️Secretius
8.72K subscribers
751 photos
441 videos
150 files
1.96K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Forwarded from Beeline | NEWS
Уважаемые клиенты! В связи со сбоем программного обеспечения оборудования у части наших клиентов наблюдались ограничения в работе мобильного интернета. В настоящее время сеть работает в штатном режиме. За причиненные неудобства всем клиентам Beeline будут начислены 500 Мб. Благодарим за понимание!

***

Hurmatli mijozlar! Uskunalardagi dasturiy ta'minotda yuzaga kelgan nosozlik tufayli ba'zi mijozlarimiz mobil Internetning ishlashida cheklovlarga duch kelishdi. Tarmoq hozirda oddiy tizimda ishlamoqda. “Beeline”ning barcha mijozlariga yetkazilgan noqulayliklar uchun 500 MB taqdim etiladi. Tushunganingiz uchun tashakkur!
👍8👎4🔥1
Adobe kompaniyasining barcha mashxur dasturlarini butun umrlik litsenziyaga ega holda yuklab oling.
Shu kabi dasturlarni koʻp soʻrashgani uchun tuzilgan bot.

🤖@AdobeDownBot

#bot #foydali #dastur

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍3😱3🎉3
Parvoz rejimi nima uchun kerak?

1️⃣ Uzoqroq ishlash
Stabil bo'lmagan mobil tarmoq batareyaning tez tugashiga sababchi boʻladi. Gadjetning tarmoqni topish va qayta ulanishga bo'lgan tinimsiz urinishi. Metro yoki yer osti o'tish joyida, batareyani isrof qilmaslik uchun gadjetni "parvoz" rejimiga qo'ying.

2️⃣ Tez quvvatlash
Bundan tashqari, “samolyot” rejimi nafaqat smartfon batareyasining ishlash muddatini uzaytirishi, balki tezroq quvvat olish imkonini ham beradi. Agar shoshayotgan bo‘lsangiz va telefoningiz sekin quvvat olayotgan bo‘lsa, samolyot rejimini yoqing. Mobil tarmoq, Wi-Fi, Bluetooth va GPS qurilmalarda o'chirilgandan so'ng, uni zaryadlash avvalgidan ancha tezroq ketadi.

3️⃣ "Mutlaq sukunat"
Har bir telefonda xuddi "samolyotda" kabi "bezovta qilinmasin" rejimi mavjud. Lekin Parvoz rejimi ishonchliroq.

4️⃣ Internetni sozlash
Internet yaxshi ishlamasa Parvoz rejimini yoqib oʻchirsangiz avvalgidan yaxshiroq ishlashi mumkin (Humansga aloqasi yoʻq)

5️⃣ Siz xabarni o'qishingiz kerak, lekin jo'natuvchi bu haqda bilmasligi uchun:
1. Parvoz rejimini yoqing
2. Kerakli xabarni oching va o'qing.
3. Ilovani yoping
4. OK. Siz xabarni oʻqidingiz, lekin oʻqilmaganday turibdi😁

#foydali #kerakli
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍23🤩1
Tez orada Google Play do'konida yangi "Takliflar/Offers/Предложения" bo'limi paydo bo'ladi, unda oʻyin, ilova, kitob va filmlarning aksiya va chegirmalari koʻrsatiladi.

To'rt turdagi takliflar mavjud:
• Ilovalar va o‘yin ichidagi narsalarga vaqtinchalik chegirmalar
• Aksiyalar: bepul yetkazib berish, sayohatlar va boshqalar
Kino va kitob savdosi
• Sinovlar: Bepul sinov yoki demoga ega ilovalar va oʻyinlar

Bo'lim Google Play-ga asta-sekin qo'shilmoqda. Kelgusi haftalarda u AQSh, Hindiston va Indoneziyadagi foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi. Vaqti bilan boshqalarga ham keladi.

