️Secretius
9.61K subscribers
713 photos
428 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
​21-iyun kuni Quyosh tutilishidan ko'pchilikning xabari bor menimcha. Xullas, ertaga Quyosh tutilishini ko'raman deb maxsus ko'zoynaklarsiz Quyoshga tikilib o'tirmang. To'rpardangiz(sechatka)ni kuydirib olib, ko'zingizga zarar yetkazishingiz yoki umuman ko'r boʻlib qolishingiz mumkin ( ortiqcha vahima emas, rostdan shunday). Bilaman, svarkachi akalarimizdan boshqa deyarli hech kimda maxsus ko'zoynak yo'q. Shuning uchun quyidagi layfxaklar siz uchun:

Quyosh tutilishini proyeksiyalash yo'li bilan mutlaqo zararsiz kuzatish mumkin. Buning uchun:
1) Qogʻoz yaxshisi karton olib uning o'rtasini igna yoki taxminan shu qalinlikdagi narsa bilan teshib olasiz. Teshik dum-dumaloq bo'lishi kerak
2) Quyoshga teskari o'girilib, teshilgan kartonni yelkamiz tepasida tutib turamiz
3) Yana bitta qogʻoz olib, uni ikkinchi qo'limiz bilan haligi kartonni ro'parasida ushlab turamiz. Qogʻozda Quyoshning shakli ko'rinishi kerak.
Quyosh soyasi qogʻozda yaxshiroq ko'rinishi uchun, qogʻozlarni bir-biridan uzoqroqqa yoki yaqinroqqa joylashtirib ko'rishingiz mumkin. Xuddi shunday yarimoysimon soyalarni ba'zida daraxtlar ostidagi soyalarda ham kuzatish mumkin

Agar siz " yo'q, men Quyoshni primoy ko'raman" desangiz, eski, kolxozcha usuldan foydalansangiz bo'ladi. Buning uchun Quyoshga shunchaki, rentgen surati qogʻozi ortidan (suratning qora, to'q hududlari ortidan) qarash mumkin. BU YO'L KO'ZLARGA 100% BEZARAR EKANLIGI KAFOLATLANMAGAN!

Ushbu link orqali ertaga O’zbekistonda quyosh tutilishini jonli kuzatish mumkin. Yana 10 soat qoldi boshlanishiga

https://youtu.be/up43USIEAtQ

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
⚡️⚡️ Ko'rinmas televizor. Samsung o'zining yangi televizorlariga g'ayrioddiy xususiyatni namoyish etdi.

Ular tomosha qilmaydigan vaqt uchun maxsus rejimga ega.
Ushbu funktsiya ishlashi uchun siz smartfon bilan suratga olishingiz, uni televizorga uzatishingiz kerak va u o'zini osib qo'yilgan devorning rangiga qarab, ko'rinmaydigan bo'lib qoladi.
Bu haqiqatan ham g'ayrioddiy ko'rinadi!

Ishlab chiqaruvchi ushbu rejimda quvvat iste'moli kamayishini va'da qilmoqda, shu bilan birga ob-havoni yoki, masalan, tirbandliklar haqidagi yangiliklarni ko'rsatishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
​​Xalqaro Jirafalar Kuni

Xalqaro Jirafalarni saqlash fondi (GCF) tomonidan har yili 21 iyun yilning eng uzun kunini yil eng uzun bo'yinli hayvoni - jirafalar kuni sifatida nishonlash joriy qilingan.​​Jirafalar haqida 15 ajoyib fakt

