️Secretius
9.38K subscribers
737 photos
433 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Gapni boshlashdan oldin ogohlantirib qoʻyay, men sizning gaplarim asosida qilishingiz mumkin boʻlgan ishlarga javob bermayman😁.

Odamlarga hayronsan, biror matoh oladi-da, uni juda ham asrab-avaylab ishlatadi, biror joyi qirilsa yoki lat yesa kuyinishadi.

Toʻgʻri, texnika qoidalariga rioya qilish kerak, lekin biror ixtiro yaratilganmi(agar foydali boʻlsa), demak u odamlarga xizmat qilish va ogʻirini yengil qilish uchun yaratilgan, koʻz qorachigʻiday asrab, qiynamasdan ishlatishi uchun emas.

Shunday ekan gaziga bos, men yoningdaman🙂.

#maslahat

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍1
Forwarded from ️Secretius
Noutbuk sotib olishda nimalarga eʼtibor qilish kerak (eng asosiylari):

-Doʻkondan sotib olayotgan boʻlsangiz sotuvchilarga yoki egasiga quloq solmang(tezkor bilish uchun)
- Intel va AMD protsessorlarining 2 ta turi bor: H va U.
Intel Core i5 yoki i7 yaxshi variant. i3, Celeron yoki Pentium boʻlsa olmang

H versiyasi - masalan, Intel Core i5 9300H. Juda kuchli, ammo batareyani yeb, qizib ketadi.
- U versiyasi - masalan, Intel Core i5 8250U. Kuchsizroq, lekin ular energiya tejaydigan va koʻp quvvat sarflamaydi

- AMD Ryzen 5 yoki Ryzen 7ni tavsiya qilaman, Ryzen 3 yoki AMD FX boʻlsa yoʻq.
- Intel singari, Ryzenning H (Ryzen 5 3550H kabi) va U (Ryzen 5 3500U kabi) versiyalari bor. Xususiyatlari ham bir xil.

-Grafik kartalar: Intel, AMD (Radeon), Nvidia Geforce
- Intel (masalan, Intel HD 620) - filmlar, brauzer, ofis uchun
- AMD (Radeon) (masalan, Vega 8) Inteldan biroz kuchliroq. "Ogʻir" oʻyin va dizaynerlar uchun - RX5500M
- Nvidia Geforce - MX150, MX250, 1050 (Photoshop va yengil o'yinlar uchun) asosiy versiyalaridan boshlab va 1070, 1080, 1660ti, 2070, 2080 (kuchli o'yinlar va video muharirriligi uchun). GeForce 870 va undan quyidagilarni olmang. Ultrabook uchun eng maqbul yechim MX250 yoki 1050. O'yinlar uchun bu 1660.

- RAM. Qancha katta bo'lsa, shuncha yaxshi bo'ladi, lekin 8Gb normal deb oʻylayman. Noutbuklarda RAMni kengaytirish mumkin, ammo koʻpchilik zamonaviy ultrabuklarda qilib boʻlmaydi.

- Ekran - 1920x1080 - bu sotib olish uchun minimal miqdor. Ekran piksellar sogʻ-omonligini tekshirish kerak(monteon.ru - onlayn tekshirish)
- Klaviaturani ham tekshirish kerak, biror harf yoki belgi bosilmay qolmasin😅(key-test.ru)

- Qattiq disk. 3turi bor: HDD, SSD, NvMe
- HDD sekin va arzon, uzoq vaqt ishlaydi
- SSD tezkor, shovqinsiz, energiyani tejaydigan, kamroq xizmat qiladi(😅) va qimmatroq
- NvMe undan ham tezroq, uzoqroq ishlaydi va albatta qimmatroq

- Tashqi ko'rinishi. Bunisi har kimning didiga bogʻliq. Metall va juda ingichka korpusni tavsiya qilmayman. Kamida 3 ta USB port, ulardan 2 tasi USB 3.0 boʻlishi shart.

P.s Sotib olayotganda moliyaviy tomondan maslahatlar:
Toʻlov qilish uchun imkoniyatingizni chamalang, kredit yoki boʻlib toʻlashga koʻzingiz yetsagina rozi boʻling.
Bu sohadan yaxshiroq xabardor doʻstingiz/tanishingizdan iltimos qiling, bunda pulingiz tejalishi mumkin.

P.s.s Quyida oʻzingiz ham hayotiy tajribangizni boʻlishing😁
#tavsiya #maslahat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.