Telegraph Uzbekistan
39.5K subscribers
815 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
​​Birinchi Telegram Wallet hamyoni ochiq muhitda!

Telegramning TDLib tomonidan ishlangan norasmiy mijozida, hamyon ishga tushdi. U testnet test rejimida ishlaydi.
⁠⁠⁠
Siz bu imkoniyatdan hozirning o'zida foydalanishingiz mumkin, bu uchun:
1. Unigramni o'rnating(agar sizda Windows 10, yoki boshqa UWP qurilmasi bo'lsa) Microsoft Store internet do'konidan.
2. Sozlamalarga kiring.
3. Qidiruvga Wallet so'zini yozing.
4. Hamyon yarating (aynan hozir dasturda ayrim noqulayliklar kizatilishi mumkin, bunaqa paytlarda qaytadan urinib ko'rish yordam beradi).

Endi esa gram'larni @test_ton_bot dan hamyoningiz adresini jo'natib olishingiz mumkin.

Eslab qoling, bu shunchaki test rejim, sizdagi barcha gram'lar asosiy set ishga tushgach qaytarib olinadi.
Oling. Telegram Walletni sinab ko'ring!

#TON #crypto #desktop #unigram
Unigram 3.12 versyaga yangilandi.

Yangi funksiyalar:
— Chatlarni arxivlash.
— Yaqindagi chat va odamlar.
— Foydalanuvchilarni nomersiz kontaktga qo'shish.
— Telefon raqami shaxsiylik sozlamalari.
— Kanal/guruh muallifligini o'tkazish.
— Tekstni tagiga chizilgan va ustidan chizilgan qilib formatlash.
— Kanallarda "Discuss" funksiyasini qo'llab quvvatlash(kanalga guruh ulash).
— Sizga kimdir yozganda chiqadigan tugmachalar o'zgartirildi(hozigi "kontakga qo'shish" va "foydalanuvchini bloklash" tugmalari nazarda turilmoqda)

Bu shuni anglatadiki, tez kunda Android uchun Telegram X hozirgi telegram funksiyalariga yetib oladi.

#TDLib #unigram #telegramx
🖥 Unigram 7.1 versiyaga yangilandi.

Qidiruv filtrlari
• Xabarlarni turi, sanasi yoki manbaasi orqali yangi filter yordamida global qidiruv.
• Tablar yordamida o'zingiz yuborgan yoki qabul qilib olgan barcha media, linklar yoki fayllarni ko'rish.
• Sanaga nisbatan qidiruv (misol "Iyul 2015" yoki "Apr 4") yoki manbaaga nisabatan natijalar (foydalanuvchilar, guruhlar, kanallar, botlar).

Guruh Anonim adminlari
• Admin tayinlashda "Remain Anonymous"ni yoqib qo'yish orqali adminlarni foydalanuvchilar ro'yhatidan yashirish va ularning xabarlarini guruh nomidan yuborish.

Kanal izohlari
• Muhokama uchun guruhi mavjud kanallar postlarida izohlar tugmasi.
• Agarda siz kanal muhokama chatida mavjud bo'lmasangiz siz qoldirgan izohga javob tariqasida yuborilgan xabarlarni eslatuvchi maxsus xabarchi.

👉🏻Yuklab olish:
💻 Microsoft Store'dan

p.s: Unigram Windows 10 operatsion sistemali kompyuterlar qo'llab-quvvatlovchi mijoz.

#unigram #desktop
💚 @TGraphUz | YouTube