Telegraph Uzbekistan
39.2K subscribers
816 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
Gram Walletdan biznes qiluvchi qalloblar.

Hozirda bilganingizdek Gram kriptovalyutasi test rejimida odamlarga tarqatilmoqda.
Aytib o'tganimdek ular proyekt aniq ishga tushgach ular qaytarib olinadi. Hozircha ular tekinga tarqatilmoqda, shunchaki sinash uchun.

Bundan habardor ba'zi uddaburonlar bundan ham foyda ko'rish yo'lini o'ylab topishibdi.
Gram kriptovalyutasidan to'liq habardor bo'lmagan, hozirgi kriptolar shunchaki testligini bilmagan odamlarga sotish ancha foyda keltirmoqda shekilli.
Eng qizig'i narxlarni ko'rib kulaverib yiqilib tushasiz)))

Quyida Qallobning qo'ygan narxlari:

Tекущие курсы GRAM:

1 GRAM = 2,33 $ (Американский доллар)

1 GRAM = 2,11 € (Евро)

1 GRAM = 149,61 ₽ (Российский рубль)

1 GRAM = 0,00027 ₿ (Биткоин)

Ajoyib odamlar bora?)))

Shuning uchun o'ylab ish qilingizlar. Tanishlaringizga bu xabarni yuboring! Bilib bilmasdan 1 tiynlik foydasiz test Gramlari uchun Pulingizni bekorga ketkazmang.

Hali Gramni sotib olish vaqti keladi. @TGraphUz kanalida albatta xabar beriladi!
@SindorbekUz yozdi!

#ton #gram #kripta #crypto #qalloblik #scam
🤑 Qanday qilib uchta maktab o‘quvchisi Telegram’ni millionlab dollarga tushurishdi.

Kecha men sizlarga aytganimdek arzonga obuna sotib olgan foydalanuvchilardan Telegram Premium olib tashlanishi haqida aytgan edim.

"Arzonni oshi tatimas" deganidek, biz bilgan ARZON usulni Moskva maktabida o'qiydigan 3 ta bola taklif qilishgani ma'lum bo'ldi.

😀 Jailbroken orqali iPhone'dagi zaiflik tufayli ular Premiumni boshqa odamlarga bepul berish imkonini topishgan. Shuning uchun ular bunday xizmatni siz-u bizga ARZON narxda taklif qilishdi va boshqa hech kimga bu sirni ochishmadi. Lekin ushbu narxlar TURK LIRASI orqali olish usuliga hisoblab körilganda, ulardan sal qimmatligi sababli, ularning "BEPULGA" olishi bizning hayolimizni chetlab o'tdi.

Bu bolakaylar bunday sxema orqali yuz minglab va hatto millionlab dollar ishlashga muvaffaq bo'lishdi.

⛔️ 29-oktabr kuni usulni kashf etganlardan biri Telegram jamoasiga hamma narsani aytib berdi va endi bu imkoniyat yopildi.

🤕 Barcha uchun afsusdaman, nafaqat sizlar, balki yaqin insonlarimga ham ushbu obunani olib bergan edim. Ushbu 3 ta bola bizga arzon usulni izlamaslik kerakligini yana bir marta eslatib qo'ydi.

Sxema haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda o'qishingiz mumkin.

Bu voqeaning ibratli tomoni shundaki - siz hamma narsani halol sotib olishingiz kerak... Keyinchalik bekor qilinmaslik uchun. 🫡

#qalloblik #premium
@TGraphUz | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107🥴43💩24😈15🤡9
‼️ Bu qishda eng muvaffaqiyatli Telegram firibgarligi.

Garchi firibgarlik g'oyasi yangi bo'lmasa-da, lekin xozirda omma orasida faol qo'llanilmoqda.

◼️ Nima bo'ladi:

1. Siz kontaktlaringizdan biridan (qalloblik qurboni bo'lgan) qandaydir tanlovda ovoz berish so'rovi bilan xabar oladi.

2. Ovoz berish havolasi fishing havolasidir. U yerda go‘yoki ovoz berishni tasdiqlash uchun Telegram orqali avtorizatsiyadan o‘tish kerak bo'ladi.

3. Ma'lumotlarni kiritgandan so'ng, akkauntingiz undan o'z maqsadlari uchun foydalanishni davom ettiradigan firibgarlarning qo'liga tushadi.

⚠️ Xozirgi kunlarda juda ehtiyot bo'ling va qalloblar qarmog'iga tushib qolmang!

Manba: Telegramer
#qalloblik #ogohlantiruv
@TGraphUz | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45👨‍💻13👎4🍾3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Akkauntingizni ehtiyot qiling!

- Xozirda ko'pchilikni "Telegram Premium" obunasini tekinga olib berish bahonasida odamlarni aldab, ularni akkauntiga kirib olishmoqda. Ular akkauntingizga kirishgandan so'ng, akkauntingiz SPAMERLIK quroliga aylanadi, yoki o'chirib tashlanadi.

😎 Siz esa ushbu videodagi narsalarni bajargan holda siz akkauntingiz xavfsizligini oshirasiz.

☝️ Qo'ygan Prolingizni ummuman esdan chiqarmang!
- Ushbu mavzudagi batafsil video -
https://youtu.be/D5owX5RxU1c

#telegram #qalloblik #akkaunt
@TGraphUz | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎242👍42🤣13😁5🆒5