#google
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍10🔥4
Umidgi Bison GT2 smartfoni Xitoyda fevral oyidan sotuvda

📱6.5dyum, Full HD+, 90Hz
📷24Mp selfi, 64/8/5Mp orqa kamera
💾128/256Gb ROM(Flesh 512Gb)
💽8Gb RAM
💿 MediaTek Helio G95/Dimensity 900 5G
⚙️ Android 11(12)
🔋6150mA/soat, 18Vt

🛡️IP68 va IP69K himoya
🛠️NFC, yon barmoq izi, infraqizil termometr

💸Narxlar:
Umidgi Bison GT2 (128Gb) - 240$
Bison GT2 Pro(256Gb) - 270$
Bison GT2 5G - 300$
Bison GT2 Pro 5G - 340$

#umidgi
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍10🔥4👎2
Telegramda matnlarni tarjima qilish, dastur tilini oʻzgartirish va tarjimaga yordam berish

Oxirgi yangilanishlardan birida Telegramda matnni tarjima qilish funksiyasi qoʻshildi. Funksiyani yoqish uchun:
🇺🇿 Sozlamalar -> Tillar -> Tarjima tugmasini koʻrsatish(yoqis)
🇷🇺 Настройки -> Языки -> Показать кнопку перевода (вкл.)
🇬🇧 Settings -> Languages ​​-> Show translation button (on)

Telegramda biz hohlagan hamma tillar ham bor emas. Mana bu kanalda koʻpchiligi mavjud👇
@translatetg

Telegramni oʻz tilingizga tarjima qilishda yordam bermoqchimisiz?
Unda mana bu saytga kiring👇
translations.telegram.org

#telegram
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍11🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕶️Cinera Edge - koʻzoynakda joylashgan IMAX formatdagi kinoteatr.

🎬2.5K formatli ikki micro-OLED displey sizga deyarli 5K formatda film tomosha qilishingizga imkon beradi. Kamiga Dolby Digital quloqchinlari ham bor.

Narxlari:
standard komplekti 449$,
Pro versiyasi 549$.

#koʻzoynak

Obuna boʻling😉👉 Bio.link/Secretius
🔥4
Smartfon sekinlasha boshlasa nima qilishim kerak?

Buning sababi har doim ham uning noto'g'ri ishlashi emas, ba'zida buning sababi smartfonni noto'g'ri ishlatishdir.

Smartfoningizni tezlashtirish bo'yicha maslahatlar:

1️⃣ Muammoni aniqlang
Qoʻldan tushib ketishi, suvga "boʻkishi" kabi holatlardan soʻng, texnik tomondan yordam kerak boʻladi.

2️⃣ Joy bo'shating
Keraksiz va zararli ilovalardan, fayl va boshqalardan tozalab turish kerak.


3️⃣ Vidjetlarni qisqartiring
Vidjetlar foydali bo‘lishi mumkin, lekin ular ham baʼzida ogʻirlik qiladi. Hammasini oʻchiring demayapman, juda ham keraklisi qolsa boʻldi

4️⃣ Animatsiyalarni tezlashtiring
Animatsiya vaqtini qisqartirish, smartfonni tezlashtirganday boʻladi.

5️⃣ Ilovalarni yoping
Ishlatilmayotgan ilova oynalarini yoping.

6️⃣ Smartfoningizni qayta yoqing
Bu sust qurilmani tuzatishning tez va oson usuli.

7️⃣ Dasturiy ta'minot yangilanishi
Yangilanish smartfonni himoya qilish bilan birga tezlashishiga ham yordam berishi mumkin.

8️⃣ Batareya sarfini kuzatib boring
Sozlamalardagi Batareya boʻlimidan qaysi ilova shubhali koʻp quvvat sarflayotganini tekshiring

9️⃣ Sozlamalarni tiklash
Bu oxirgi chora. Hech nima foyda bermagan smartfonga shu yoʻl yoki zapchastga topshirish davo boʻladi

Shu kabi maqolalar #maslahat va #savol heshteglari ostida

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
👍13👎4🤩2🔥1
PUBG akkauntingizni sotmoxchimisiz?
Lekin qanday qilishni bilmayabsizmi?

- Unda kutib oling! Telegramda ajoyib va yangi PUBG akkauntlarni sotishda yordam beruvchi bot.

- Xa aytgancha botdan akkaunt sotib olsangiz ham bo'ladi... 😉

Link 👉 @pubgmshopbot
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoylikning gʻildirakli powerbanki

Unda smartfoningizni 5000 marta zaryad qilishingiz mumkin.
Gigant akkumulyator 60 ta ulagich bilan jihozlangan.

