️Secretius
9.85K subscribers
699 photos
427 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Quvonchga almashgan dard

“Qarg‘alar uchsa qaraylik
Marg‘ilonning yo‘liga...”
Bu qo‘shiqni barchamiz “Yalla” guruhining ajoyib ijrosi orqali yaxshi bilamiz. Bundan tashqari, “Handalak” hajviy guruhining konsert dasturi boshlanmasida ham shu qo‘shiqdan foydalanilgan. Bugungi kunda Madaniyat vaziri lavozimini egallab turgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy darasida bo‘lib o‘tgan “Asrlar sadosi” festivalida ushbu qo‘shiqni bir oz o‘zgartirib kuylagan edi:
“Qarg‘alar uchsa qaraylik
Sarmishsoyning yo‘liga...”
Kuni kecha efirga uzatilgan “Ilhaq” filmi ham bu qo‘shiqni yana bir karra yodimizga soldi. Xo‘sh, o‘zi bu raqsbop, xalqona kuyning yaratilish tarixi qanday bo‘lgan? Nega endi aynan Marg‘ilon yo‘li?! Nima uchun qarg‘alar uchgan vaqtida qarash kerak bo‘lgan?! O‘zi, shunday qo‘shiqqa bulbul, juda bo‘lmasa kaptar mosroq tushmasmidi?! 
Yo‘q! Tushmas edi. Chunki... Chunki, bu qo‘shiq siz va biz o‘ylagan bilgandek doira zarbi jarangi bilan raqsga tushishga majbur etuvchi sho‘xlikni emas, balki yuraklarni anordek siqib, qonini oqizguvchi dardni o‘zida ko‘tarib turadi. Keling, tarixga nazar solaylik.
Oqposhshoning “muzaffar va g‘olib” qo‘shini - “ulug‘ og‘amiz” O‘rusiya askarlari O‘rta Osiyoni zabt etish uchun qattiq “yeng shimargan” vaqtlar. Bir uloqni uch tomondan talashib, horigan raqib uloqchidek turgan xonlik-u amirlik rahnamo xon-u amir, bek-u boyonlari birin-ketin o‘z bo‘ynini qullik zanjiriga egib, taslim bo‘lish payida yurgan payt. Ammo, oddiy xalq orasida bu qullikka rozilar yo‘q edi. Odamlar shusiz ham bir parcha yerini yana yarim qilishga intiladigan, erkiga, hurligiga chang soladigan har qanday begona qo‘lga qarshi turishga intilardi. Shunday intilishlar Marg‘ilon aholisi orasida ham kechayotgan edi. 
1875-yilda shahar mudofaada qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Ammo, kuchlar teng emas edi. Yaxshi harbiy tayyorgarlik ko‘rgan oqposhsho armiyasi va kazaklar polklari shaharni qo‘lga kiritadilar. Ana o‘shanda, haqiqiy Qiyomat yuz beradi - Oqposhsho buyrug‘iga binoan qarshilik ko‘rsatgan aholi ichidan yosh yigitlar va erkaklarning barchasini dorga osishga buyuradi. Qatl ruslar Marg‘ilonga kirib kelgan yo‘lda amalga oshiriladi. Boisi, bu barchaga, keyingi isyon boshlamoqchi bo‘lganlarga dars bo‘lishi kerak edi...
Qatl amalga oshirilgach, maqtullarning jasadiga teginishga, ularni ko‘mishga ruxsat berilmaydi. Urinib ko‘rganlar esa, safni yana bir jasad bilan to‘ldirardi.
 Vaqt o‘ta boshlagach, quzg‘un (qora qarg‘a)lar jasadlarni yeyish uchun Marg‘ilonga yopiriladi. Marhumlarning yaqinlari esa, jasadlarni yana tahqir etilmasin uchun qushlardan himoya qilishga kirishadi - qarg‘alar ko‘ringani hamono, ularni haydash uchun yo‘lga yuguradilar. Bu hol qo‘shiqning birinchi baytida keltirilgan:
“Qarg‘alar uchsa, qaraylik
Marg‘ilonning yo‘liga...”
Ammo, qushlardan himoya etgan bilan tabiatdan himoya etib bo‘lmasdi - kundan-kun jasadlar o‘zidan badbo‘y hid taratar, yo‘ldan o‘tishning, o‘tish tugul, unga yaqin yo‘lashning iloji bo‘lmay qoladi. Shu darajada-ki, hid butun shahar va yon-atrof qishloqlariga ham tarqaladi. Ammo, shunchalar yomon hid chiqsa-da, inson o‘z og‘asini, o‘z inisini, umuman, o‘z yaqinini “sassiq” deya olarmidi?! Xalq bu bo‘yni yoqimli iforga tenglaydi, xush bo‘ylarga tenglaydi. “Handalak bo‘ylik” deya ataydi marhumlarni:
“Hidi kelsa, mast bo‘laylik,
Handalakning bo‘yiga.
Handalak bo‘ylikkinam, sen
Unda zor, men bunda zor...”
Kishilar uchun eng alamlisi o‘z yaqinlarini tuproqqa qo‘ya olmas edilar, loaqal teginish ham mumkin emas:
“To‘tiqushning bolasidek
Ikkalamiz intizor.
Intizorlik torta-torta
Tanda toqat qolmadi.
Yo‘l chivindek sarg‘ayib,
Ucharga holim qolmadi...”
Bu qo‘shiq ana shunday qonli, qayg‘uli davr xabarchisi. Xalqning deyarli barcha kuyi o‘z dardini ifoda etgan. So‘zni tantanavor yakunlaymiz - Vatanning yaxshi kunini unutsangiz ham, yomon kunini unutmang!
“Qarg‘alar uchsa, qaraylik...”
🔐 @Secretius 🔐
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson qo'lyozmasida xat yozadigan robot!

