️Secretius
9.52K subscribers
733 photos
433 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
​​#telegramda_kanal_yuritish #maslahat

📣 Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?

Telegram kanalini tozalash uchun davriy tarzda bir oydan ortiq kirmagan hamda o‘chgan akkauntlarni o‘chirib turish lozim.

Qoida bo‘yicha Telegram’dagi kanal muallifi o‘z kanalida faqat 200nafarini koʻra oladi. Har bir foydalanuvchining o‘ng tomonida u qachon oxirgi marta tarmoqda bo‘lganligini ko‘rsatuvchi sana va vaqt ko‘rinib turadi.

♻️ Kanalni tozalashingiz mumkin:

- Qo‘lda.
- Bu uchun maxsus ishlab chiqarilgan @crosser_bot boti yordamida.

📲 Buning uchun kerakli qadamlar:

1️⃣. Ushbu botni o‘z kanalingiz adminlari safiga qo‘shasiz, unga “adminlarni qo‘shish” huquqini berasiz.
2️⃣. Botning o‘zida “Аудитория” funksiyasini tanlaysiz.
3️⃣. Unga o‘z kanalingiz havolasini yuborasiz.
4️⃣. Hisobotni olasiz.
5️⃣. Hisobotda ko‘rsatilgan o‘chgan yoki nofaol akkauntlarni tanlagan holda, barchasini yoki bir qismini o‘chirasiz.

Bu bir oydan ortiq kanalga kirmagan obunachilar bo‘ladi.

Obunachilar sonining kamayishi sizni har qancha tashvishga solmasin, kanalning qatnashchilarini onda-sonda shunday tozalab turish maqsadga muvofiqdir.

🤔 Keling bu nima uchun kerakligini keltirib o‘tamiz:

✔️ Bu faqat raqamlardir, agar odamlar Telegram’dan foydalanmayotgan va unga anchadan buyon kirmayotgan bo‘lishsa, ular shunchaki statistikani buzishadi va ulardan shunchaki foyda bo‘lmaydi;
✔️ Reklama uchun belgilangan narxga bu ta’sir ko‘rsatmaydi (rus segmentida ko‘proq uchraydigan holat), chunki odamlar obunachilarning soniga emas, balki postlardagi kuzatishlar soni va auditoriyaning qanchalik jalb etilganligini kuzatishadi (har doim ham emas, o‘zbek segmentida ko‘pchilik reklamaga buyurtma berishda avvalambor kanal obunachilari soniga qaraydi va ko‘p holatlarda shunchaki aldanadi);
✔️ Boz ustiga siz mahsulotingizni reklama qilish orqali, u qanchalik zo‘r bo‘lmasin, shunchaki o‘tkaza olmaysiz - bu shunchaki raqamlar va ular sizga hech narsa bermaydi.

Siz uchun nima muhim, ko‘p obunachilarga ega bo‘lish - lekin ularning kam jalb etilganligimi yoki kam bo‘lsa ham - lekin e’tiborli, postlaringizni intiqlik bilan kutadiganlarimi?

Hamma o‘zi uchun o‘zi qaror chiqaradi. Yaxshi kanal vaqt o‘tishi bilan baribir o‘sib ketadi.

Ko‘rib turganingizdek, kanalni tozalab turish muhim! Bu yaxshi kanal rivojlanib borishining zaruriy shartidir. Kamaygan auditoriyaning o‘rnini esa har doim yangi auditoriya hisobiga to‘ldirish mumkin.

