️Secretius
6.74K subscribers
803 photos
448 videos
150 files
1.97K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Bugun sizlarga siz anchadan beri izlayotgan telegram turi haqida aytib beraman.
Tushunganingizdek, foydali ilovalar haqida.

Odamlar anonim boʻlib qolishni, hamma ham bilmaydigan ustunliklarga ega boʻlishni xoxlashadi. Agar eslasangiz, Graph Messenger (Telegraph) norasmiy Telegram ilovasi ancha vaqt avval tarmoqdalingizni koʻrsatmaydigan(Ghost), shaxsiy chatlarda narigi tomondan oʻchirilgan xabarlarni saqlab qolish kabi funksiyalarini oʻchirib qoʻygan edi. Bu funksiya yana bir qancha Telegram mijozlaridan ham bor edi(BGram, Videogram va b.).

Ularni eski versiyasi bilan bu funksiyalardan foydalansa boʻladi. Lekin eski versiyada hozir shiddat bilan oʻsayotgan Telegram funksiyalari yoʻq.

Sizga Aka Messengerni tavsiya qilaman. Unda hozirgi Telegram funksiyalari bilan birga siz istagan Ghost va oʻchirilgan xabarlarni koʻrish ham bor.



Dastur sodda, reklamasiz!

Tegishli postlar:
->Ghost nima? Qanday faollashtiriladi?

->Dasturlarni telegram orqali yuklash uchun

->Telegraph eski versiya(yuqoridagi funksiyalarga ega)

P.s Maqola maʼqul kelgan va foydali boʻlgan boʻlsa, bizni qoʻllab quvvatlash uchun doʻstlaringizga yuboring😁

#ilova #foydali #apk

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍2
Smartfonlarda batareya quvvati tez tugab qolmasligi uchun nima qilish kerak?

XXI asrda dolzarb muammoga aylanib ulgurgan yana bir masalardan biri, bu "Battareya charchashi" shunday emasmi?
Endigina yangi telefon olsangizu, uning quvvati ko'pga bormay o'chib qolaversa, bu holat kimga ham yoqar edi?!
Ushbu muammo bo'yicha bir qancha foydali maslahatlar berib o'tishni lozim topdik. Ular quyida ko'rsatilgan:
- Hech qachon telefoningiz batareyasini 0% ga tushurib keyin quvvatlagichga qo'ymang, bu eng katta xato.
- Telefoningiz quvvati 20% - 30% qolganda(eng kami 10%) uni quvvatlagichga ulang.
- Telefoningiz quvvatlagichda bo'lganda undan foydalanmang, o'yin o'ynash haqida gap bo'lishi mumkin emas.
- Qurilma 100% quvvatlanishi shart emas, 90% eng yaxshisi.
- Telefoningizni birinchi kun olganingizda, u 16 - 18 soat quvvatlanishi shart emas, 100% bo'lsa yetarli.

Qachonki yangi telefon olsangiz, sotuvchi sizga qurilma quvvati 0% gacha tugatilsin, keyin 16 - 18 soat quvvatlagichda tursin deydi, ammo bu shart emas.

Ma'lumot uchun:
- Batareya 20% dan kam qolgandan, mobil ineternetdan yoki Wi-Fi'dan foydalanayotgan bo'lsangiz, ammo quvvatlagichga ulash imkoni bo'lmasa, darhol ineterneti o'chiring, chunki batareya internet yoniq holda tezroq sarflanadi.

Yangi batareya sotib olganingizda, u eskisidak ishlamasligi mumkin, bu tabiiy hol, sababi telefon o'zi bilan kelmagan batareyani, uncha xushlamaydi, chunki ba'zi bir parametrlar to'g'ri kelmasligi mumkin.
#foydali #maslahat

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.