2026 yildan boshlab Finlyandiyada maktab o'quvchilari endi qo'lda yozishni o'rgatishmaydi va to'plamni kompyuterlarda ishlatishni boshlaydilar. Shu bilan birga, kimdir chiroyli qo'l yozuvida xat yozishga majbur bo'ladi, shuning uchun Bond kabi xizmatlar paydo bo'ladi.

Bond - bu pul evaziga ($ 3 dan) maxsus robot, haqiqiy siyoh qalam va inson qo'lyozmalarida xat yozish uchun yaxshi qog'ozdan foydalanadigan xizmat. Bond uchun matnli xabarlarni to'g'ridan-to'g'ri telefondan o'chirib tashlash mumkin
🔐 @Secretius 🔐
Bir kishi yakshanba kuni butun xaftaning charchog‘ini chiqarish uchun ertalabdan gazetasini qo‘liga olib, kun bo‘yi hech narsa qilmasdan uyda o‘tirishni rejalashtiribdi.
Shu payt o‘g‘li yoniga yugurib kelib, kinoga qachon borishlarini so‘rabdi.
Dadasi o‘g‘liga so‘z bergan ekan. Ammo otaning tashqariga chiqqisi yo‘q.
Gazetaning orqasidagi dunyo xaritasiga ko‘zi tushibdi. Oldin xaritani bo‘laklab buzibdi va o‘g‘liga: «Agar bu xaritani tuzata olsang, seni kinoga olib boraman».
O‘n daqiqadan so‘ng o‘g‘li dadasining yoniga yugurib kelibdi va:
– Dada, xaritani tuzatdim, endi kinoga boramiz.
Dadasi oldiniga ishonmabdi. Ko‘rsa, xarita, bus-butun. «Qanday qilding?» deb so‘rabdi. Bolaning bergan javobi g‘alati edi:
– Xaritaning orqasida bir inson bor edi. Insonni tuzatgandim, dunyo o‘zidan o‘zi tuzaldi.

Xulosani o‘zingiz chiqaring.☹️

P.s/To'g'ri bu eskirgan mavzu lekin hozirgi vaziyatga juda mos keladi!😒.

🔐 @Secretius 🔐
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum azizlar sizlarga @apkdl_bot da hajmi 50 mb dan ko'p bo'lgan dasturni yuklab olish.
Unutmang Secretius doim oldinda😉😉
🔐 @Secretius 🔐
Doʻstlaringizga ulashing va kanalimizni tavsiya qiling!
@Secretius Telegraph T5.15.0.apk
29.7 MB
Telegraph'ning mod versyasi
Yani reklamadan holi va ghost(sharpa) ham ishlaydi
🔐@Secretius
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'z profilimiz yoki kanalimiz avatari uchun supper logotip yasash🖼
Dasturni video tagiga joylayman
@Secretius🔐 Doimo oldinda
com.text.metal.effect.apk
36.2 MB
Videoda ishlatilgan dastur🖼
@Secretius🔐
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz bu basketbol halqasi bilan toʻpni albatta tushirasiz!