P.S. Botning yana bir foydali jihati, bu botni ikki kanalga admin qilgan holda, shu ikki kanalni solishtirib, u va bu kanalda jami nechi kishi bir vaqtning o‘zida a’zo bo‘lganligini aniqlay olish imkoniyatidir. Masalan, Azamat Bahodirov (kimningdir ismi va familiyasiga mos kelib qolsa, oldindan uzr so‘raymiz) har ikki kanalda obuna bo‘lgan bo‘lsa, qidiruv natijasida bir inson deb chiqib keladi. Buni har ikki kanalda admin bo‘lgan taqdiringizdagina tekshira olasiz.
👉@Secretius👇
​​#Aralash post
Hammani ko'ngliga qarash qiyin bo'layotgani uchun aralash post tashlashga qaror qildim . Demak boshladik :
1. #Bot yana mashhur qiziqarli botlardan boshlasak : Siz quyidagi bot orqali suratlarni (suratdagi insonlarni) jonlantirilgan qisqa videolarini yasay olasiz albatta kayfiyat uchun. DeepFake uchun 10 sekundli video talab qilinadi
@RoundDFBot

2.1 #Sayt(site) Siz kompyuter fotoshopga qiziqasizmi ? Ammo kompyuteringiz fotoshopni kótarishga kuchsizmi unda sizga http://pixlr.com saytini tavsiya etamiz.
2.2 Suratlaringizni orqa fonini olib tashlash uchun qiynalasizmi ? Unda sizga ushbu saytni tavsiya etaman : remove.bg

3. #Fishing fishinglar hammaga yoqsa kerak ayniqsa soddalari . Ushbu fishing bloklangan VPN servisi orqali kirish mumkin bo'lgan saytlarni dastlabki sahifanisi VPN siz ochib ko'rish imkonini beradi . Demak boshladik:
1. Translate.google.com ga kiramiz lug'atning bir tomoniga web saytni kiritamiz . Ikkinchi tomonida web sayt va web saytga o'tish belgisini ko'rasiz va shu belgi orqali bloklangan saytni dastlabki sahifasini ko'ra olasiz .

Bizdan uzoqlashmang !
@Secretius
🔥 TikTok va WeChat AQShda ta'qiqlandi!

20-sentabrdan boshlab ilovalar Amerikada ishlamaydi va mobil dasturlarning turli onlayn-do'konlaridan o'chirib tashlanadi. Google Play va App Store'dan ham!

📲 @Secretius 🔐 Ⓜ️#hashtaguz
😱 Yana bir mojaro: Facebook kompaniyasi shubha ostida!

Ular Instagram foydalanuvchilarining smartfonidagi kamerasidan so'roqsiz mo'ralagan bo'lishlari mumkin ekan. Mana shunday ayblov kompaniyaga Bloomberg nashri tomonidan qo'yilmoqda.

💬 Bloomberg nashri jiddiy maqomga ega, demak, masala ham jiddiyroq bo'lishi mumkin. Kutamiz va har ehtimolga qarshi kameralarimizni skotch hamda qog'oz bo'lagi yordamida berkitib turamiz...)

📲 @Secretius 🔐 Ⓜ️#hashtaguz
#Apple Shazamni sotib olganidan ikki yil o'tib, Apple ushbu xizmatni iOS-ga qo'shishni boshladi.

Eng so'nggi iOS 14.2 beta-versiyasi bilan ishlab chiquvchilar Shazamni Boshqarish Markazidan faollashtirish imkoniyatiga ega. U nafaqat yaqinda o'ynaydigan treklarni aniqlaydi, balki tizimning o'zida ham ishlaydi.

YouTube yoki TikTok videolarida qanday qo'shiq yangrayotganini ularni tomosha qilish paytida bilib olishingiz mumkin, hatto ovoz naushnik orqali eshitilsa ham. Trek va ijrochining nomi pop-up xabarnomasi sifatida ko'rsatiladi va uni bosganingizda Apple Music-ga o'tish uchun karta ochiladi.
#apple
👉@Secretius👇
Instagram sahifamizga yangi video joylashtirildi!
Sahifamiz manzili
http://instagram.com/Secretius_uz
Video👇
👉@Secretius👇
​​Bugun "SMAYL"ning tug‘ilgan kuni😊

Har yili 19 sentyabr kuni g‘ayrioddiy bayram nishonlanadi - do‘stona elektron belgining tug‘ilgan kuni – “Smayl” tug‘ilgan kuni.

