️Secretius
9.72K subscribers
704 photos
428 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
​​Kiberodobnoma haqida

Maktabda "Odobnoma" degan dars bo‘lardi, unda bizga turli hil ijtimoiy odoblar o‘rgatilardi tipa avtobusda katta yoshlilarga joy ber tam o‘zingni uxlavoganga solib olma.

Universitetda esa diplomatik etiket, estetik tarbiya degan darslar bo‘lardi. Unda qoshiq vilka qerda turishi kerak, prezidentga orqang bilan turmasliging kerakligi, medal olsang uni qanday qabul qilish kerak, xullas menga hayotda umuman kerak bo‘lmagan narsalar😁

Tak vot, biz hozir internet asrida yashayapmiz. Allaqachon maktab va univerlarda internet odobi degan darslar yoki mavzular kiritish kerak. Ya seryozno. Chunki bugun vaqtimizning katta qismini onlaynda o‘tqazyapmiz.

Bu darslarda o‘rgatish mumkin bo‘lgan narsalar:

Gugldan qidirib topa olmaganingdan so‘ng boshqalardan so‘rash odobi.

Ko‘chada birovni bolasini shirin qilib rasmga ovolgan bo‘lsang, ota onasini roziligisiz buni internetga yuklamaslik odobi.

Kimgadir savol yoki taklif yozmoqchi bo‘lsang, salom berib qo‘yib izzattalablarcha u odamning alik olishini kutmaslik va salom ortidan srazu maqsadga o‘tish odoblari.

"Onangni yaxshi ko‘rsang klass bos", "men birinchi", "2020 yildan kim bor?" kabi tupoy kommentariylar yozmaslik odobi.

Akkaunti qulf bo‘lgan akkauntlardan egasidan so‘ramay skrin olmaslik, hamma qizlarni internetga bollar bilan tanishish uchun kiradi deb hisoblamaslik va yana turli hil shu kabi odoblarni o‘rgatish mumkin. Bu zamon talabi. Ya seryozno🙂

©nurbekalimov

#internet #xavfsizlik #qoida

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Google Play ilovalar doʻkoni qoidalari oʻzgartirilib, qatiylashtirildi.

Yangi qoidalar:
- ilova nomlari 30 belgidan oshmasligi, maxsus belgilar va kulgichlardan iborat bo'lishi kerak
- foydalanuvchilarni yo'ldan ozdirmaslik uchun skrinshotlar haqiqiy bo'lishi kerak
- taqiqlangan klikbait, masalan, "tez", "bepul", "reklama yo'q" so'zlari ishlatilmasligi kerak
- maqtanish taqiqlanadi😅, masalan, "eng yaxshi ...", "1-raqamli... "
- Nomiga yoki ikonkaga reklama aksiyalarini qoʻyish

Yangilangan qoidalar joriy yilning ikkinchi yarmida kuchga kiradi. Ularga boʻysunmagan ishlab chiquvchilarning dasturlari va o'yinlari Google Play uy sahifasida va tavsiyalar boʻlimlarida koʻrsatilmaydi.

#google #market #qoida

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.