Hozirda duch kelayotgan bir qancha savollarga javob berib oʻtaman:
1. Savol: Smartfonim Samsung, Android 11(12) versiyaga yangilagan edim, internetsiz videoqoʻngʻiroq yoʻqolib qoldi. Nega va qaytarsa boʻladimi?
Javob: Samsungning mashxur internetsiz videoqoʻngʻiroqlari Android 11 versiyadan boshlab Duo dasturiga almashtirilgan va bu Google talabi. Asliga qaytarish uchun Android 10 veriyaga qaytarish kerak, buning uchun mutaxassislarga murojaat qiling.
2. Savol: Smartfonim qizib ketyapti. Buning sababi nima va yechimi qanday?
Javob: Smartfon qizishi sabablari: nobop quvvatlagich/smartfon quvvatlash tizimidagi nosozlik, Batareya, kunning issiq harorati, ogʻir grafikali oʻyin va katta hajmli dasturlarni uzoq vaqt ishlatish, internet(kam hollarda GPS, blutuz, wi-fi, mobil faol nuqta(tochka dostup)) uzluksiz yoqiq qoldirish va boshqalar.
Yuqoridagi sabablar sizda bor yoki yoʻqligini tekshiring, mutaxassis bilan maslahatlashing.
3. Savol: Redmi smartfonlarida telefon raqam terganda toʻgʻri keluvchi raqamlarni koʻrsatmayapti, koʻrsatadigan qilsa boʻladimi?
Javob: ha boʻladi, dasturiy taʼminot boʻyicha usta(programmer deymiz biz😅) qilib beradi, oʻzingiz mustaqil qilsangiz ham boʻladi, lekin yaxshi bilgan odam nazorati yoki koʻmagi asosida, chunki bitta notoʻgʻri amal bilan smartfon yomon ahvolga tushadi.
4. Savol: Internet trafigim koʻp sarflanyapti. Buni toʻxtatishni iloji bormi?
Javob: Internet tarfik sarflanishining eng koʻp uchraydigan sabablari:
1)Telegram avto yuklash yoniqligi
2)Google Play doʻkonidagi ilovalar avto yangilanish yoniqligi
3)Malumotlarimizning bulutlarga(Google(Google Photos), Samsung Cloud, MiCloud va boshqalar) avtomatik yuklanishi
4)Online oʻyinlardagi oʻyin resurslarining avto yuklab olinishi
5)Internetga koʻp kirib yuborganimiz😅
Sizlar bilan Salohiddin boʻldi, oʻzingizni va qurilmangizni extiyot qiling😁.
P.s Yuqoridagi savollarga oʻzingizning ham javoblaringiz yoki qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa bemalol yuborishingiz mumkin.
Yangi ruknimiz yoqqani yoki yoqmaganligini haqida ham fikringiz men uchun muhim😉
#savol_javob
Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.