1982 yil 19 sentyabrda Karnegi Mellon universiteti professori Skott E. Falman birinchi navbatda ketma-ket uchta belgidan foydalanishni taklif qildi – ikki nuqta, defis va yopiladigan qavs ( :-) ) - kompyuterda terilgan matnda “jilmaygan yuz”ni ifodalash uchun. Bu elektron leksikonga katta qo‘shimcha bo‘ldi.

Falman mahalliy e’lonlar taxtasiga yuborgan maktub saqlanib qoldi, u bugungi forumlarning prototipi bo‘lgan va o‘sha paytda universitet xodimlari o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bo‘lgan.


U quyidagi xabarni yuborgan edi:

«19-Sep-82 11:44 Scott E Fahlman :-) From: Scott E Fahlman I propose that the following character sequence for joke markers: :-) Read it sideways.
Actually, it is probably more economical to mark things that are NOT jokes, given current trends. For this, use :-(».

Ushbu tarixiy postdan oldin uzoq munozaralar bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar xabarning kulgili ekanligini ko‘rsatish uchun qanday belgilar ishlatilishi kerakligi haqidagi savolni muhokama qildilar. Aytish kerakki, "tabassum" birinchi marta ishlatilgan xabar faqat 2002 yilda, lentada saqlangan reklama taxtasi arxividan topilgan.

Faqatgina ushbu xabarni topish va shu bilan “tabassum” ning tug‘ilgan kunini aniqlash maqsadida tashkil etilgan “raqamli arxeologik qazishmalar” da bir nechta ixlosmandlar ishtirok etishdi :-).

O‘zining mavjud bo‘lgan 30 yildan ortiq vaqt mobaynida “tabassum” elektron aloqaning o‘zgarmas atributiga aylandi va ko‘pchilik endi ularsiz qanday qilib muloqot qila olishlarini tasavvur qila olmaydilar. Va, albatta, bu vaqt ichida turli xil semantik va emosional ranglarni aks ettiruvchi ko‘plab “smayliklar” paydo bo‘ldi.

"Smayl" suhbat yoki elektron pochta orqali muloqotda etishmayotgan narsani - ovozli intonasiya va yuz ifodalarini ak ettiradi. Va suhbatdoshni yaxshiroq tushunishga, uning yaxshi kayfiyatini ta’minlashga yordam beradi.

Yozma muloqotimizga o‘ziga xos iliq atmosfera berib turadigan smayliklar uchun Skott janoblariga rahmat!
M: RakursUz
👉@Secretius👇
✈️ Alia vertikal parvoz samolyoti.

Beta Technologies kompaniyasi United Therapeutics biotexnologiya laboratoriyasi uchun eVTOL samolyotini maxsus ishlab chiqdi.

