️Secretius
9.5K subscribers
715 photos
431 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Bu video biror kino yoki serialdan olinmagan. Nyu-York (va Amerikaning yarmi) Kanada oʻrmonlaridagi yongʻin tufayli tutun bilan qoplangan. Endi maxsus effektlarsiz "Blade runner 2099" filmini olsa boʻladi😅.

Undan tashqari shaharda Diablo IV oʻyini reklama plakatlari atrof muhitga mos boʻlib turibdi(Yozuv: Jahannamga xush kelibsan, Nyu-York).

#newyork #tabiat #ekologiya
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dangasaligim haqida qisqacha...

#kayfiyat

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Ertalab, uyquga toʻyib uxlamagan boʻlganingda...

#kayfiyat #mem
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
📱 Google Android versiyalari bo'yicha so'nggi statistik ma'lumotlarni e'lon qildi

Androidning eng mashhur 10 ta versiyasi:
Android 13 (T) - 14,7%
Android 12(S) - 16,3%
Android 11 (R) - 23,1%
Android 10 (Q) - 17,8%
Android 9 (Pie) - 11,9%
Android 8(Oreo) - 8,3%
Android 7 (Nougat) - 3,0%
Android 6 (Marshmallow) - 2,3%
Android 5 (Lollipop) - 1,8%
Android 4.4 (KitKat) - 0,5%

Tegishli: https://t.me/Secretius/4081

💭Sizda qaysi versiya?

#android #google

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
ФСБ yaʼni RFFXXi Telegram, Signal va WhatsApp foydalanuvchilari kimlar bilan yozishganini aniqlovchi texnologiyaga ega

Razvedka xizmatlari kim kim bilan, qayerda va qachon muloqot qilayotganini aniqlay oladi, lekin xabarlarni o‘zi o‘qimaydi. Bu haqda shu texnologiyani yetkazib beruvchilar The New York Times gazetasiga xabar bergan.

▪️Eng xavfli texnologiya, NYT ma'lumotlariga ko'ra, Citadelga tegishli MFI Soft tomonidan ixtiro qilingan NetBeholder dasturi. U WhatsApp, Signal yoki Telegram messenjerlarining shifrlangan trafigi qayerga yuborilganligini kuzatish imkoniyatiga ega. Masalan, dastur kim bilan qachon va qayerda gaplashayotganini aniqlashi, shuningdek xabarga fayl biriktirilganligini aniqlashi mumkin. Ilgari, bu ma'lumotni faqat dastur egalaridan olish mumkin edi.

▪️NetBeholder’ning xususiyatlaridan yana odamning bir nechta telefonlardan foydalanishini aniqlash, kontaktlar orqali xarita tuzish, qaysi telefonlar qachon bir joyda boʻlganligi, foydalanuvchi Rossiyaning qaysi hududidanligi yoki chet elligini aniqlashi mumkin.

▪️Signal, Telegram va WhatsApp bunday kuzatuvlardan kam himoyalangan va shifrlash ma'lum xabarlarni almashishni yashirishi mumkin, ammo u almashinuv haqidagi "iz"ni bloklay olmaydi. Buni kompaniyalarning o'zlari tan olishadi. "Signal dasturdan foydalanishni sizning provayderingizdan yashira olmaydi", - dedi Meredit Uittaker, Signal Foundation prezidenti.

Telegram vakili trafikni niqoblash uchun hech narsa qilib bo‘lmasligini tan oldi. WhatsApp kuzatuv vositalari “butun dunyo bo‘ylab odamlarning shaxsiy hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishi” va kompaniya shaxsiy suhbatlarni himoya qilishda davom etishini aytdi.

▪️Bunday vositalar allaqachon Rossiya tashqarisida ham tarqalgan. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo, shuningdek, Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Amerikada sotishni maqsad qilgan.