👉 1. 2016 yilda nashr etilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko'ra jirafa bu tur emas, aksincha 4 ta turni o'z ichiga oladigan kenja oila ekan
👉 2. Ilgari jirafalarni Afrikaning shimoliy va g'arbiy qismida, Sahroi Kabir va Nil bo'ylarida uchratish mumkin edi. Hozir ular faqatgina janubiy Afrikada uchraydi, xolos.
👉 3. Juda baland bo'yli bo'lishlariga qaramay ularning bo'yin umurtqasi barcha sutemizuvchilarniki kabi 7 ta.
👉 4. Urg'ochisining bo'yi 5.17 m gacha, erkaginiki 5.88 m gacha boradi.
👉 5. Jirafalarning og'irligi o'rtacha 828 - 1930 kg ni tashkil etadi.
👉 6. Jirafaning bo'yniga yerga yetish uchun kaltalik qiladi. Natijada, u suvni ichish uchun old oyoqlarini noqulay ravishda yoyishi yoki bukishi kerak bo'ladi.
👉 7. Urg'ochi va erkak jirafalarning ikkisida ham tug'ilganida shoxlar bo'ladi. Faqatgina ular tug'ilishda jarohat olmasligi uchun bosh chanog'i bilan birikmagan bo'ladi. Shoxlar hayoti davomida bosh suyagiga birikadi.
👉 8. Homiladorlik davri 457 kun, taxminan 15 oy davom etadi. Urg'ochilari faqat bitta bola tug'adi.
👉 9. Odatda 50% jirafalar bir yoshga yetmay nobud bo'ladi.
👉 10. Odamning barmoq izlari kabi jirafalarning tanasidagi dog'lar ham o'ziga xos va takrorlanmasdir.
👉 11. Jirafalar nafas tizimining o'ziga xos tuzilishi uning miyasidagi harorat boshqa organlariga nisbatan 3 ℃ ga past bo'lish imkonini beradi.
👉 12. Jirafa suv ichish uchun egilganida boshidagi qon bosimi keskin o'zgarib ketmasligi uchun uning qon tomirlarida qon oqimini nazorat qiladigan maxsus elastik devorlar mavjud. NASA tashkiloti astronavtlarning kiyimini yaratishda aynan jirafalar oyoqlaridagi qon tomir tizimi o'rgangan.
👉 13. Jirafalarning havorang-siyohrang tilining uzunligi 45-50 sm ga yetadi.
👉 14. Jirafalarning yuragi 11 kg keladi va bu quruqlikdagi hayvonlar ichida eng yirik ko'rsatkich. U o'zidan bir daqiqa davomida 60 litr qonni haydaydi.
👉 15. 2016 yilgi ma'lumotga ko'ra yovvoyi tabiatda 97 500 dona, tutqunlikda 1 144 dona jirafa borligi aniqlangan
🔐 @Secretius 🔐

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biroz kulgu ulashamiz!🤣

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
Xiaomi eng yangi noutbuklarni taqdim etdi

Turli xil versiyalarning narxi:

• i5 / 8/256 GB - 554 dollar
• i5 / 8/512 GB - 593 dollar
• i5 / MX250 / 8/512 GB - 633 dollar
Qanday fikrdasiz?

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
😱 iPhone uchun buyrak sotish.

2011 yilda xitoylik o'spirin o'sha paytda eng yangi iPhone sotib olish uchun buyragini noqonuniy ravishda sotgan.

17 yoshli Vang Shangkun 3 ming dollarga "iPad 2" va "iPhone 4" sotib olishga sarfladi.
Endi u buyrak etishmovchiligi tufayli yotoqda yotadi.

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
Rossiyada Telegramga qo'yilgan taqiq bekor qilinganini Pavel Durov rasman tasdiqladi. Uning aytishicha, bu o'zgarish messenjer Rossiya hukumati shartlariga rioya qilishni boshlagani uchun yuz bermagan, aksincha, Rossiya taqiqning ma'nosiz ekanini tushunib yetgan.

Durovning yozishicha, taqiq kuchga kirgan 2018-yildan beri Rossiyada Telegramdan foydalanuvchilar soni kamayish o'rniga, aksincha, ikki karra ko'paygan. Roskomnadzorning bloklash texnologiyasiga qarshi "Raqamli qarshilik" (Digital Resistance) harakti boshlangan va millionlab ko'ngillilar proksi-serverlar yaratib, Rossiyaning taqiqlovchi harakatlarini chippakka chiqargan.

Telegram asoschisiga ko'ra, Rossiyada taqiqning bekor qilinishi bilan proksilarning ahamiyati kamayib qolmaydi; aksincha, endi e'tiborni Xitoy va Eron kabi Telegram bloklangan boshqa davlatlarga qaratib, shuningdek, kelajakda yana shunday yuz berishi mumkin bo'lgan ehtimoliy taqiqlarga qarshi tayyor turish kerak.
Kutib oling - Mi Band 5 rasmiy ravishda taqdim etildi!