2700 kg yuk ko'taradigan ushbu elektr samolyot 5ta(ekipaj bilan) odam, 5m³ hajmdagi yuk va 400km yoʻl bosish "qobilyat"iga ega)
#samalyot #vertikal #plane
👉@Secretius👇
Hech shubhasiz PHP eng mashhur dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. PHPning afzalligi shundaki uni o'rganish oson.
PHP haqida bilishingiz kerak bo'lgan faktlar
PHPning boshlang'ich maqsadi
Rasmus Lerdorf, daniyalik/kanadalik dasturchi boshida PHPni dasturlash tili sifatida ishlab chiqmagan. Dastlab PHPning kengaytmasi Personal Home Pages bo'lgan. 1995 yilda u C dasturlash tilida o'zining shaxsiy saytini boshqarish uchun CGI (Common Gateway Interface) to'plamini yozdi:
"... dasturlash tilini yozish niyatim yo'q edi ..." "... Men dasturlash tilini qanday yozishni bilmasdim, shunchaki keyingi funksionalliklarni qo'shib borishda davom etdim".
Bir necha yillar davomida til rivojlandi va bugungi kundagi holatiga erishdi. PHP odatda server tomonidagi skriptlarni yozishda foydalaniladi. U bevosita HTML ga yozilishi mumkin. PHP da tuzilgan ko'plab CMS (Content Management System) va Framework lar mavjud.
2.  244+ million saytlar PHPda ishlaydi.
Netcraftning 2013-yilgi so'roviga ko'ra, PHP taxminan 244+ million saytda ishlayapti. Bugungi kunda bu til butun dunyo bo'ylab keng qo'llanilayotganini inobatga olgan holda, bu raqam hozirda ancha yuqori.
3. Top veb-saytlar va mashhur brendlar PHP dan foydalanadi.
BlaBlaCar, Digg, Facebook, Flickr, ProProfs, Technorati, TED va Yahoo kabi eng yirik onlayn brendlar PHP dasturlash tilidan foydalanishadi.
4. PHP mascot
Ko'plab brendlarning o'z mascoti bo'ladi. Mascot bu biror bir shaxs, jonzot yoki obyekt bo'lib, uni omad olib keladi deb hisoblashadi. Masalan Java dasturlash tilida qahva aks etgan timsol bor. PHP da ham xuddi shunday mascot bo'lib, bu ko'k filning timsoli bo'lib, u elePHPant deb nomlanadi. Dizayner o'z intervyusida logotipning qanday qilib paydo bo'lgani haqida so'zlab beradi:
"1998 yilda bir necha frantsuz veb-saytlari PHP haqida yozishardi. Do'stim Franco uyimga kelib PHP da nimalar qila olishini ko'rsatayotganda, men oq qog'ozga PHP ni katta harflarda yozib o'tirardim. Tasodifan ba'zan yaxshi narsalar sodir bo'ladi, agar harflar yon tomondan qaralsa fil shaklini aks ettirishini payqab qoldim. Chizgan harflarimni o'zom tanimaydigan Jean-pierre Dezelus degan odamga yubordim. U fillar kolleksiyasini yig'uvchi edi. Keyin u mendan PHP logotipi bilan bir xil bo'lgan fil rasmini chizishimni so'radi".
#php #dasturlash
👉@Secretius👇
🔥Royole FlexPai 2
📱 7,8 dyuymli AMOLED ekran
⚙️ Qualcomm Snapdragon 865 chipseti
⚡️8/12Gb tezkor xotira
💾 256/512Gb Xotira
📸 64/32/16/8 aniq joyi maʼlum emas
🔋 4450 mA/soat
💰Narxi nomaʼlum
🔊Stereo karnaylar
🤳Barmoq izlari skaneri
🤔3,5 mm audio razyom yoʻq
#phone
👉@Secretius👇
​​#Aralash
Aralash postlarni havola etishda davom etamiz .
#1_Bot bugungi botimiz ko'pchilik uchun kerakli bot hisoblanadi botning xususiyati shundan iboratki botga lotin alifbosida matn yuborsangiz u sizga krilcha variantini taqdim etadi krilcha yuborsangiz lotincha variantini .
@bexatobot

#2_Telegram ko'pchilikda xozirgi kunda kompyuter bo'lsa kerak ammo uni telegram ilovasi yoqmadi shuning uchun telegramni mobil ilovasidan foydalanadilar . Ammo telegram deskopda xam bir qancha amallarni qilsa bo'ladi (deyarli mobil rasmiy ilova bilan bir xil vazifani xammasini) siz Telegram Deskop'da so'zlarga havola qoshishni bilmaysizmi ? Yoki imkonsiz deb hisoblaysizmi ? Unday bo'lsa Ctrl+K tugmalarini bosib koring 😉

