Telegraph Uzbekistan
39.2K subscribers
816 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
Telegram pullik obuna ustida ishlamoqda

- Pavel Durov rus tilidagi kanalida shu oyda reklamasiz obunani ishga tushirishga va'da berdi.

Shuningdek, telegram jamoasi kanal egalari uchun o‘z kanallarida reklamalarni o‘chirish varianti ustida ishlamoqda. Bu "ko'rinmas homiylik xabari" bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, agar kanal egasi reklama beruvchilardan ko'ra ko'proq to'lashga tayyor bo'lsa, reklamalar ko'rsatilmaydi.😅 (mazzami?)

Qisqa qilib aytganda: Telegram shu 8 yilda ketgan barcha xarajatlarini qisqa muddatda qoplamoqchi. Biz reklama ko'rishimiz, yoki pullik xizmatlardan foydalanishimiz - Telegramga "rahmat"imiz bo'ladi!

#malumot #monetizatsiya
💚 @TGraphUz | YouTube
👍1👎1
Guruh chatlarida reklama

Bir necha kun oldin Telegram reklamalari ingliz tilidagi katta guruh chatlari pastki qismida ko'rindi.

Xususan, bunday reklama BotList chatida kuzatilgan. Xozirda "homiylik xabari" allaqachon o'chirilgan va endi ko'rinmaydi.

Bu xato tufayli yoki yangi xususiyatlarning cheklangan sinovi bo'lishi mumkin.

Telegram Info muharrirlari kelajakda messenjer chat egalariga chatlarini monetizatsiya qilish uchun reklama joylashtirish imkonini berishini tahmin qilishmoqda.

manba #monetizatsiya
💚 @TGraphUz | YouTube
💩19👍18🤬7😢3👎1
💸 Telegramdagi premium hisob

– Telegram Info’da mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, messenjerning kelgusi yangilanishlarida eksklyuziv funksiyalarga ega pullik premium akkauntlar paydo bo‘ladi.

Avvalroq Pavel Durov kelajakda kengaytirilgan funksionallikka ega stikerlar paydo bo‘lishi haqida gapirgan edi. Balki bunday stikerlar Telegram’dagi birinchi pullik kontent bo‘lar.

Pulli funksiyalarning yakuniy ro‘yxati va messenjerdagi premium hisoblar haqidagi boshqa tafsilotlar noma’lum.

#monetizatsiya #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
👍31🤮20💩12🔥6😁2