Muhandis va YouTube bloggeri Shane Uayton o'tkazib yuborishni imkonsiz qiladigan robot basketbol halqasini yaratdi.

O'rnatilgan datchiklar to'pning parvozini kuzatadi va dvigatellar qalqonning burchagini to'g'rilaydi, shunda raketa aniq halqaga tegadi. Joylashtirishni hisoblash va sozlashning butun jarayoni otishni o'rganish vaqtida javob qaytarish uchun 600 millisekunddan oshmasligi kerak, buning uchun muallif qurilishni iloji boricha osonlashtirishi kerak edi.

Agar siz ushbu uzukni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz, siz haqiqatan ham yaroqsizsiz - Shane Uayton
🔐 @Secretius 🔐
#layfhack

AlL@mBaL0 vs allambalopasswordimbor

Siz qaysi usul kalit so‘zlarni havfsiz deb o‘ylaysiz?
Kalit so‘zi tanlaganda bosh xarf, kichik xarf, bir ikkita son va tinish belgilarini aralashtirib yozishga xavfsiz deb qaraladi. Bu qoidani 2003 yilda o‘ylab topgan Bill Burr 2017 yilda undan voz kechganini bilasizmi? Aslida, bunday usuldagi kalit so‘zlar buzish uchun oson, yodlash uchun esa qiyindir.
Kalit so‘zni topishni qiyinlashtiruvchi faktor uning aralash belgilardan iboratligi emas, balki uzunligidir.
InfoSec Institute tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, uzunligi 16 ta xonali va faqat sonlardan iborat kalit so‘zni buzish 8 ta xonali turli belgilar jamlanmasidan iborat kalit so‘zni buzishdek qiyin. Birinchisi atigi 10 ta (0 dan 9 gacha), ikkinchisi esa 94 ta belgilar kombinasiyasidan tashkil topgan.
Wall Street Journal da yozgan maqolasida Robert McMillan “correct horse battery staple” ko‘rinishidagi to‘rtta an’anaviy so‘zdan iborat kalitso‘zni texnik jihatdan buzishga (sekundiga 1000 ta urinish bilan) 550 yil, “Tr0ub4dor&3” ko‘rinishidagi kalitso‘zni buzishga esa uch kun sarflanishini aytib o‘tgan.
Xo‘sh, siz qanday kalit so‘zlardan foydalansiz)))
Oʻxahash maqola
https://t.me/c/1175813717/1189
https://t.me/Secretius/1189
🔐 @Secretius 🔐
Doʻstlaringizga ulashing va kanalimizni tavsiya qiling!
#tovuqmiya yoki #miyasiztovuq

Boshi uzilgan tovuq haqida eshitganmisiz?

1945 yilning 10 sentyabrida Lloyd Olsen ismli fermer qirqqa yaqin tovug‘ini so‘yish maqsadida boshini chopib tashlaydi.

Keyingi kun qarasa, bitta tovug‘i boshsiz ham taralla yallo qilib yuribdi.

Tovuqning boshi chopilganida orqa miyasiga zarar yetmagan edi. Quyuq qon esa, tomirlardan qon oqishini to‘xtatib qo‘ygandi.

Fermer tovuqqa Mayk deb nom qo‘yadi. Mayk turli sirk tomoshalarida, sahnalarda qatnashib, miyasi bor paytidan ko‘ra, miyasi yo‘qligida ko‘proq daromad keltiradi.

Bu vaqtda Maykni pipetka bilan oziqlantirib turishadi.

Miyasiz Mayk turli sahnalarda bir yarim yil qo‘shiq aytib, raqsga tushib... ee uzr, qatnashib egasiga 45 000 dollar foyda keltiradi.

Ammo, 18 oy o‘tgach, boshdan judo boʻlgan Mayk jondan ham judo boʻ́ladi..

