️Secretius
10.2K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Android 12 o'yinlarni yuklab olayotgan vaqtda oʻynash imkoniyatiga ega boʻladi.

Yuklab olayotganda o'ynash xususiyati oʻyin boshlanishini yarmiga qadar tezlashtiradi. Ba'zi hollarda dasturning atigi 18 foizini yuklab olganda o'ynashni boshlashingiz mumkin - bu APK-dan yangi AAB formatiga o'tish orqali amalga oshirildi.

Bu qanday boʻladi?
Avval eng kerakli resurslar yuklab olinadi, keyinchalik oʻyin davomida boshqalari fon rejimida yuklab olinadi.


Boshqa android versiyalarda ham bu imkoniyat paydo boʻlishi mumkinmi?

APK formatdan AAB formatga oʻtish shu imkoniyatni ochib bergan boʻlsa, demak, boshqalarda ham boʻlishi mumkin, lekin bunga vaqt kerak.

Maʼlumot uchun
"Yangi" AAB format ilova va oʻyinlarning hajmi kamayishiga, tezroq va oson oʻrnatilishiga imkon beradi. 2018-yil Google bu format ustida jiddiy ishlagan, lekin tadbiq qilinmagan.

#apk #aab #google

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Android 12'dagi ajoyib funksiya

Android 12 ha demay ommaviy ravishda tarqatilish ehtimoli bor. Beta 4-bosqich ham muvaffaqiyatli boʻldi va hozircha hech qanday xatoliklar yoʻq. Men hozir bu haqda emas, unga Google tomonidan qoʻshilgan "Camera switch" funksiyasi haqida maʼlumot bermoqchiman.

Funksiya Smartkoʻzoynaklardagi vazifani qisman bajaradi. Tizim sizning yuz imo-ishoralaringizga qarab biror vazifani bajarishga kirishadi. Albatta buni oʻz sozlamasi bor. Masalan tabassum qilib tursangiz Kameraga kirishni, ogʻzingizni ochsangiz bosh menyuga qaytishni yoki boʻlmasa koʻz soqqasini chapga/oʻngga qaratganda ekranni ham mos ravishda chapga/oʻngga surishni sozlash mumkin.

Bu funksiya faqatgina Android 12 versiyaga ega smartfonlarda mavjud. Sizda shunday boʻlsa uni Sozlamalar>Maxsus imkoniyatlar boʻlimidan topishingiz mumkin.

Qolgan maʼlumot rasmlarda👇
#android #google

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Android.
Google Play Market yangilanishi

Dastur yangilanishini tekshirish uchun hozir sozlamalarga oʻtib versiya ustiga bosish kerak.
Hozirda yangicha yangilash usuli paydo boʻlgan.

Android 10dan boshlab, dastur yangilanishini tekshirishning yangicha usuli paydo boʻlgan.(Rasmdagidek)

Keyinchalik Android 6dan boshlab hammaga taqdim etiladi.

P.s Siz uchun Play Market yangilanishi qanchalik muhim?

#update #google

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Tez orada Google Play do'konida yangi "Takliflar/Offers/Предложения" bo'limi paydo bo'ladi, unda oʻyin, ilova, kitob va filmlarning aksiya va chegirmalari koʻrsatiladi.

To'rt turdagi takliflar mavjud:
• Ilovalar va o‘yin ichidagi narsalarga vaqtinchalik chegirmalar
• Aksiyalar: bepul yetkazib berish, sayohatlar va boshqalar
Kino va kitob savdosi
• Sinovlar: Bepul sinov yoki demoga ega ilovalar va oʻyinlar

Bo'lim Google Play-ga asta-sekin qo'shilmoqda. Kelgusi haftalarda u AQSh, Hindiston va Indoneziyadagi foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi. Vaqti bilan boshqalarga ham keladi.

#google
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Play Marketdan oʻyin/ilova yuklab boʻlmay qolganda

Ko'pincha Play Marketda turli xil muammolar paydo bo'ladi. Koʻpincha ish beruvchi yoʻl:

1. Android sozlamalarini oching va "Ilovalar" bo'limiga o'ting.

2. Ochilgan ro'yxatda "Google Play Store" - "Xotira" ni toping va keshni tozalang.

3. Ekran burchagidagi 3 nuqtani bosing va "Yangilanishlarni o'chirish" variantini tanlang.

4. Telefonni oʻchirib yoqing.

#lifehack #google
Googleda qiziqarli qidiruv natijalari

🔃 Do a barrel roll - qidiruv paneli 360°ga aylanadi;

👻 Pacman - oʻz vaqtida mashxur oʻyinni oʻynash mumkin;

↗️ Askew - yon tomonga biroz qiyshaygan koʻrinish oladi.

