️Secretius
10.1K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
POCO F3
Redmi K40 faqat boshqa logotip bilan

POCO F3 Redmi K40ning xalqaro versiyasiga aylanishi haqidagi mish-mishlar tasdiqlanganga o'xshaydi, chunki gadjet renderlarda bir xil ko'rinishga ega.

Faqatgina farq - bu orqadagi Redmi harflari o'rniga POCO logotipi. Agar bu haqiqatan ham Redmi K40 boshqa nom ostida bo'lsa xususiyatlari quyidagiday: 6,67 dyuymli, yangilash tezligi 120 Hz boʻlgan AMOLED displey, Snapdragon 870 protsessori, selfi kamera 20 MP, uchta asosiy kamera (48 MP + 8 MP + 5 MP), IP53, NFC va 4520 mA/s quvvatga ega 33W tez quvvat oluvchi akkumulyator.

Mish-mishlarga ko'ra, smartfon hind bozori uchun boshqa nomga ega bo'ladi - Mi 11X. Rasmiy taqdimot qachon bo'lib o'tishi hozircha noma'lum.
Albatta narxi ham maʼlum emas🙃.

#poco #xitoy

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
POCO X3 quvvat olayotganda yonib ketdi

Aeroportda oʻz-oʻzidan yonishi tufayli yirik Xitoy brendidagi smartfonlarning butun partiyasi yoʻq boʻldi va bugun Twitter-da zaryad olayotgan paytda yonib ketgan POCO X3 paydo boʻldi.

Suratlarda yongʻin paytida shishgan batareya smartfonni ichkaridan "yorib" eritganini koʻrish mumkin.

Egasining aytishicha, qurilma 2020-yil sotib olingan. POCO vakillari "yong'in sababi tashqi kuchlanishdan" deyishgan, toʻgʻri qaror qabul qilish uchun qurilma egasi bilan bogʻlanishga va'da berishdi va oʻz mahsulotlarining qattiq sifat sinovlarini eslatdilar.

P.s Nima deysiz, hey doʻstim😁

#poco #xitoy

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
POCO M3 Pro

Redmi Note 10 5G rebrend varianti 😁. Ikkisining oʻrtasida biroz farq bor: POCO M3 Pro kameralar ostida katta POCO yozuvi bor😅.

3ta kamera: 48 MP asosiy va ikkita 2 MP qo'shimcha, old kamera 8 MP. Yana, 1080×2400 o'lchamdagi va yangilanish tezligi 90 Gts bo'lgan 6,5 dyumli displey, MediaTek Dimensions 700 protsessori, Type-C porti orqali 22,5 Vt tez quvvat oladigan 5000 mA/soat quvvatga ega akkumulyatorga ham ega. Yon tomonida barmoq izi skaneri.

Smartfon taqdimoti 19-may kuni boʻlib oʻtadi🙂.

#poco #xitoy #xiaomi #subbrend

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.