️Secretius
9.51K subscribers
730 photos
433 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Fakt-checking

Nomidan ham bilinib turibdi, faktlarni tekshirish jarayoni. Hozir qanday davrda yashayotganimizni hamma biladi: kuniga minglab turli xil mavzudagi xabarlar bizni boʻynimizgacha botirib tashlaydi. Ularning rostdan ham haqiqat ekanligini bilish uchun fakt-checking qilish kerak. Chunki biz odammiz, oldimizga qoʻyilgan narsani "yeb" ketavermay, uning yeyishga yaroqli ekanligini bilishimiz kerak.

Men youtubedagi trafikni bekorga sarflaydigan "shok xabarlar" haqida aytmayapman, ularning 99 foizi yolgʻon va boʻhtondan iboratligi/prosmotr yigʻish uchun qilinishini hamma biladi deb oʻylayman.

Fakt-checking qanday qilinadi?

Bu jarayonni men skeptikaga oʻxshataman. Bu degani deyarli har qanday (chunki baʼzi oʻzgarnas haqiqatlar bor) maʼlumotga shubha bilan qarab toʻgʻriligini tekshirish.

Masalan: oldingi postlardan birida tarsaki haqida fakt bor edi. Bu tasdiqlangan fakt, agar sizga yengilgina shapaloq urilsa, oʻzingizni biroz tetik his qilasiz, albatta bu yuzdagi nervlarga zarar yetkazmaydigan darajada boʻlishi kerak.

Fakt-checking qilish uchun bir qancha servislar:
🔹Snopes.com
🔹 Fact check (Google)
🔹 Factcheck.org
🔹 Politifact.com
🔹 Fullfact.org
🔹Factcheckni.org
🔹 Washington post fact check
🔹ProPublica
🔹Mediamatters
🔹TruthorFiction
🔹Poynter

💬Siz "faktlarni" tekshirib turasizmi?

#teoreya #site

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍7👎2