Oʻz vaqtida bunday "Pasxa tuxumlari" juda koʻp boʻlgan. Qolganlarini mana bu saytdan koʻrishingiz mumkin:
🔹 Elgoog.im

#google #site

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Kerakli faylni oson topish

Googledan biron fayl qidirganda soxta sayt va yuklab olish tugmalari koʻp uchraydi. Bunda bir layfhak ishlatish mumkin:

Qidiruvga "filetype: "kerakli fayl formati" va "fayl nomi" yozilishi kerak.

Masalan: filetype:pdf 1984

Shunda bizga kerakli havolalar kelib chiqadi.

#google

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Androidda telefon suhbatini qanday yozib olish mumkin?

Google yangi cheklovlariga qaramay, Androidda telefon suhbatini yozib olish hali ham mumkin. Google Pixel, Xiaomi, Vivo va boshqalarda o'rnatilgan/oʻzida boʻlgan(ROM - proshivka) qo'ng'iroqlarni yozib olish ilovalari ishlamoqda.

Androidda telefon suhbatini yozib olish uchun sizga kerak:

1️⃣ Smartfoningizga Phone by Google ilovasini yuklab oling va uni oching.
2️⃣ Qoʻngʻiroq qiluvchi ilovani oʻzgartirish soʻralganda “Birlamchi” qiling.
3️⃣ Biror abonent raqamini tering, javobini kuting.
4️⃣ Keyin yozib olish tugmasini bosing (ovoz yozuvchi belgi), suhbat tugagach, To'xtatish tugmasini bosing.
5️⃣ Shundan so'ng, Telefon ilovasiga o'ting, Recent(Oxirgilar/последние) yorlig'ini oching, kerakli abonentni tanlang va kerakli qo'ng'iroqni toping. Yozib olingan qoʻngʻiroq oʻsha yerda.

Ushbu usulning ba'zi cheklovlari bor, asosiylari:

• Agar qo'ng'iroq kutishda bo'lsa yoki siz konferentsiya qo'ng'irog'ida bo'lsangiz, yozib bo'lmaydi.
• Androidda qo'ng'iroqlarni avtomatik yozib olishni sozlay olmaysiz.
• Suhbat yozib olinayotganini suhbatdosh bilib oladi.
Va eng asosiysi barcha smartfonlar ham bu funksiyani qo‘llab-quvvatlamaydi, siz hamma narsani qo‘lda tekshirishingiz kerak.

#qoʻngʻiroq #google #yozib_olish

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Google toʻsatdan Android 13ning yakuniy versiyasini chiqardi.

U allaqachon Pixel smartfonlarida bor, yil oxirigacha Xiaomi, OnePlus, Samsung, Vivo va boshqa smartfonlarda mavjud boʻladi.

Sentyabr oyida kutilayotgan Android 13 versiyasini Google kechagina ajoyib syurpriz qilib taqdim etdi.

Hozirda Android 13 quyidagi smartfonlar uchun mavjud:

• Pixel 4;
• Pixel 4 XL;
• Pixel 4a;
• Pixel 4a (5G);
• Pixel 5;
• Pixel 5a;
• Pixel 6;
• Pixel 6 Pro;
• Pixel 6a.

Shu yilning oxirigacha Android 13 Asus, iQOO, Motorola, OnePlus, Oppo, Realme, Samsung, Sharp, Sony, Tecno, Vivo va Xiaomi uchun chiqariladi.

Afsuski, Google aniq model nomlarini koʻrsatib oʻtmadi, lekin ular Android ochiq beta sinov dasturida ishtirok etgan va flagman smartfonlar boʻlishi aniq.

Tegishli post:
https://t.me/Secretius/5090

#android #google

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Android 13 ustini qora simlar qopladi...

Oldinroq xabar berganimday, Android 13 birdan paydo boʻldi. Hech qancha vaqt oʻtmasdan Google Pixel 6 smartfoni "gʻisht"ga aylandi. Chunki Android 13ga yangilangan smartfon 12-versiyaga qayta olmaydi, OT buni bloklaydi. Buni "aylanib" oʻtish hali topilmagan.

Eng yomoni hali oldinda, Hadoken nomli xakerlar guruhi bu versiya uchun maxsus virus ishlab chiqishgan. Virus oʻzini "oppoq" koʻrsatib, keyinchalik "qora" doʻstini bazmga chaqiradi.

Hozircha Google bu holatga javob bermadi.

#android #google #hack

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
YouTube haqorat va spam sharh(komment) yozganlarni 24soatga cheklaydi

YouTube spam va haqoratlarga qarshi siyosatini yangiladi: xizmat bunday turdagi izoh qoldirgan foydalanuvchilarning sahifalarini vaqtincha bloklaydi.

