon ketgandan keyin
orqasidan supurilsa;
Qalampir, supurgi kabi
narsalarni qo‘ldan qo‘lga bersa;
Oldidan qora mushuk kesib o‘tsa;
Ostonada ko‘rishilsa yoki
o‘tirilsa;
Chap qovoq uchsa;
Chap kaft qichisa;
Xo‘roz bemahal qichqirsa;
Bir kunda ikki kelin
tushirgan hovliga ikkala kelin
bir vaqtda, bitta darvozadan
kirib borsa;
Boyo‘g‘li sayrasa;
Duo qilinayotganda dasturxon
ustida qalampir yoki pichoq
turgan bo‘lsa;
Hovliga majnuntol ekilsa;
Safar oyida to‘y qilinsa;
Anjir daraxtining o‘tini
yoqilsa;
Supradagi unni kaftining orqasi bilan to‘plasa;
Suprani yozgan odamdan
boshqasi yig‘ishtirsa;
Shomdan keyin so‘rab
chiqqanga sigir suti berilsa; Birov tishlagan narsani yesa;
Piyoladagi choy tugamasdan, ustiga choy quyilsa;
Pichoq damining tepaga qarab
turib qolishi;
Odamning egnida kiyim
chatilishi, tikilishi.

2. Baxt yoki baxtsizlik
quyidagilarga bog‘liq emas:

Peshonaning kengligiga;
Qo‘lning uzunligiga;
Tana a’zolarining shakli va
hajmiga;
Ko‘zning rangiga;
Chiptadagi raqamlarning
mutanosibligiga;
Siniq oynaga qarashga;
Xontaxta yoki stolning
burchagiga o‘tirishga;
Supurgi yoki o‘qlov uchi bilan
turtishga.

3. Daromad va barakaga
quyidagilar asos bo‘lmaydi:

Choyning ustidagi
pufakchalarni sochga surtish;
O‘ng kaft qichishi;
Birinchi sotilgan narsaning
pulini barcha matolarga
tekkizib chiqish;
Dam urilgan pulni hamyonda
asrash;
Ertalab hech kimga, hatto oila
a’zolariga ham pul bermaslik.

4. Tug‘ruqning og‘ir yoki yengil
kechishi quyidagilarga bog‘liq emas:

Ko‘rpa-to‘shaklarning astar tomoni bilan taxlanganiga;
Homiladorlik davrida
g‘o‘zapoya o‘tini tandirga ildiz
tomoni bilan solinganiga;
Kasalxonaga ketayotib,
kiyimlarni ilgichlardan
chiqarib yoki kir yoyish uchun
bog‘langan dorlarni yechib yohud
javon kabi jihozlarning
eshiklarini ochishga;
Suvda qaynatilgan moshning
tez ochilishiga.

5. Quyidagilar ko‘z tegishidan
asramaydi:

Darvoza tepasiga, hovlidagi
ustunlarga osiladigan
hayvonning kalla suyagi, taqa, isiriq, qalampir kabi
narsalar;
Burjga qarab tavsiya
qilinadigan turli rangli
toshlar;
Qo‘lga, bo‘yinga osilgan
ko‘zmunchoq, kiyimga qadab
qo‘yilgan do‘lana.

6. Quyidagilarga ishonsangiz
adashasiz:

Kechqurun tirnoq olsa (yoki seshanba, shanba va hokazo
kunlari) tirnoq olsa, bir
yomonlik keladi;
Chaqaloqni juma kuni
cho‘miltirib bo‘lmaydi,
savobini ko‘tara olmaydi;
Duo qilinayotganda dasturxon
ustida pichoq tursa, uydan
baraka uchadi;
Shomdan keyin sut, qatiq
sotilsa yoki berilsa, sigirning
suti kamayadi;
Azali xonadon a’zolari
marhumning «qirqi chiqqunicha»
tuxum yeyishlari gunoh;
Taom avvalini go‘sht bilan boshlasa, bosh farzandi o‘g‘il bo‘ladi;
Taomning qirmochini yegan
yoki qozon tagini yalagan
qizning to‘yida yomg‘ir yog‘adi;
Erkak kishi uydan chiqarkan,
yo‘lini ayol kishi kesib o‘tsa
o‘sha kuni ishi yurishmaydi;
Tirik odamning bo‘yini
qarichlab yoki boshdan oyog‘igacha
metrlab o‘lchab bo‘lmaydi,
o‘likni o‘lchagandek bo‘ladi;
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni
«qirqi chiqmasdan» yuvintirib,
soch va tirnoqlarini olib
bo‘lmaydi;
Shanba kuni qo‘ldan pul ketsa,
faqirlik keladi, aksincha, pul
kelsa, boylik keladi;
Supurgini qo‘shniga berib
bo‘lmaydi, uydan baraka
qochadi;
Qo‘shnidan supurgi, igna so‘rab
bo‘lmaydi, yo‘qsillik
keltiradi;
Nonni dasturxonga toq qo‘yib
bo‘lmaydi, azali joyda toq
qo‘yiladi;
Chorshanba kuni soch-soqol
olib bo‘lmaydi, chunki u kuni
hatto to‘ng‘iz ham tuk tashlamas
ekan;
To‘q ko‘k rangli libosni kiyib
bo‘lmaydi, chunki u
azadorlarning libosi
hisoblanadi.
Kimningdir o‘limi uchun
yulduz uchadi desangiz;
Idish-tovoqlarni qozonning
ichiga solib yuvish kerak
desangiz;
Go‘dakni derazadan uzatish,
olish kerak desangiz;
Beshikni ikki kishi
ko‘tarishi kerak desangiz.

Bidʼatlarga aldanmang!
@MyBlueBook
MediaTek 2020 yilning uchinchi choragida eng yirik mobil chip ishlab chiqaruvchisi bo'ldi. Tashqi doira 2020 yilning uchinchi choragi, ichki doirasi 2019 yilning uchinchi choragi.
#mediatek #chip
👉@Secretius👇
Bitkoin qayerdan olsa boʻladi 😅
#bitkoin
👉@Secretius