️Secretius
9.4K subscribers
735 photos
433 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
😲 Nokia Yevropada 6G tarmoqlarini rivojlantiradi va tarqatadi.

Ma'lumot uzatish tezligi 100 Gbit/s dan 1 Tbit/s gacha bo'lishi kutilmoqda.

P.s Bizda 3G yaxshi ishlasa boʻldi😅
👉@Secretius👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baʼzida duch keladigan muammolarimizga "pistolet kleyning oʻqi" bilan yechim topamiz)
👉@Secretius
Forwarded from My Biblo
Muammoyimiz haqida
"Buzilgan jamiyat"da to‘g‘ri yashashga harakat qilgan odam qiyinchiliklarga va atrofidagilar nafratiga duchor bo‘ladi.
Masalan, o‘zingiz ishlaydigan korxona rahbariyati tomonidan siz va jamoadoshlaringizning huquqlarini poymol qiluvchi bir ish qilindi, deylik. Bunday ishlarga misol bir necha yil oldin ba’zi tashkilotlarda majburan sotilgan lampochkalar bo‘lishi mumkin.(Vaholanki, bunday narsalarning adog‘i yo‘q).
Siz bu ish noto‘g‘riligini aytib, haqingizni talab qildingiz,deylik. Shunda boshqalarning munosabati qanday bo‘ladi? Bir toifa sizni qo‘llab quvvatlaydi, yana bir toifa sukut saqlashni afzal ko‘radi, yana boshqa bir toifa borki, ular sizni nohaq hisoblab, huquqlari buzilishini normal holat sifatida qabul qiladilar.
(Aslida insonning huquqi bu - uning qadr-qimmati, u muqaddas tushuncha hisoblanishi kerak.)
Rahbar esa, albatta sizni yomon ko‘radi. Chunki siz unga muammo tug‘dirayapsiz. Unga ham yuqoriroqdan ana shu lampochkalarni sotish buyurilgan, yuqoriga esa yana-da yuqoriroqdan. Bu buyruq mansab piramidasining allaqaysi pog‘onasidan, qaysidir uchardan "otkat" olib qo‘ygan poraxo‘rga yoki bevosita uning o‘z urug‘-aymog‘iga tegishli bo‘lgan biznesga borib taqaladi.
Buyruq quyilagani sari unga qo‘shib aytishlar, masalan, 10 so‘mni 11so‘m qilib aytib, foydalanib qolishlar, yoki "otkat"ga sherikchilik ham bo‘lishi mumkin.
Rahbar sizning haqiqatni talab qilishigiz tufayli buyruqni bajara olmasa, yuqoridan qattiq koyish eshitadi, u ham o‘zidan yuqoriroqdagiga yomon ko‘rinadi, yoki/va xissadan quruq qoladi.
Endi u albatta sizni yomon ko‘radi, sizga zarar yetkazishni, badarg‘a qilishni istaydi. Bu yo‘lda u bor imkoniyatidan foydalanadi: uddalab bo‘lmas topshiriqlar, ig‘volar, g‘iybatlar nishoniga aylanasiz. Ayniqsa tug‘ma laganbardorlar ko‘magi sizni yomon ahvolga tushurishi ham mumkin.
Bo‘hronlar va mazlumlarning zolimga muhabbati hafsalangizni pir qilib e’tiqodingizni sindirishi, ortiq haqiqatni talab qilmay, boshqalar kabi befarq bo‘lish yo‘liga o‘tishingiz yoki davom etib doimiy muammolar ichida qolishingiz ehtimol.
"Surish kerak" deyayotganlar, "surayotganlar" bu narsalarning mazmunini juda teran anglaydilar.
(O‘lchovlari) buzilgan jamiyatdan Vatanni tashlab hamma oydinlar chiqib ketaversa, bu yurtda kalamushlar, ilon va chayonlar, qurt-qumursqalar va ularga mos zulmatli go‘sha qolmaydimi?
@MyBlueBook
Oʻzbekistondagi eng ommabop aloqa operatorlariga tegishli kanal, bot va raqamlar:
1. Beeline - @uzbeelineuzb kanali, @BeelineUzbBot. 0611 qisqa raqami va bular
90 1850055
90 3730330
90 3730707
Telegram konsultant: @ConsultantBeelineUz
0621 (sms)
Sayt: Beeline.uz