YouTube hamjamiyat tartib-qoidalarini birinchi marta buzganlik uchun foydalanuvchiga ogohlantirish yuboradi. Agar foydalanuvchi haqoratomuz yoki spam xabarlarni qoldirishda davom etsa, uning profili bloklanadi, u 24 soat davomida sharh qoldirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Googlening fikricha, bunday choralar haqoratomuz xabarning qayta yozilishi ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Hozircha tizim faqat ingliz tilidagi sharhlar bilan ishlaydi, biroq keyingi bir necha oy ichida boshqa tillarda ham boʻladi.

#youtube #google
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
YouTube Fevral oyidan Shortslarni monetizatsiya qilishni boshlaydi

1-fevraldan boshlab YouTube platformasidagi Shorts videolari mualliflari o‘zlari yaratgan kontentdan monetizatsiya qilib, hamkorlik dasturida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

#youtube #google
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Android 14'da ilovalarning eski versiyasini oʻrnatib boʻlmasmish!?

Operatsion tizimning yangi versiyasi eskirgan ilovalarni o'rnatishni butunlay bloklaydi. Kompaniya ma`lumotlariga ko'ra, bu zararli dasturlarning tarqalishini oldini olish uchun qilinmoqda.

Android ko'proq yopiq operatsion tizimga aylanmoqda. Eskirgan dasturni hatto APK orqali ham o'rnatish imkonsiz bo'ladi.

💬Sizning bunga fikringiz qanday?

Tegishli:
Android 14 haqida qisqacha
Android 13

#google #android

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Samsung Galaxy S23 Ultra, iPhone 14 Pro Max va Google Pixel 7 Pro batareya quvvatlari solishtirildi:

• iPhone 14 Pro Max - 13 soat 7 daqiqa;
• Samsung Galaxy S23 Ultra - 12 soat 22 daqiqa;
Google Pixel 7 Pro - 8 soat 5 daqiqa.

#apple #google #samsung

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
📱 Google Android versiyalari bo'yicha so'nggi statistik ma'lumotlarni e'lon qildi

Androidning eng mashhur 10 ta versiyasi:
Android 13 (T) - 14,7%
Android 12(S) - 16,3%
Android 11 (R) - 23,1%
Android 10 (Q) - 17,8%
Android 9 (Pie) - 11,9%
Android 8(Oreo) - 8,3%
Android 7 (Nougat) - 3,0%
Android 6 (Marshmallow) - 2,3%
Android 5 (Lollipop) - 1,8%
Android 4.4 (KitKat) - 0,5%

Tegishli: https://t.me/Secretius/4081

💭Sizda qaysi versiya?

#android #google

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
YouTubening oʻzida qoʻshiq nomini topish mumkin boʻladi.

Dastur (Shazamga o'xshash) qo'shiqni taniy olishi uchun kamida 3 soniya davomida qo'shiqni hirgoyi qilish kerak. Funksiya sinovda.

Bu funksiya oldin qidiruv tizimida(Google.uz) boʻlgan, lekin farqli ravishda, unda 10-15 soniya hirgoyi qilish kerak edi.

Applening Shazamni sotib olgani uchun munosib javob).

#google #music #matn #youtube #apple
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Silikon vodiysidagi oylik qancha: Google va Meta ishchilariga Apple, Amazon va Microsoftdan ko'ra ko'proq haq to'laydi.

Blind platformsi malumotlariga koʻra ish haqi mana shunchadan yiliga:

Google - 184 000 dollar
• Meta - 179 000 dollar
• Amazon - 159 000 dollar
• Apple — 142 000 dollar
• Microsoft - 141 000 dollar

#google #meta #apple #amazon #microsoft
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
📱Kuz boshida Apple va Google taqdimoti

Apple iPhone 15, yangi Apple Watch kabi zamonaviy gadjetlarini 12-sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 22:00da, Google esa Pixel 8, aqlli soat Google Pixel Watch 2 va boshqa mahsulotlarini 4-oktyabr 19:00da taqdim qilishni boshlaydi.

💬 Har doimgidek koʻp narsa kutmanglar 😂

#google #apple
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Googledan aksiya

Google Driveda 2Tb xotirani 6oyga sinov versiyada bepulga olish.

Imkoniyatlari: Google Photos dasturida koʻp funksiyalar ochiladi.

Google hisobiga Visa karta ulangan boʻlishi kerak.

Link: 6oylik bepul 2Tb

#google


@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Youtube endi video pauza qilinganda reklamalarni ko'rsatadi.

Sinov bir necha oy oldin boshlangan edi, hozir koʻpchilik buni guvohi boʻlishi mumkin(edi, agar bizda monetizatsiya yoniq boʻlganda).

💭Oʻngga qarasang ham, chapga qarasang ham reklama boʻlyapti...

#youtube #google
🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.