#aytgancha

Shu-shu, miyasiz tovuqlar sahnada turib tomosha koʻrsatib, sahna ortidagi egasiga ko‘p daromad keltirmoqda.
Videolavha
https://youtu.be/E7wYqRF-mVU
obhavo.php
2.1 KB
Obhavo.uz saytidan olingan parser. Json qiymat qaytaradi. Botlarda ossongina foydalansangiz boʻladi. Kerak boʻlib qolar 👌

Author: @FirstDeveloper
#foydali
Telefon zaryadi nega tez tugab qolaveradi?

Koʻpchilikni bir muammo qiynaydi yani telefonni zaryadi tez ketib qolishi.
1-sabab
Zaryatdga qoʻyib telefonni ishlatish.
Bu juda yomon odat. Bu holda siz oʻz telefoningiz umrini, zaryad unumdorligini, va batareykaning unumdorligini ham qisqartirib borasiz❗️
2-sabab
Oʻz telefoningizda turli xil ilovalarni olib yurasiz, zero ularni ishlatmasangiz ham. Telefoningizda qanchalik koʻp ilova boʻlsa, shunchalik koʻp va tez zaryad ketaveradi❗️
3-sabab
Wifi, joylashuv(локация), bluetooth(blutuz) va boshqalarni keraksiz paytda honiq qolishiga yoʻl qoʻymang
Chunki telefoningizda wifi yoniq paytda avtomatik yaqin atrofdagi wifi'larni aniqlab, oldin ulanganmi yoʻqmi tekshirib boraveradi.
Telefoningizda joylashuv(локация) ni keraksiz paytda yoniq qoldirmang chunki, qayerga borsangiz ham koordinatalarni aniqlab yuradi.
Telefoningizda bluetooth(blutuz) ni kerak boʻlmasa oʻchirib qoʻying.
Chunki u yoniqligida yaqin atrofdagi qurulmalar bluetoothini tekshirib yuradi.

Bular esa ortiqcha wuvvat talab etadi va telefon qiziy boshlaydi, zaryad kamayib boraveradi

4-sabab
Doimiy tarzda telefon yorugʻligi(яркост)ini eng yuqori darajaga qoʻyib yurish ham koʻp zaryad talab etadi. Shu bilan birga koʻzlaringiz uchun ham zararli ❗️
5-sabab
Juda uzoq vaqt (3-4-5-6.. soat) davomida yuqori grafikli oʻyinlarni oʻynashda ham juda koʻp zaryad talab etiladi. Yuqori grafikli oʻyinlarni iloji boricha kamroq oʻynag. Har yarim soatda telefonni dam oldiring❗️
@Texnologiyalar_TV
@Secretius
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum kanalimiz a'zolari😊 Men bugun sizlarga
hozirda telegramdan you tube dagi videolarni yuklaydigan pullik bo'layotgan bot @poisk_bot dan
tekinga yuklab olishni oʼrgatganman🤓
Videoda ishlatilgan botlar
@poisk_bot
@gozilla_bot
Unutmang Secretius doim oldinda🙃🙃🙃
Kanalimizga a'zo boling👇👇
@Secretius
Guruhimiz👇👇👇👇
@SecretiusGroup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum hurmatli kanalimiz a'zolari😊
Men sizlarga google accountga telefon raqamni ulashni orgataman😁
Kanalimiz @Secretius
Gruppamiz @SecretiusGroup
1998: Yahoo kompaniyasi Google ni 1 mln$ ga sotib olishdan bosh tortdi.

2002: Yahoo buni xatoligini sezdi va Google ni 3 mlrd$ ga sotib olmokchi buldi. Google 5 mlrd$ suradi. Yahoo "net kaneshna" dedi.

2008: Yahoo, Microsoft ga 40 mlrd$ ga sotilishni xoxlamadi.

2016: Yahoo 4.6 mlrd$ ga Verizon kompaniyasiga sotilishga majbur buldi.
Xozir: Google pochti 1 trln$ turadi.