2. Ucell - @Ucell kanali, @Ucell_bot
8123 qisqa raqami va
93 180 00 00
Sayt: Ucell.uz

3. Uzmobile - @uztelecomuz kanali, @Utc_UzBot
Qisqa raqamlar:
1084 - Internet va IPTV xizmatlari bo'yicha
1086 - Telefon ta’mirlash bo’limi
1099 - Mobil aloqa bo'yicha
1155 - korporativ mijozlar uchun
Sayt: Uztelecom.uz

4. Mobiuz - @MyMobiuz kanali, @mymobiuz_bot
0890 Qisqa raqam va
97 130 09 09
Sayti: Mobi.uz
5. Humans - @Humansuz kanali @HumansUzHelpBot
Qisqa raqam 1234
Sayt: Humans.uz

#foydali
Xitoyda arilarning yong'oq uyalarini yoʻqotish uchun dronlardan foydalanildi.

Xitoyning markaziy qismida "uchuvchisiz ucharlar" 100 dan ortiq aspen uyalarini yo'q qilishdi.
Bu daxmaza xitoyliklarga 80 000 yuanga tushdi)

Dron haqidagi maqolalar 👉
#dron
👉@Secretius👇
Qaddafiyning bu gaplari hozir butun uznet bo'ylab tarqaldi.

Eng avvalo, polkovnik Qaddafiyning 2009 yil BMT minbaridagi nutqi belgilangan 15 daqiqa o'rniga bir yarim soat davom etgani haqida eslatib o'tamiz. Aynan o'sha paytda taniqli hodisa yuz bergan, tarjimon 75 daqiqadan so'ng mikrofonga "Men endi buni ko'tara olmayman" deb hushidan ketgan, keyin uni o'rniga boshqa tarjimon kelgan. Ammo gap bunda emas.

Muammar Qaddafiy hozir kanallarda tarqalgan gapni aytmagan.
Uning ta'kidlashicha, H1N1 grippi dastlab harbiy qurol sifatida mo'ljallangan, nazoratsiz laboratoriyada yaratilgan virus bo'lishi mumkin. Va ikkinchi yig'ilishni ikkinchi qismida u quyidagi iborani aytgan: «Ehtimol, ertaga baliq grippi paydo bo'lishi mumkin, chunki ba'zida biz ularni viruslar ishlab chiqarib keyin o'zimiz boshqaramiz. Bu tijorat biznesidir. Kapitalistik kompaniyalar vaktsinalarni ishlab chiqarish va sotish uchun viruslar ishlab chiqaradilar."

Shunday qilib, hozirda tarmoqda tarqalgan narsa Qaddafiyning so'zlarini hatto bepul tarjimasi ham emas.
P.s Konspirologiyaga berilmang!
Uning nutqining to'liq nusxasi:
vk.cc/aB5CFA
👉@Secretius👇
⚡️Hindistonlik ishchilar ish haqi to'lamaganligi uchun iPhone yig'ish zavodini talashmoqda

2000 dan ortiq xodim pulsiz qoldi.
#apple #iphone
👉@Secretius👇
Forwarded from ️Secretius (Secretius)
Assalomu alaykum hammaga bugun musiqa parchasi (mp3), kichik video, Ovozli xabar (ogg) orqali toʻliq musiqani topishni oʻrganamiz. Buning uchun bizga qoʻshiqning ovozli xabar koʻrinishi(ogg formatdagi) yoki MP3 formatdagisi kerak, video boʻlsa bu 👉 @mp3toolsbot botga joʻnatib mp3ga oʻtkazishingiz mumkin. Quyida berilgan botlarning hammasi ogg formatni qoʻllab quvvatlaydi. Shuning uchun mp3ni bu 👉
@voice_to_mp3bot botga joʻnatsa ovozli xabar(ogg) qilib beradi. Asosiy ishga oʻtamiz:
Bu botlarga ogg yoki mp3ni joʻnatamiz va kutamiz
@acknobot
@YaMelodyBot
@vksound_bot
@muzzzbot
⚠️Eslatma: Botlar jonli ijrodagi musiqani kamdan kam hollarda topadi, koʻproq taniqli, internet saytlarda va VKda e'lon qilingan musiqalarni topa oladi, mahalliy "qoʻshiqchilar"ni ham topishi qiyin!
Yana bir gap! Baʼzi musiqalarning premyerasi boʻlmaganligi uchun(ya'ni toʻliq versiyasi chiqmagan, parchasi reklama uchun) topa olmaydi!
Sizlar bilan Secretius!
P.s Men bir tiyinga baholaydigan postimni ham oʻgʻirlang!
Gap egasini topadi!
👉@Secretius👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Super dangasa odamlar uchun maxsus avtomatlashtirilgan telefon gʻilofi😁
👉@Secretius
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz "koʻra" olgan dunyo...
P.s Bu meni tassavurlarimga va oʻy-hayollarimga juda mos ekan)
👉@Secretius
TikTok hamma joyda 😅

Samsung TikTok-ni o'zining Smart TV-larida ishga tushirdi. Xizmat kompaniyaning yangi televizorlarida oldindan o'rnatiladi.