• magnit zaryad ishlatiladi;
• 1,1 dyuymli AMOLED ekran;
• takomillashtirilgan protsessor;
• uyquni kuzatish funktsiyasi;
Atmosfera bosimini nazorat qilish tizimi (barometr);
• smartfondan kamerani masofadan boshqarish funktsiyasi.
• NFC;

Batareya muddati 14 kundan 20 kungacha
batareya quvvati 125 mA / soat.

Narx: 27 $ NFC siz | NFC bilan - 32 dollar
Assalomu alaykum
Bugun Beeline abonentlari uchun bilan va bilmagan maʼlumotlarni bermoqchimiz!
Oʻzingiz bilasiz: "Beelinedoshlar" operatorimizda turli tuman aksiyalar va xizmatlar bor, shulardan eng yaxshi va keraklilarini tanishtiraman😉

1. Qadamlar va giglar aksiyasi.
Bu aksiyani bilmagan kamchilik qoldi!
Sizga Beeline Uzbekistan va Google fit dasturi kerak boʻladi
2. Beeline Club 2.0
Imtiyozlari:
-Hisobni toʻldirib Beepga ega boʻlasiz;
-Avvalgi Sodiqlik dasturidagi ballarni beepga almashtirish mumkin
-Beeplarni maxsus paketlar va xizmatlarga almashtirish;
-Dasturda siz qanchalik uzoq boʻlsangiz sizda foydali keshbek va bonuslar koʻpayaveradi, har 90kunda siz keyingi bosqichga oʻtasiz va sizga 100beep beriladi, 1-bosqich imkoniyati "Beefortune"
Beeline Uzbekistan Beta dasturininig pastki qatorida BC boʻlimida Oʻyinlar qatorida;
-Beeline Clubga aʼzo boʻlsangiz bonus sifatida 50beep beriladi
Aʼzo boʻlish uchun *777# tering.
- 4G bonus.
Bu bonus avval bor edi va 5Gb berilar edi
Hozirda siz Beeline Uzbekistan (+1gb), Beeline Tv(+1gb), Beepul (+1gb), Beeline music (+1gb) dasturlarini yuklab olib 1oy muddatga va har oy qayta umumiy hajmi 4Gb boʻlgan bonusni qoʻlga kiritasiz!
⚠️Eslatma: Bonusdan faqat va faqat 4G tarmogʻida foydalanishingiz mumkin!
Qurilmangiz va joylashuvingiz talabga javob berishini bilish uchun *24# ni tering
Yoki quyidagi havola orqali tekshirib koʻring
https://beeline.uz/uz/coverage-and-offices

3. "Hamma tarmoqda" xizmatini yoqish: *110*79#. Oʻchirish: *110*080#. Kunlik abonent to'lovi 1900 so'm. Bepul saytlar: Barcha tas-ix saytlar, cm.odnoklassniki.ru, m.my.mail.ru, m.vk.com, m.facebook.com, sinfdosh.uz, mobile.twitter.com, touch.www.linkedin.com, plus.google.com, wap.odnoklassniki.ru, wap.sinfdosh.uz, wap.my.mail.ru, wap.vkontakte.ru, tel.my.mail.ru, m.my.olam.uz, pda.vkontakte.ru va Mail.ru.

4.Do It!
Chinakam cheksiz tungi internet!
"Do It" - kuniga atigi 5000 so'm evaziga tungi 01:00 dan 09:00 gacha cheksiz internetdan foydalanishning noyob imkoniyatlari.