#3_Xavfsizlik . Oxirgi paytlarda "Josus dasturlar" iborasiga hammamiz duch kelayapmiz. Demak bugun biz bunday dasturlarni qanday aniqlash haqida gaplashamiz . Buni yo'li hozircha kompyuter(windows) uchun mavjud. Ushbu dastur yordamida siz Josus dasturlarni aniqlashingiz o'chirib tashlashingiz va undan tashqari bir qancha viruslardan xalos bo'lishingiz mumkin
Dasturni yuklab olishingiz mumkin!.
Forwarded from My Biblo
Sabr haqida
Siz hayotingizda nimalarga erishmoqchisiz? Sizga nimalar/kimlar toʻsqinlik qilayapti?
Hamma hayotda yaxshi yashashni hohlaydi, lekin hamma ham unday boʻlmaydi, Yer yuzidagi 10% odamda qolgan 90% odamning pulini toʻplagandan ham katta pul bor, Jeff Bezos, Bill Geyts kabilarning boyliklari baʼzi davlatlarning mablagʻlaridan koʻp!
Oʻzbekiston 2020-yil.
Bahor.
Koronavirus rasman qayd etildi va karantin eʼlon qilindi. Buni yaxshi va yomon tomonlari boʻldi.
Yaxshi tomoni davlatimiz qanchalik rasvo boʻlganini, botqoqqa botayotganini emas, botib boʻlganini koʻrdik, koʻrmaganlar koʻzingizni oching/TVni oʻchiring-koʻrmang ular bizga shu paytgacha spektakllar qoʻyganini anglang. TVda xalq forovon, rivojlanyapti, jahon standartlari, dunyo tan olyapti....
Bu yoqda real hayotda biz qoloq/3-dunyo deydigan davlatlar bilan xalqaro reytinglarda bir qatorda tizilishib turibmiz(internet tezligi, inson huquqlari, soʻz erkinligi boʻyicha). Nega? Singapurning mustaqil boʻlganiga 25yil boʻlganida juda katta yutuqlarga erishgan davlat. Nega shu "davlatcha"chalik boʻlmadik, kattaligi Xiva viloyatidan joy. Shu paytgacha uxlaganimiz/tush-teatr koʻrganimiz yetar!
Yilliga milliardlab davlat mablagʻlari oʻmarilyapti, chetdagilar emas oʻzimizdagilar qilayapti?!
Baʼzilar aytadi:
— Aka bu ishiz yomon, qayting, siyosatga aralashmang
— Davlatimizni faqat yomon tomonlarini koʻravermang, yaxshi tomonlari ham bor.
— Aka qalesiz, hech kim kelmadimi uyizga!?
..........
Qachongacha qoʻrqib yashaymiz.
Bunday murojaatlar ham boʻlgan:
— Shikoyatiz boʻlsa, kanal ochvolib noliyvermasdan turib harakat qiling. Bekor shunchasini qoʻynini puch yongʻoqqa toʻldiryapsiz, biror partiya oching, deputat boʻling va hokazo va hokazo....
Koʻrdik gapirganlarni bittasi Dadaxon Hasanovmi (https://t.me/nozimsafari/4250) yoki Guljahon opami (https://sof.uz/uz/post/muammolarni-ochiq-aytgan-toshkent-viloyati-bosh-infekcionisti-hibsga-olindi), qamasa qamab chiritvorsin lekin bundan menga foyda yoʻq davlatga bor ertaga men biror 100/100odam toʻplab, davlatga qarshi chiqishim mumkinmi?
Vanihoyat.
Sabr qilaylik, hammasi oʻtib ketadi! Ularga ham oson emas, katta davlatni boshqarish oʻyinchoqmi? Senga kim qoʻyibdi gapirishni?
Yoʻqal mollarga suv ber.
Mana ahvol!
Sabr qilishni qachon boshladik?
Xonlik davridami? Chor Rossiyasi davridami yo Sobiq Ittifoq mi?
Nega shunchalik bariga chidab kelyapmiz? Sabr degan kosamiz toʻlmaydigan, teshilib qolganmi?
Nahotki biz olomonligimizcha qolib ketsak? Qayoqqa yur desa yurib ketadigan? Rozi boʻlaveramiz: agenlik/vazirlik/boshqarma/qoʻmita yana bir balolar tuziladi, qonunlar chiqariladi(IMEI, oʻtgam yilgi FARALAR) bizdan soʻralganmi?
Hey Xalq, mana bunday boʻlyapti, rozimisizlar deyilganmi eslang?
Yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq
Nega chunki oʻzimiz ham talab qilmadik!
Uygʻon Olomon, Xalq boʻl
Meni qoralash uchun👇
T.me/MyBlueBook
🔋 iPhone 6s batareyasining ishlash muddatini har xil iOS bilan taqqoslash