Kissadan xissa: Kallani vaqtida ishlat.
🔐 @Secretius 🔐
Konsta - Yengilma tur
Konsta
Konsta oddiygina rep aytadi,
Lekin ajoyib, repdagi soʻzlar hozirgi kunga birmuncha toʻgʻri keladi.
Hayotga pozitiv qarash va olgʻa intilishga chorlaydi.
Ming marta oʻqigandan bir marta eshitgan yaxshi.
#tavsiya
#musiqa_zavqi
#vahimasizkarantin
🔐 @Secretius 🔐
Foydali botlar
Facebook dan video yuklovchi bot. Buni juda koʻpchilik soʻragan edi marxamat
@fbvideo_bot

Pechat bot. Rasmlarga pechat qoʻyib beruvchi bot
@SetWMBot

Random tarzda raqam beruvchi bot
Random.org kabi.
@Generatornumberbot

.Zip arxiv yaratish uchun bot
@ZiperRoBot

Url orqali yuklaydigan botlar eng zoʻrlari
@Uloadit_bot
@UploadsRobot

Koʻp funksyali botlar
@FunctionsRoBot
@GetmediaBot

❗️Unutmang❗️
@Secretius hamisha eng saralarini sizga taqdim etadi !!!
"Oʻgʻrilarga insof bersin" deyish befoydaku😸 oʻsha gap teshib chiqsin 😆😆
Gap egasini topdi☹️
Shaxsiy chegarasizlik

Koʻpchilikka yoqmaydigan, koʻpchilik oʻzidan itarishiga sabab boʻladigan odamlardan biri — shaxsiy chegarasi yoʻq kishilardir.

Ularning bolaligida oʻz istaklari, ehtijoylari, qiziqishlari, alohida buyumlari, xonasi, dars stoli, oʻyinchoqlari boʻlishiga imkon berishmagan. Hayoti ipidan-ignasigacha ota-onasi yo yaqinlari nazoratida boʻlgan.

Bunday odamning hech kim daxl qilolmaydigan chegarasi yoʻq. Tanasi-yu ruhiy olami oʻzinikimas. Qanday yashashi haqida boshqalar bemalol fikr yuritishiga yoʻl qoʻyadi.
Bu unga odatiy hol boʻlib qoladi.

Katta boʻlgach, boshqalarni boshqarish, hayotiga aralashishni oʻzining tabiiy haqi deb hisoblaydi. Notanish odamlarning qayerda, kim bilan, qanday yashashini muhokama qiladi. Uzoqroq tanishiga ham tap tortmay "Ozib ketibsan/semirib ketibsan" deb noqulay ahvolga soladi (Bunday gaplarni eng yaqin odamlargina aytishga haqi bor). Tashqi koʻrinishingiz borasida bemalol tanqid yogʻdiradi.

Shaxsiy hayotga oid savollar, maslahatlar beradi. Vaqtingiz, kuchingiz, xohishingiz bor-yoʻqligi bilan qiziqmasdan, qandaydir ishni qilishingizni soʻraydi. Rad javobini bersangiz manmanlikda ayblaydi.

Buyumlaringizni berib turishga majburlaydi. Oʻzingizni qanday tutish kerakligini oʻrgatadi. Akkauntingizda postingiz tagida eng yaqin odamlaringiz bilan hazillashsangiz, oʻzi uzoqroq tanish boʻlsayam hazillashib yozishga haqim bor ekan, deb oʻylaydi. Internetdagi istalgan odam bilan shaxsiy yozishmalar olib borsa boʻladi, deb hisoblaydi.

Oʻzidan kichiklarga nasihat qilishni burchi deb biladi. Ota-ona boʻlsa, farzandini qanday yashashi borasida 100% nazorat oʻrnatishga harakat qiladi, kim bilan turmush qurishi-yu qaysi kasbni tanlashi borasida mustaqil qaror chiqarishiga umuman yoʻl qoʻymaydi. Ota-onalik roli orqali kimdir ustidan hukmronlik qilayotgani uchun huzurlanadi.

Mana shunday xulq-atvori tufayli bu odam oʻz shaxsiy chegarasi bor, uni qoʻriqlaydigan boshqa odamlarga yoqmaydi. Qiziqarli, intellektual, qobilyatli, ijodkor boʻlgan koʻpgina kishilar bilan munosabatlar oʻrnatishga qiynaladi. Goʻzal shaxslararo munosabatlardan bebahra yashaydi.

Manba: @sarvinoz_omonova

P.s Shu ayol ichimdagini gapiradida)
🔐 @Secretius 🔐