️Secretius
6.73K subscribers
803 photos
448 videos
150 files
1.97K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Sizning joyingizdagi internet tezligini deyarli aniq oʻlchab beruvchi sayt ->
Fast.com
Uning dasturi ->
Fast Speed test
#site #useful
👉@Secretius👇
#Tezkor
iQOO 5 Pro flagmani e'londan biroz oldin jonli fotosuratlarda paydo bo'ldi. Uning taqdimoti 17-avgustga rejalashtirilgan.

Yaqin kunlarda taqdim etilgan Xiaomi Mi 10 Ultra singari smartfon 6,56 dyuymli AMOLED displeyini, 120 Gts chastotali Snapdragon 4000 mAch protsessor va 120 Vt tezkor zaryadlashni qo'llab-quvvatlaydi.

Asosiy kamerada uchta sensorlar mavjud, ular 5x optik va 60x gibrid kattalashtirish uchun periskopni o'z ichiga oladi.
👉@Secretius👇
Oʻzbekistondagi internet tezligi...
#texnosarkazm
👉@Secretius👇
Windows 7-ni o'chirishga hali erta.

U dunyodagi deyarli to'rtdan bir kompyuter tomonidan ishlatiladi.
👉@Secretius👇
​Qanday qilib hacker boʻlamiz?!🤔
Hacker boʻlish sizga phpni bilish bilan cheklanib qolmaydi, mayli ana boring telefonni yoki kompyuterni 100% biling, lekin bu ham judayam kam.
Men har doim oʻzini nikiga, biosiga, useriga va hatto profil suratiga hacker soʻzini qoʻshib yozib olganlarni juda yomon koʻraman, oʻzlari net yoqib telegramga kirishni biladi holos, "Hacker" boʻla turib bizday oddiy odamlardan biror narsani oʻrgana oladi qoyil!!! Ulardan bitta soʻrashim bor:
Nokia bir modeli bor, shuni ekranini teskari🙃 qilish kodi bor, kimdir biladimi???

P.s Qattiq gapirgan boʻlsam uzr janobi "hackerlar" kanalida hatto Oʻzbek tili imlo qoidalariga amal qilmaydiganlarni hurmat ham qilmayman, uzr!
Men oʻzimga javob beraman lekin!!!
Kommentariyada fikrlarni va javoblarni kutaman.
https://telegra.ph/Qanday-qilib-hacker-boʻlamiz-04-04
#maqola
👉@Secretius👇
Mana nima uchun tushunmayman qizlarni😄
#texnosarkazm
👉@Secretius👇
Instagram, instadier, instamod va hokazolar sizni koʻnglingizni toʻldirmayaptimi?
Ularni butunlay unuting!
Bu dasturni oʻrnatib baraka topasiz)
Chunki u:
- Multiakkaunt;
- Yuklab olish;
- Kichik hajm;
- Yengil ishlash;
- Istalgancha oʻzgartirish va yana koʻplab imkoniyatlarga ega.
#app #instagram
👉@Secretius👇
Texnosarkazm rukni kanalga kerakmi yoʻqmi?
Anonymous Poll
70%
Ha
30%
Yoʻq
GTA o'yinining hayotdagi ko'rinishi.
#texnosarkazm
👉@Secretius👇
Hotspot Shield VPN sizning gadgetingiz uchun xavfsiz va ishonchli VPN ulanishidir. Bloklangan saytlarga tashrif buyurishning anonimligi va Internet manbalaridan xavfsiz foydalanish uchun ajoyib dastur. Xozirda negadir ba'zi odamlarda Instagram va Facebook VPN'siz ishlamayotgan ekan. Qani sinab ko‘ramiz
#Secretius #App #VPN
🔐@Secretius

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
Hotspot Shield VPN Premium.apk
21.7 MB
Hotspot Shield VPN Premium
🌐Internet: talab qilinadi
📱Android Versiya: 5.0+
Versiya: 7.9.0
🔐@Secretius

