Telegraph Uzbekistan
39.1K subscribers
816 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
🆘 Telegram yordam xizmatiga qanday murojaat qilish mumkin?

Menga beriladigan savollar orasida tez-tez messenjerni qo'llab-quvvatlash xizmatiga qanday murojaat qilish haqidagilari kuzatiladi.

Shuni tushunish kerakki, ayni paytda Telegram'da to'liq yordam xizmati mavjud emas, ammo qo'llab-quvvatlash (QQ) xizmatiga murojaat qilishning bir necha yo'li mavjud.

Ko'ngillilar QQ xizmatiga yozing.
Telegram'ning "Sozlamalar" bo'limiga o'ting va pastda "Savol berish" tugmachasini toping (iOS-da "Yordam"). Unga bosib, "Ko'ngillidan so'rash"ni tanlash orqali messenjer sizni ushbu chatga yo'naltiradi, unda O'zbekistondagi ko'ngilli vakillar sizga javob berishadi.

🧑‍💻 E'tibor bering, bu yerda Ko'ngillilar savollarga javob berishadi va afsuski, ulardan har doim ham o'z vaqtida javob ololmasligingiz yoki savolingiz ummuman javobsiz qolishi mumkin.

Twitterdagi Telegram jamoasiga yozing.
Ushbu ijtimoiy tarmoqda messenjerning akkaunti bor va ular u yerda ancha faol. Twitterda ro'yxatdan o'ting, muammoingizni yozing va @Telegram'ni belgilang. (VPN yoqishni esdan chiqarmang!)

Bundan tashqari Telegramda turli sohalarda aloqa tarmoqlari ham mavjud:

@spambot — taqiq yoki spam bo'yicha;
@notoscam — Scam/Firibgar belgisi bo'yicha;
recover@telegram.org — akkauntingiz o'chib ketsa.
abuse@telegram.org — shikoyat bo'yicha.
dmca@telegram.org — mualliflik huquini buzganilik shikoyati bo'yicha.
stopCA@telegram.org — bolalar zo'ravonligiga taqiq bo'yicha.

💬 Shunday postlar davom etishini xohlasangiz 👌🏻 bosing↓

#support #qqm #info
💚 @TGraphUz | YouTube
👌140🐳18💩11👍10🔥8