Telegraph Uzbekistan
39.2K subscribers
816 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
🔐 Ikki bosqichli tekshiruv parolida yangilik

— Telegram Ikki bosqichli tekshiruv parolini elektron pochta biriktirilmagan holatda, aktiv seans yordamida (7kunda) tiklash imkonini taqidim etdi.

Bu holatda urinish amalga oshirilgach sizga Telegram tomonidan xabar yuboriladi va siz bu jarayonni to'xtatasiz yoki, 7 kun kutasiz. Batafsil rasmda👈🏻

eslatma: agarda siz xozirda 2 bosqichli parolni unutgan bo'lsangiz va e-mail biriktirmagan bo'lsangiz - parolni eslashingiz yoki akkauntingizni o'chirishingizdan boshqa imkoningiz yo'q.

💬 Kommentariyada bu masalani muhokama qilamiz!

#parol #xavfsizlik
💚 @TGraphUz | YouTube
⚡️ Pavel Durov WhatsApp'ni darhol o'chirishni tavsiya qildi.

- Pavel Durov kecha joylagan ingliz tilidagi postida xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlariga to‘liq kirishi mumkinligini aytdi. Bu o'tgan hafta WhatsApp'ning o'zi xabar qilgan zaiflik tufayli bo'lishi mumkin.

“Barcha xakerlar sizning ma'lumotlaringizga kirishlari uchun zararli video yuborish yoki WhatsApp video qo'ng'iroq qilishi yetarli." — deb yozadi Telegram yaratuvchisi.

Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi versiyaga yangilash foydalanuvchilarni himoya qila olmaydi. WhatsApp 2016 yildan 2020 yilgacha aynan huddi shunday muammolarga duch kelgan.

Telegram egasining qayd etishicha, hatto sayyoramizning eng boy odamlari ham WhatsApp’dan bosh tortadilar. Buni Jeff Bezos 2020-yilda messenjerning zaif tomonlari haqida bilib olganidan keyin amalga oshirgan.

"Men WhatsApp'ni ko'p yillar oldin o'chirib tashlaganman. Uni o'rnatish telefoningizga kirish uchun barcha eshiklarni ochadi" — deb davom etdi TG yaratuvchisi.

Pavel Durov Telegram’ga o‘tishga chaqirmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 700 million faol foydalanuvchi va 2 million kunlik ro‘yxatdan o‘tgan messenjer qo‘shimcha reklamaga muhtoj emas.

Muloqot uchun istalgan ilovani o‘rnatishingiz mumkin, biroq siz WhatsApp'dan uzoqroq turishingiz kerak – u 13 yil davomida kuzatuv vositasi bo‘lib kelgan, deya xulosa qiladi Durov.

🤔 Xo'sh, Pavel nohaqmi?

#pavel #fikr #xavfsizlik
@TGraphUz | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍾15637🐳30🍌21🤨19