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
️Secretius pinned «Yangi video yuklandi 📥 https://youtu.be/bx_NjbpC3PE Bizni kuzatib boring: YouTube | Twitter | Facebook | Instagram»
Aytishlaricha, Temir odam 4-qismida va Qasoskorlar 5-qismida rol ijro etuvchi Rovan Atkinson ekan!
#texnosarkazm
P.s Bu Xazil😂
👉@Secretius👇
Huawei Mate X2’ning birinchi suratlari internetda paydo bo‘ldi.
Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baxtni his qilganingizda ichingizda manashu jarayon ketayotgan bo’ladi, baxtning asl ko’rinishi shu gifda aks etgan - oqsil zanjiri endorfin molekulasini sudrab ketmoqda😅
👉@Secretius👇
Samsung smartfoni parolini unutsangiz. Bu holatda nima qiilish kerak?
Smartfonlar bizning eng kerakli buyumlarimizdan hisoblanadi. Biz unda esdalik rasmlarimizni, turli xil fayl yoki musiqalarimizni, shaxsiy ma'lumotlarimizni saqlashimiz mumkin. Shu sabab smartfonda ma'lumot xavfsizligi birinchi o'rinda turishi kerak hisoblanadi. Smartfon yo'qotilganda yoki o'g'irlab ketilganda shaxsiy ma'lumotlar uchinchi shaxslar qo'liga tushmasligi va yana boshqa sabablar tufayli biz smartfonlarimizni parollar bilan himoyalaymiz. Lekin nimadir sabab bo'lib, masalan, qiyinroq parol qo'yib, parolni unutib qo'ysakchi?, unda smartfondagi barcha fayllarni o'chirib yuborib smartfonni hard reset funksiyasini ishlatishimizga to'g'ri keladi. Bu holatda hamma kerakli ma'lumotlarimiz o'chiriladi. Men sizlarga Android smartfondagi ma'lumotlarni o'chirib yubormasdan ochish yo'lini o'rgataman. To'g'ri, hozirgi paytda smartfonlarning turlari juda ko'p, bu usul faqat Samsung foydalanuvchilari uchun hisoblanadi. Agar siz boshqa smartfon egasi bo'lsangiz lekin smartfoningiz Android tizimida ishlasa siz smartfoningizni hard reset funksiyasi orqali parolini o'chirishingiz mumkin (Bu usul orqali hamma ma'lumotlar o'chadi!). Davom etamiz.
Diqqat paroli unutilgan smartfonda Samsung Account ochilgan va akkaunt smartfonda qo'shilga bo'lishi shart, aks holda bu usul foydasiz hisoblanadi.
Xullas bizga kerak bo'ladigan narsalar:
Bloklangan Samsung smartfoni (paroli esdan chiqgan);
Bloklangan smartfonda Samsung Account;
Boshqa bir qurilma (kompyuter, smartfon), qulaylik uchun kompyuterdan foydalanishni maslahat beraman!.
Shuni yodda tutingki blok bo'lgan smartfonni albatta internet tarmog'iga ulangan bo'lishi kerak. Aks holda sayt orqali smartfon paroli o'chirilsa ham smartfon ochilmaydi.
Blok bo'lgan smartfonda internetni yoqish uchun shunchaki tepadan menyuni tushiring va "Мобил. данные" tugmasini bosing. (Tajribasi kamroqlar uchun!!!).
Kompyuterda brauzerni ochib quyidagi adres bo'yicha o'tamiz:
https://account.samsung.com
Yuqoridagi sahifa ochilgandan keyin "Войти" tugmasini bosamiz quyidagi sahifada Samsung Account ma'lumotlarini (pochta va parol) ni kiritamiz va "Вход" tugmasini bosamiz.
Tizimga kirgandan keyin tizim bizga quyidagi sahifani taqdim qiladi:
1 raqami bilan belgilangan punktda smartfon ismi berilgan bo'ladi.
2 raqami bilan belgilangan punkt bizga kerakli tugma hisoblanadi.
"Разблокировка" tugmasi bosilgandan keyin quyidagi oyna ochiladi va ogohlantiradi:
"Agar parolingizni unutgan bo'lsangiz, telefonni masofadan turib blokini ochishingiz mumkin. Bu funksiyani ishlatganizda bloklash ekranidagi hamma ma'lumotlar o'chadi va bloklash paroli olib tashlanadi (agar barmoq izi bilan ochilsa u ham)."
"Разблокировать" tugmasini bosganimizdan so'ng smartfon avtomatik tarzda blokdan ochiladi. Smartfon blokdan chiqdi. Parolingizni esdan chiqarmaslik uchun qulay parollardan birini tanlab qo'ying. Va havola so'ngida yana bir narsani aytish kerakki, shu vaziyatlarni oldini olish uchun agar siz "Samsung Account" dan ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz hoziroq o'tishni maslahat beraman. Bu hech qancha vaqt talab qilmaydi. Shunchaki https://account.samsung.com adresi bo'yicha kirib sayt so'ragan ma'lumotlarni kiriting va sizning pochtangizga ro'yxatdan o'tganingiz to'g'risida xabar keladi.
Samsung Account smartfoningizga qo'shilgan yoki qo'shilmaganligini tekshirish uchun smartfonning "Настройки" bo'limidan "Облако и учетные записи" bo'limiga kirib "Учетные записи" punktini tanlaymiz. Bu yerda oxirgi punktda biz Samsung Accountni ko'rishimiz mumkin.
Samsung Account smartfonga ulandi.
#maqola
👉@Secretius👇