💭 Menimcha ular bizda svet oʻchganini bilib qolishgan. Bitta muammo bu powerbankni oʻzi qanchada toʻlishi mumkin?
Nima boʻlganda ham menda boʻlsa yoʻq demas edim, sizchi?

#xitoy

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
👍10🤯6🤔21🔥1
Bidʼat va irim-sirimlar

Kecha tarmoq boʻylab "02.02.2022. Bu sana umringizda bir marotaba boʻladi. Bugun boshqacha kun bla bla bla" degan xabarlar tarqaldi.

Baxtli/xursand/baxtsiz/falokatga yoʻliqadigan boʻlishni biror kun yoki voqeaga bogʻlash Tupoylik togʻlarining choʻqqilaridan biri(Himolay togʻlarining Jamalungma choʻqqisi😆).

Odam har bir kunni daqiqalarigacha qadrlab unumli oʻtkazishi, biror kimdan bu qanaqa u/qanday ishlaydi/mnovi nima deb soʻramasdan Googlega kirib oʻzi qidirib biror narsa oʻrganishi, bilimi oshishi baxt.

Vaqt pul deyishadi. Qoʻpol oʻxshatish. Vaqt - bebaho. Shunday ekan, bu xabarni palon odamga joʻnating palon yaxshi ish boʻladi/yomon ish boʻlmaydi degan xabarlarni joʻnatib vaqtingizni ketkazmang.

💭Bu xabarni 40ta "shunaqa" doʻstingizga yuboring, bu oy aniq 28dan qaytadi😂

#maslahat #kayfiyat

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
😁18👍8🔥3
Telefon uzoq vaqt xizmat qilishi uchun nima qilish kerak?

Smartfonlar tobora qimmatlashib bormoqda va koʻpchilik ularning uzoqroq xizmat qilishini xohlaydi. Telefon qancha vaqt xizmat qilishi sizga va menga bog'liq. Nimalarga amal qilsak ishlash muddati uzayadi?

1️⃣ Telefonni quvvatlash
Asosan smartfonda zamonaviy litiy-ion batareyalari boʻlsa, agar siz quvvatni 30-80% oraligʻida saqlang, shunda 25-30% koʻproq xizmat qiladi. Smartfonni birinchi quvvatlagandagina 100%ga yetkazing, soʻng eng kami 10% va eng koʻpi 85-90% oraligʻida ushlab turing, yani butunlay tugab ham, toʻlib ham ketmasin.

2️⃣ Telefonni tunda quvvatlantirish
Toʻgʻri bu qulaylik, lekin batareyaga doimiy tok taʼsiri uni ishlash muddatini kamaytiradi.

3️⃣ Telefonni issiq/sovuq havoda quvvatlash
Tashqi harorat telefon batareyasiga ta'sir qiladi. Agar havo harorati juda yuqori yoki past bo'lsa, kimyoviy jarayonlar boshqacha davom etadi va batareya tezroq eskiradi. Issiqlik holatida, batareyaning shishishi yoki portlashiga olib keladigan haddan tashqari issiqlik xavfi ham mavjud. Normal sharoit yarating.

4️⃣ Original bo'lmagan quvvatlovchi(adapter+kabel)
Siz original bo'lmagan zaryaddan foydalanishingiz mumkin, asl bo'lmasa ham, yuqori sifatlisini olsa arziydi. Qimmatroq bo'lsa-da, faqat orginal quvvatlovchi batareyaning ishlash muddatini normal saqlaydi.

5️⃣ Powerbankdan foydalanish
Mumkin, faqat tanlashni bilish kerak.

Davomi bor...

#smartfon #maslahat

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
👍20🔥2🤬2
Tas-ix Beeline Ucell.ehi
2.6 KB
Http injektor ehi fayli
Beeline va Ucellda Tas-ix trafikdan ketadi
Beelineda "Aloqada" bilan VIP
Xizmatni yoqish/oʻchirish kodi:
Yoqish *110*79#
Oʻchirish *110*080#
Kunlik toʻlov 1900 soʻm

Muddati: 9-fevralgacha
Qanday ishlatish videosi:
https://youtu.be/xD2zP04oRQE
Dasturni yuklab olish
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.evozi.injector

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Smartfonda kimyo laboratoriyasi

Maktabda hamma kimyodan dars olgan, lekin labaratoriyada nima qilgansiz? Koʻpchilik kolbachada qandaydir qorishmani qaynaib koʻrgan holos😂

Unreal Chemist - smartfonlar uchun kimyo laboratoriyasi simulyatori bo‘lib, unda siz turli xil kimyoviy moddalarni aralashtirishingiz va ularning reaksiyasini ko‘rishingiz mumkin. 3D vizualizatsiya haqiqatga mos keladi. Ilovada 150 dan ortiq kimyoviy moddalar va 750 ta tajriba variantlari mavjud.