5000 so'm - kunlik foydalanish uchun to‘lov;
5250 so'm - kamida ulanish uchun hisobda bo'lishi lozim;
Ulanish kodi: *100500#
O‘chirish kodi: *110*0*0#;

5. Biror bir raqamning kod esdan chiqdimi?
*998*abonetning 7raqami va #
Chaqiruv tugmasi

6. Beelineda bir nechta sim kartangiz bor va ular bitta Passportga ochilgan!
"Oʻzimning raqamlarim" xizmati
*303#

7. Qulay va oson bogʻlanish:
1) http://0611.beeline.uz/ 24soat onlayn maslahatchi;
2) Beeline abonentlari va jismoniy shaxslar uchun
0611; yuridik shaxslar uchun 0628;
3) Shaxar va boshqa(Beeline boʻlmagan) telefon raqamidan
+998901850055 va 781400222
4) Beeline mobil telefonidan, simli internet boʻyicha
0639
5) 0611@berline.uz E-pochta orqali
6) Telegram @ConsultantBeelineUz va
@BeelineUzbBot

8. Qisqa raqamlar
-*111# internet yoʻqligida "Beeline Uzbekistan" dasturi vazifasini oʻtaydi;
- Barcha pullik obunani oʻchirish - 115 raqamiga 1 raqamini yuboring
- Hisob *102#
- Daqiqa *106#
- Mb *103# paket, *109# Qadamlar va giglar, *113# 4G bonus;
- Abonent toʻlovi qachon yechiladi *202#
- Tarif rejam *110*05#
- Raqamni bilish *148#
Qurilmangizdagi Chrome yoki internet (Samsung), Browser (Redmi) brouzerlarini ishlatisjmhni maslahat beraman, shundagina turli xizmat va aksiyalardagi trafik narxlanmaydigan holatlarda tushunmovchilik boʻlmaydi.
Quyidagi saytlarga kirganda mb va pul ketmaydi👇
Beelinening bepul saytlari
Beeline.uz
Beelinetv.uz
New.beepul.uz
Boshqa:
senat.uz
businessinfo.uz
kitob.uz
muloqot.uz
natlib.uz
dilib.uz
lex.uz
uzbekistan.travel.uz
umail.uz
pm.gov.uz
president.uz
my2.gov.uz
my.gov.uz
id.gov.uZ
gov.uz
kids.gov.uz
license.gov.uz
regulation.gov.uz
dd.gov.uz
parliament.gov.uz
ziyonet.uz
e-kommunal.uz
data.gov.uz
meros.uz
constitution.uz
odnookno.uz
pfru.uz
cctld.uz
davra.uz
Savol va takliflar uchun:
@SecretiusBot
#beeline
👉@Secretius👇
#Yangiliklar iOS 14-ni butunlay yangilangan uy ekrani va ko'plab yangi foydali xususiyatlari bilan tanishing!

• Ish stolidagi vidjetlar
Ilova kutubxonasi: ro'yxat ko'rinishidagi va toifalarga aqlli guruhlangan ilovalar kutubxonasi
• Video uchun rasm ichidagi rejim
• Internet-tarjimasi va rus tilida qo'llab-quvvatlanadigan yangi tarjima dasturi
• Siri interfeysi qayta ishlangan (hozir to'liq ekranda emas)
• CarKey: iPhone avtomobil kalitini almashtirishi mumkin
• App Clips: NFC yorlig'i yoki QR kodini skanerdan o'tkazgandan so'ng o'rnatmasdan ishga tushadigan gadjetlar.

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robot yasaymiz!?

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️ "Aqlli ko'zoynaklar" sizning tasavvuringizga moslashishi mumkin.

O'zgaruvchan diopterlar bilan noyob Adlens ko'zoynaklari Angliyada ishlab chiqariladi.
Stenfordda ishlab chiqarilgan patentlangan ClearGlass texnologiyasi tufayli foydalanuvchi o'zi sozlash g'ildiragini burab, har bir ko'z uchun diopterni individual ravishda sozlashi mumkin.

Ko'zoynak yaqin va uzoq masofada qulay ko'rish imkonini beradi. Ushbu ko'zoynaklarning ishlash printsipi o'ziga xos ob'ektiv bo'lib, u ikki qismdan iborat: sozlash g'ildiragining aylanishi linzalarning bir qismini boshqasiga nisbatan siljitadi, bu esa linzalarning optik kuchini o'zgartiradi (+3 dan -6 dioptergacha).

