Telegraph Uzbekistan
39.2K subscribers
816 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
⚡️ Telegramda qalloblik!

Xozirda odamlar tarqatayotgan g'alati invayt linklarni deyarli barcha ko'rishga ulgurdi menimcha.

⚠️ Bu o'yin mutlaqo yolg'on! Kartangizdan pul yechib olinishi mumkin.

Isbot:
• Saytdagi imlo xatolar;
• Izohlovchilar ism-familiyalari;
• Izohlar norealligi;
• Karta so'ralishi;
• va hokazolar...

Bunday oson beriluvchi sovg'alar bor barcha o'yinlar yolg'ondir. Hattoki telegram nomidan bo'lsa ham!
Ushbu postni yaqinlaringizga yuboring!

#holat #qalloblar
💚 @TGraphUz | YouTube
👍1
⚡️ Telegram kompyuterda va brauzerda SMS orqali avtorizatsiya qilishni taqiqladi

Telegram Desktop, Telegram MacOS va barcha rasmiy veb-versiyalar (Webogram, WebK, WebZ, React) avtorizatsiya qilish uchun kodni SMS orqali yuborishni to'xtatdi. Endi, agar foydalanuvchida boshqa faol seanslar mavjud bo'lmasa, tizimga kirish uchun faqat avtorizatsiya qilingan, allaqachon faol Internet-ulanishga ega mobil qurilmadan foydalanish kerak, chunki kodni faqat ilovada olish mumkin. SMS smartfon mijozlarida va norasmiy Telegram Desktop tuzilmalarida ishlashda davom etmoqda.

Ushbu o'zgartirishning maqsadi aniq emas, chunki u xavfsizlikni oshirmaydi: spamerlar boshqa mijozdan bemalol foydalanishlari mumkin. Telegram ishlab chiquvchilari ushbu holatga hech qanday izoh bermadilar, ammo bu o'zgarish abadiy qolishini bildirmoqdalar. Ammo bu o'zgarishning salbiy oqibatlari aniq: yaqinda avtorizatsiya qilingan qurilmalarsiz kirish uchun Internet yoqilgan telefon bo'lishi kerak, agar telefonda Telegram bo'lmasa, avval uni yuklab olishingiz kerak bo'ladi (agar sizning qurilma Telegramni qo'llab-quvvatlasa), so'ngra SMS orqali avtorizatsiyaga o'tib, va shundan keyingina kompyuterga kirish uchun kod olishingiz mumkin.

Shu bilan birga, 6 ta belgidan iborat avtorizatsiya kodlari test serveridagi ba'zi raqamlar uchun sinovdan o'tkaziladi. Eslatib o'tamiz, ayni paytda foydalanuvchilarga o'z akkauntiga kirish uchun besh xonali kodlar yuborilmoqda.

Ehtimol, ushbu ikkita voqea bir-biriga bog'liq emas, lekin avtorizatsiya paytida xavfsizlikni kuchaytirish tendentsiyasi mavjud.

*e'tibor bering: bu postda aynan sms nazarda tutilgan, telegramdan keluvchi xabar emas!

#holat #telegram #desktop
💚 @TGraphUz | YouTube
👍1
⚡️Telegram O'zbekistonda bloklanadimi?

2021-yil yanvar oyida ommaviy axborot vositalarida shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgarishlar kiritilishi to‘g‘risidagi xabarlar e’lon qilindi. Qonunga ko‘ra saytlar va boshqa tizimlar egalariga O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekistonda joylashgan serverlarda saqlash majburiyati yuklandi.
O‘zgarishlar aprel oyida kuchga kirishi haqida xabar berildi.

Diyorimizda iyul oyi va yurtimizda qonun shartlariga rioya qilishga rozi bo‘lmagan xizmatlarning ilk bloklanishi kuzatila boshlandi.
Telegram'chi?

Vaziyatni batafsilroq tushunishni, OAV yozmagan narsalarni bilib olish va O‘zbekistonda Telegram bloklanish yoki bloklanmasligini tushunishga harakat qilish uchun TeleUz tomonidan yozilgan maqolani o‘qishga taklif qilaman👇🏻

Maqolani o‘qish👈🏻

p.s: maqola O'zbekistondagi telegram vakili tomonidan yozilgan.
#holat #blokirovka
💚 @TGraphUz | YouTube
👍1