Yuklab olish:
Android uchun📥
iOS uchun 📥

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
👍12🔥2
HTML(HyperText Markup Language) - belgilash tili, dasturlash tili emas.

#kayfiyat
🤬30👍14🔥11👎1
Androiddan iOSga oʻtmoqchimisiz? (iPhone olmoqchimiz?) Demak, bularni bilib oling👇

1️⃣ Ilovalar
Yoqadimi yoki yo'qmi, Apple ilovalari do'konida Google Playga qaraganda ancha kam: Apple xavfsizlik siyosati tufayli.

2️⃣ Apple ekotizimi
Androiddan iPhonega o'tishda siz Apple IDni yaratishingiz kerak bo'ladi - bu bir vaqtning o'zida bir nechta qurilmalarni bir-biri bilan sinxronlashtirishga imkon beradigan Apple qurilmalari uchun hisob. Masalan, iMac, iPad va iPhone. Siz fayllarni ko'chirishingiz, kontaktlar, qaydlar kabi funksiyalarni sinxronlashtirishingiz va qurilmalaringizning zaxira nusxasini yaratish uchun iCloud xotirasidan foydalanishingiz mumkin. Huddiki Telegram hisobni boshqa qurilmada ochganday, faqat keng miqyosda.

3️⃣ Batareya ishlash muddati
Appleda qurilmaning texnik harakteristikasi iOS tizimi bilan uygʻunlashgan va energiya samaradorligi yuqori.

4️⃣ iPhone zaryadlash ulagichi
Type-C ulagich universal. U barcha zamonaviy gadjetlarda mavjud, ammo endi sizning smartfoningizda Lightning bo'ladi. Ulagich allaqachon eskirgan, uzatish tezligiga past va asl kabel narxi yuqori, lekin ulagich MicroUSB va Type-C ga qaraganda ancha ishonchli.

5️⃣ Sozlamalar
Ehtimol, iOS va Android o'rtasidagi eng muhim farq - kichik detallargacha moslashtirib boʻlmasligi. iPhone shunday tuzilganki, undagi biror narsani o'zgartirishingiz shart emas va xohlamaysiz.
iPhone va iOSni yaxshiroq tushunishda Vyacheslav Gorbatenko youtube kanali yordam beradi.

P.s Siz Androidni tanlaysizmi yoki iOSni muhimi tizim siz uchun qulay boʻlsin. Masalan, iOS men uchun yengil ishlovchi, minimal dizayndagi OT, lekin Androidni afzal koʻraman.

🙂iPhonega ega yoki olmoqchi boʻlgan doʻstlarga yuboramiz)

#ios #android
Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
👍31🤬61
Hafta davomida boʻlib oʻtuvchi soʻrovnoma:
Siz Samsungning qaysi mahsulotini ishlatasiz(ishlatgansiz), undan koʻngliz toʻl(ma)gan va nega?
Kommentda javob, postda reaksiya qoldiring.

👍 - ha koʻnglim toʻlgan
👎 - koʻnglim toʻlmagan
👍190👎60👏6🔥2
Play Marketdan oʻyin/ilova yuklab boʻlmay qolganda

Ko'pincha Play Marketda turli xil muammolar paydo bo'ladi. Koʻpincha ish beruvchi yoʻl:

1. Android sozlamalarini oching va "Ilovalar" bo'limiga o'ting.

2. Ochilgan ro'yxatda "Google Play Store" - "Xotira" ni toping va keshni tozalang.

3. Ekran burchagidagi 3 nuqtani bosing va "Yangilanishlarni o'chirish" variantini tanlang.

4. Telefonni oʻchirib yoqing.

#lifehack #google
👍9👎1