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ASUS Rog Phone 3 haqidagi e'lon tarmoq yaqinida yangi mahsulot dizaynini namoyish etuvchi video paydo bo'ldi.

Smartfon bozorda eng kuchli Android qurilmasiga aylanishi kutilmoqda. Snapdragon 865 protsessori tufayli 2,84 GGts dan 3,091 GGts gacha bo'lgan standart protsedura.

Texnik xususiyatlarga ko'ra, biz 6,59 dyuymli OLED displeyni 144 Gts chastotali, 16 Gb tezkor xotiraga, 512 Gb gacha xotira va 6000 mAch sig'imga ega batareyani kutmoqdamiz.

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«HUMANS.uz» taqdimoti. 16.06.2020 (Vladimir Dobrinin)

P.s/Dublaj uncha oʻtirmabdi)
@Secretius

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
@secretius.apk
5.3 MB
Humans.uz ilovasi
Google play xavolasi!
Kanalimizga aʼzo boʻling

@Secretius Doimo oldinda.

Manba bilan olinglar!

Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
O‘rmondagi internet

Tabiatning ham interneti borligini bilar edingizmi?

Internet. 1991-yil WWW nomli to‘rni butun dunyo tanidi. Hozirda yosh bolalardan tortib kattalargacha deyarli hamma uning nima ekanligini ozmi ko‘pmi biladi.

Lekin tabiatning "interneti" qachon paydo bo‘lganinichi? Hech bo‘lmasa uning borligidan xabarimiz bormi?

Fanda Biomimicry (biomimetics) nomli ajoyib yo‘nalish bor. Bu so‘z qadimiy yunon tilidan olingan bo‘lib, "hayotga taqlid qilish" degan ma’noni anglatadi. Ya’ni ushbu yo‘nalish mutaxassislari tabiatdagi misollar bilan zamonaviy hayot uchun foydali bo‘ladigan va tabiatga zarar yetkazmaydigan narsalar yaratishga, ularning dizaynini yaxshilashga urinadilar. Olimlarning aytishicha, tabiatda bizga kerak bo‘lgan barcha narsalarning misollari bor va ulardan "o‘rnak" olib, hayotimizni yanada takomillashtirishimiz mumkin. Bunga misol tariqasida samolet yoki tezyurar poyezdlarning yaratilish va rivojlanish tarixlarini o‘qib chiqishingiz mumkin.

Qiziqqanlar uchun, Biomimicry haqida Janine M. Benyus nomli biolog ayolning juda ham ajoyib kitobi bor. Men bu kitobni boshlab, afsus, oxiriga yetkiza olmaganman, chunki kitob biroz qiyin va uni tushunish uchun sal kattaroq) bilimga ega bo‘lish kerak.

Ho‘sh, endi tabiat internetiga qaytsak. So‘ngra post oxirida bu ikki ma’lumotni bir biriga bog‘lashga urinaman.
Tabiatda miseliy (mycelium) nomli fungus yoki fungus-kabilarning vegativ qismi hisoblangan ingichka tolalari bor. Fungus nima ekan deb hayron bo‘layotgan bo‘lsangiz, bu oilaning eng taniqli vakili qo‘ziqorinlar. Funguslar oilasining vegetativ qismi bo‘lgan miseliy yer ostida o‘rmon "internetini tashkil qiladi". Ushbu internet o‘rmondagi barcha turdagi o‘simliklarni bir biriga bog‘lab turadi (xuddi biz bilgan internet dunyo bo‘ylab insonlarni bir birlari bilan bog‘lagani kabi).

Miseliy-interneti yordamida o‘simliklar bir birlari bilan muloqot qilish, ma’lumot almashish, bir birlariga yordam berish va bir birlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ajoyib, shunday emasmi?
Misol uchun, daraxtlarni olaylik. O‘zbekistonda yaqinda bir to‘y bo‘lishi kerak ekan. Shu sababli kelin taraf zudlik bilan qanaqadir mebel olishi kerakmish. Yaxshi mebel yasash uchun yog‘och kerak bo‘ladi. Yog‘ochni esa daraxtlarni kesib olish mumkin. Bo‘lar-bo‘lmas an’analarni deb o‘rmondagi 3-4 ta daraxt kesildi va ularning faqatgina to‘nkasi qoldi.