Bunday vaqtda smartfonlar to'liq zaryadsizlandi:

• iOS 10.3.3 bilan ishlaydigan iPhone 6s - 3 soat 32 daqiqa
• iOS 11.4.1 bilan ishlaydigan iPhone 6s - 3 soat 13 daqiqa
• iOS 12.1 bilan ishlaydigan iPhone 6s - 1 soat 53 daqiqa
• iOS 13.7 bilan ishlaydigan iPhone 6s - 3 soat 3 daqiqa va 3 soat 4 daqiqa
• iOS 14 bilan ishlaydigan iPhone 6s - 3 soat 4 daqiqa

P.s Bu oʻrtacha vaqt!
#iphone #apple #ios
👉@Secretius👇
Forwarded from Powered by: Secretius (@Rustambek_Uz | 15:51:18 😎) via @Tg_PostsBot
@Posbon_UzBot V.1.2.0 Versiyaga Yangiladi.🥳

•Yangi xususiyatlari.😇
+Pro buyruqlar Qoʻshildi.
+Xatoliklar tuzatiladi •
+Ishlash Yaxshilandi.•
Ishlatilgan tibbiy niqob kattalashtirilgan...
#micro
👉@Secretius👇
Prezident Donald Tramp “Oracle” va “TikTok” o’rtasidagi kelishuvni ma’qullaganini e’lon qildi.

Demak, “TikTok” faoliyati AQShda taqiqlanmaydigan bo’ldi.

"TikTok"ning AQShdagi amaliyotlari uchun alohida kompaniya tashkil etilarkan. Uni "Oracle" va "Walmart" boshqaradi. Ijtimoiy tarmoq biznesiga "Walmart" supermarketlar tarmog'ining ham qo'shilgani qiziq.

Trampga ko'ra, AQShda tashkil etilayotgan bu kompaniyaning 25 ming ishchisi bo'ladi.

Shuningdek, kompaniya 5 mlrd. dollarlik ta’lim jamg’armasi ham tashkil etish majburiyatini olgan.

“TikTok”ning birgina AQShdagi biznesi shunchalik katta ekanini tasavvur qilmagan edim.

AQShda ijtimoy tarmoqning 100 million foydalanuvchisi bor.

Bu kelishuv amalga oshishi uchun uni Xitoy hukumati ham ma'qullashi kerak.
#tiktok #AQSH
P.s Bekor qilding bekor qilding shu ishni🤣
© Vashington kundaligi
👉@Secretius👇
⚡️Huawei kompaniyasi kelgusi yilda o'zining Harmony OS operatsion tizimida ishlaydigan birinchi smartfonni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning bosh menejeri Richard Yu aytib berdi.

Uning ta'kidlashicha, Harmony OS-dagi smartfon uzoq vaqtdan beri tayyor, ammo u Google bilan tuzilgan ba'zi kelishuvlar tufayli chiqarilmagan.
Bu yil Huawei o'z operatsion tizimida aqlli soatlar va boshqa bir qancha asboblarni namoyish etishni rejalashtirmoqda.
#huawei #phone #hormonyos
👉@Secretius👇
Nima deb oʻylaysiz, bunday mahorat uchun qancha vaqt tayyorlanish/shugʻullanish kerak?
👉@Secretius👇