⚠️ Bunday holatda ishonchli VPN vositalari orqaligina yana ham himoyalnish mumkin:
Android
iOS

Tegishli postlar:
https://t.me/Secretius/5021
https://t.me/Secretius/4777
https://t.me/Secretius/4662

💭Sizning fikringiz qanday? Shaxsiy maʼlumotlarimizni yana qanday qilib himoyalash mumkin?
Bugun koʻpchilik:
Ha onaginayni, yana shu yerdamiz.

Batafsil: Threads.net
#meta #threads #twitter

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Oʻlik ijtimoiy tarmoqlar

Esingizda boʻlsa Clubhouse degan ijtimoiy tarmoq bor edi. Avval iOS uchun dastur chiqarib ancha vaqtdan keyin android uchun chiqargan. Ungacha undagi funksiyalar Telegramda paydo boʻlgan edi(videoqoʻngʻiroq, videokonferensiya).

Threads esa shunchaki Twitterning ukasiga aylandi, tezda mashhur boʻldi va balkim uni ham boshiga Clubhouse taqdiri bitilgandir.

Nega? Sabablar talay:
1. Internetda Threads'dan oldin ijtimoiy tarmoq yetarli edi. Threads esa moshgoʻjaga qatiq.

2. Juda ham koʻp maʼlumot yigʻishi(pastdagi rasmga qarang)

3. Threads'dagi funksiyalar yangi emas.

4. Instagram orqaligina shunchlik tez foydalanuvchiga ega boʻldi(1 hafta ichida ~100mln).

#instagram #twitter

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ovoz orqali "aroq ichish"?

Qozog‘istonliklar Yekaterinburgdagi INNOPROM ko‘rgazmasida virtual alkogol mahsulotlarini namoyish etishdi.

Eshitish vositalariga maxsus ovoz chiqariladi, 6-20 soniya o'tirish kifoya qiladi va siz mast bo'lasiz. "Spirtli ichimliklar" asab tizimiga taʼsir koʻrsatishidan mastlik chaqiradi.

#spirt
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Ilova xavfsizligini qanday aniqlash mumkin

Apple, Google, Amazon va Microsoft do'konlari xavfsizlikka jiddiy yondashsa-da, zararli ilovalar hali ham o'z do'konlariga kirib boradi. Ularni qanday tanib olish mumkinligini hozir tushuntiraman 👇

Sharhlarni o'qing

Bot emas, balki inson tomonidan yozilgan uzun sharhlarni qidiring. Ilovadagi muammolarni tavsiflovchi salbiy sharhlarni diqqat bilan o'qing. Lekin har doim ham ishonmang, chunki u muammo maʼlum bir qurilmalar uchungina boʻlishi mumkin(versiyasi eski, dasturiy taʼminot muammosi bor).

Ishlab chiquvchi(dasturchi) kim?

Agar ishlab chiquvchi allaqachon ilovalarini chiqargan bo'lsa va ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lsa → ilova ishonchli. Als holatda ham ilova xavfli degani emas, vaziyatga qarab baho bering.

Qanday ruxsatlar kerakligini tekshiring

Agar dasturiy ta'minot shaxsiy ma'lumotlarni so'rasa: joylashuv yoki kontaktlar ro'yxati, buning uchun asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

#lifehack #ilova


@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Telegramdan kutilgan yangilik

Telegramda ham hikoyalar(Stories/ Истории) funksiyasi paydo boʻldi. Har doimgidek Premium obunasi borlar uchun koʻproq funksiyalarga ega.

Hozircha beta sinovda

Android uchun yuklab olish

#telegram #stories


@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
️Secretius
​Oʻlik ijtimoiy tarmoqlar Esingizda boʻlsa Clubhouse degan ijtimoiy tarmoq bor edi. Avval iOS uchun dastur chiqarib ancha vaqtdan keyin android uchun chiqargan. Ungacha undagi funksiyalar Telegramda paydo boʻlgan edi(videoqoʻngʻiroq, videokonferensiya).…
Kutilganidek, 7-iyul kuni portlab chiqqan, koʻp foydalanuvchi yiqqan tarmoq, 1haftadan keyin "hech kim"ga keraksiz boʻlib bormoqda.

#mark #instagram #threads
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.