Daraxtlar kesilganidan tezda "xabar topgan" boshqa daraxtlar va o‘simliklar ular nobud bo‘lib, qurib ketmasligi uchun darhol ularga yordam berishga va do‘stlarini og‘ir vaqtlarida qo‘llab-quvvatlashga kirishar ekan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun ular miseliy-interneti xizmatlaridan foydalanib, kesilgan daraxtlar uchun kerak bo‘lgan barcha zarur moddalarni "jo‘natar" ekan. Xuddi biror do‘stingiz imtixonda o‘tirganda, siz unga internet orqali javoblarni topib jo‘natganingiz kabi🙄.

Biomimicry va miseliy-internetini o‘zaro bog‘laydigan bo‘lsak, agar olimlar tabiatdan "dars" olishni yanada ertaroq boshlaganlarida, hozirda hammamiz uning quliga aylangan internet balki XX asr boshlaridayoq paydo bo‘lar edi.

P.S. Endi qo‘ziqorinlarni ko‘rib qolsangiz, ularga faxr bilan qarab o‘tib keting🤣
40 million telegram foydlanuvchisi ma'lumotlari internetga tarqab ketdi. Bular orasida telefon raqam, ID, username, nik kabilar bor.

Bu birinchi marta bo'lishi. O'zigizni ehtiyot qiling.
Manba: Fan
@Secretius
P.s Xabar tasdiqlanmagan!!!
Bizni kuzatib boring:
YouTube | Twitter | Facebook | Instagram
#Qiziqarli
#interesting
#bilasizmi?
Tillar haqida

👉 Butun tarix davomida eng kam o‘zgargan til – island tili. Bu tilda boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar deyarli uchramaydi.

👉 Ingliz tili eng ko‘p sinonimlar zaxirasiga ega til hisoblanadi.

👉 Ingliz so‘z boyligi 600 ming so‘zdan iborat. Xitoy alifbosi esa 40 mingdan ko‘proq iyeroglifdan tashkil topgan (ularning hammasi ishlatilmaydi, albatta).

👉 Bugungi kunda o‘lik til hisoblanadigan lotin tili Vatikanda rasmiy til (italyan tili bilan birga) maqomiga ega.

👉 Ingliz tili eng ommalashgan til hisoblansa-da, eng ko‘p so‘zlashuvchiga ega til emas. Eng ko‘p so‘zlashuvchisi bo‘lgan tillar – xitoy, hind, ispan.

👉 Fransuz tili 6 asr davomida Buyuk Britaniyada rasmiy tillardan biri sanalgan.

👉 Ba’zi davlatlarda o‘ndan ziyod rasmiy til amal qiladi. Xususan, Hindistonda 17ta, Janubiy Afrika Respublikasida 11ta rasmiy til mavjud.

👉 Abxaz tilida atigi ikkita unli tovush bor. Undoshlar soni esa naq 60ta.

👉 Vyetnam hududida qo‘llaniladigan sedang tilida esa 50ta unli mavjud.

👉 Kambodjada qo‘llaniladigan kxmer alifbosi 76ta harfdan iborat.

👉 Chex tilida bitta undosh harfdan iborat so‘zlar ham mavjud.

M: Kaktus🌵
📡: @Secretius
#kelajak
​​2025 yil.
2020 yilda qurilgan falon siti uylaridan biri qulab tushdi. Dastlabki surishtiruv va tergov harakatlari olib borildi. Ushbu hodisaga qurilish materiallari sababchi deb topildi va sud qilindi. Sudlanayotgan qurilish materiallar qilgan jinoyatlarini birma-bir rad etishdi va quyidagicha ko‘rsatma berishdi.
Gʻisht:
– Men o‘z ishimni qildim, xolos. Aybdor emasman.
Tuproq:
– Men ham doimgi ishimni qildim. Mening aybim yo‘q.
Syement:
– O‘lay agar, men aybdor emasman! Men u yerda umuman yo‘q edim.... 😁

Mabodo-da. Chinga olib yurmanglar tag‘in)
@Secretius