️Secretius
6.74K subscribers
802 photos
448 videos
150 files
1.97K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Forwarded from ️Secretius
Noutbuk sotib olishda nimalarga eʼtibor qilish kerak (eng asosiylari):

-Doʻkondan sotib olayotgan boʻlsangiz sotuvchilarga yoki egasiga quloq solmang(tezkor bilish uchun)
- Intel va AMD protsessorlarining 2 ta turi bor: H va U.
Intel Core i5 yoki i7 yaxshi variant. i3, Celeron yoki Pentium boʻlsa olmang

H versiyasi - masalan, Intel Core i5 9300H. Juda kuchli, ammo batareyani yeb, qizib ketadi.
- U versiyasi - masalan, Intel Core i5 8250U. Kuchsizroq, lekin ular energiya tejaydigan va koʻp quvvat sarflamaydi

- AMD Ryzen 5 yoki Ryzen 7ni tavsiya qilaman, Ryzen 3 yoki AMD FX boʻlsa yoʻq.
- Intel singari, Ryzenning H (Ryzen 5 3550H kabi) va U (Ryzen 5 3500U kabi) versiyalari bor. Xususiyatlari ham bir xil.

-Grafik kartalar: Intel, AMD (Radeon), Nvidia Geforce
- Intel (masalan, Intel HD 620) - filmlar, brauzer, ofis uchun
- AMD (Radeon) (masalan, Vega 8) Inteldan biroz kuchliroq. "Ogʻir" oʻyin va dizaynerlar uchun - RX5500M
- Nvidia Geforce - MX150, MX250, 1050 (Photoshop va yengil o'yinlar uchun) asosiy versiyalaridan boshlab va 1070, 1080, 1660ti, 2070, 2080 (kuchli o'yinlar va video muharirriligi uchun). GeForce 870 va undan quyidagilarni olmang. Ultrabook uchun eng maqbul yechim MX250 yoki 1050. O'yinlar uchun bu 1660.

- RAM. Qancha katta bo'lsa, shuncha yaxshi bo'ladi, lekin 8Gb normal deb oʻylayman. Noutbuklarda RAMni kengaytirish mumkin, ammo koʻpchilik zamonaviy ultrabuklarda qilib boʻlmaydi.

- Ekran - 1920x1080 - bu sotib olish uchun minimal miqdor. Ekran piksellar sogʻ-omonligini tekshirish kerak(monteon.ru - onlayn tekshirish)
- Klaviaturani ham tekshirish kerak, biror harf yoki belgi bosilmay qolmasin😅(key-test.ru)

- Qattiq disk. 3turi bor: HDD, SSD, NvMe
- HDD sekin va arzon, uzoq vaqt ishlaydi
- SSD tezkor, shovqinsiz, energiyani tejaydigan, kamroq xizmat qiladi(😅) va qimmatroq
- NvMe undan ham tezroq, uzoqroq ishlaydi va albatta qimmatroq

- Tashqi ko'rinishi. Bunisi har kimning didiga bogʻliq. Metall va juda ingichka korpusni tavsiya qilmayman. Kamida 3 ta USB port, ulardan 2 tasi USB 3.0 boʻlishi shart.

P.s Sotib olayotganda moliyaviy tomondan maslahatlar:
Toʻlov qilish uchun imkoniyatingizni chamalang, kredit yoki boʻlib toʻlashga koʻzingiz yetsagina rozi boʻling.
Bu sohadan yaxshiroq xabardor doʻstingiz/tanishingizdan iltimos qiling, bunda pulingiz tejalishi mumkin.

P.s.s Quyida oʻzingiz ham hayotiy tajribangizni boʻlishing😁
#tavsiya #maslahat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Hammamiz bilamiz, yaqin vaqtlarda aholining sogʻligʻini tiklash, spirtli ichimliklar ichish va tamaki mahsulotlari isteʼmolini kamaytirish maqsadida 1hls loyihasi ishga tushirilgan edi.

Unda kuniga 10ming qadam yurib 3ming soʻm olish mumkin, 1hafta va 1oyda eng koʻp yurganlarga tegishli yutuqlar beriladi.

Biz esa har doimgidek uning "qingʻir" yoʻllarini topdik😂.
Hozir men buni oʻrgatmoqchi emasman, bu yoʻldan qaytarmoqchiman va bunga juda asosli sabablar bor.

Xoʻsh nega tizimni aldamaslik kerak?

1. Birinchidan mobodo sizning bu ishingiz oshkor boʻlsa yaxshigina jarima toʻlaysiz.

2. Koʻrdim, smartfonni ventilyatorga, velosipedga bogʻlab yoki shunga oʻxshash harakat qilib qadamlarni oson koʻpaytirayotganlarni. Bunda apparat keyinchalik toʻgʻri ishlamasligi, baʼzida jiddiy zarar yetishi mumkin. Sizni ham yarim soat aylantirishsin-chi nima boʻlar ekan?

3. Turli xil tagi nomaʼlum va shubhali ilovalarga hisobni ulab qadamlarni oson koʻpaytirish yoʻli ham juda xavfli. Hisobingiz 1hls ilovasiga ulangan, u esa OneID tizimga, OneIDda esa sizning pasport maʼlumotlaringiz bor.

P.s Nahotki oyiga hisoblaganda 90ming soʻm uchun kattagina pulingizni(jarima solishsa), qimmatbaho smartfoningizni(buzilishi aniq), shaxsiy malumotlaringizni almashsangiz!?

Undan koʻra biror kasbni oʻrganib shu pulni 1kunda 1soatda topganingiz yaxshi emasmi?

Tegishli maqola:
1hlsdagi muammolarni bir zumda hal qilish
#maslahat

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.