Ilova Samsung va TikTok kompaniyalari o'rtasidagi eksklyuziv hamkorlik orqali Yevropalik foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Ayni paytda inglizlar(B. Britaniya) undan foydalanishlari mumkin, keyinchalik auditoriya kengayadi.

• TikTok-ning televizion versiyasi sizga obunalarni tavsiyalarini va platformadagi eng ko'p yoqtirilgan va ko'rilgan tarkibni tomosha qilish imkonini beradi.
• Siz yoqtirishingiz va fikr bildirishingiz mumkin, ammo sizga TikTok hisob qaydnomasi kerak emas(lekin qanday qilib 🤷‍♂)
• Smart TV egalariga retseptlar, layf-xakerlar, fitnes bo'yicha maslahatlar va qiziqarli faktlar bilan alohida #LearnOnTikTok bo'limi taqdim etiladi (TikTokning yogʻli/sara joyi)

4K va 8K liniyalari, 2018-2020 yillardagi barcha modellarida ishlaydi)
Tik Tok haqida👉 #tiktok
👉@Secretius👇
Oppo Reno5 Pro + 5G taqdimoti 24 dekabr kuni bo'lib o'tadi
Men bilgan maʼlumotlar:
• Snapdragon 865;
• 8 Gb tezkor xotira;
• Android 11.
Oppo haqidagi postlar 👉
#oppo
👉@Secretius👇
Vkontakte'da endi videoqo'ng'iroqlar

Efirdagi ishtirokchilar soni bir vaqtning o'zida 128 kishini tashkil qiladi (cheklanmagan odamlar tomosha qilishlari mumkin😳). Bu onlayn konsertlar/konferensiyalar/oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun juda qulay)
P.s Eslatib oʻtaman, Telegram Yangi yilgacha videoqoʻngʻiroq funksiyasini "berishi"ga juda ishonaman, VK'ning bu qadamidan keyin bu tezlashadi deb oʻylayman
#vkontakte #telegram
👉@Secretius👇
"Oʻzbekiston" degan telefon haqida
👉UZA xabari
Bular soqqa qilishmoqchi(😅), oʻzi dasturiy taʼminoti Android, ichidagi "ashgʻol-dashgʻoli" Xitoyniki boʻlgan telefon ishlab unga Gerbimizni ramz qilib qoʻyish qanchalar axmoqlik😅.
Qonunan bu jinoyat hisoblanadi:
<<O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi to‘g‘risida>>gi Qonunining 5¹-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizasiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Mndey olib qaralsa: firibgarlik
#Oʻzbekiston #jinoyat #smartfon
👉@Secretius👇
Ushbu xaritada ko‘k rangda aholisi Xitoy 🇨🇳 poytaxti Pekin shahridagidan kam bo‘lgan davlatlar ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Pekinda bugun 21.5 mln aholi yashaydi. Ko‘k rangda ko‘rsatilgan davlatlarning barchasida aholi soni bundan kam.
#xitoy #statistika
👉@Secretius👇
Molotov Gorkiy nomidagi avtomobil zavodi. 1944 yil 19-iyun.
Stalinga kelajakda ishlab chiqariladigan avtomobil namunasi namoyish etildi. GAZning bosh dizayneri Andrey Lipgart, uning rahbarligida yangilik ustida ish olib borildi, mashinani "Rodina"(rus. - vatan) deb nomlashni taklif qildi. Rahbarga bu ism yoqmadi va kinoyali ohangda: "Rodinani(Vatanni) qanchaga sotamiz?" - dedi.
Ikkinchi variant "Pobeda"(Gʻalaba) edi. Stalin mashinaga qarab jilmayib qo'ydi: "Xo'sh, G'alaba juda zo'r emas ..." , keyin qo'shimcha qilib: "G'alaba bo'lsin." - dedi.
👉@Secretius👇
Galileo Galiley bir paytlar jismlarning massasidan qat’i nazar, bir xil tezlanish bilan tushishini aniqlagan. Ammo bolg‘a va patni bir vaqtning o‘zida tashlashga harakat qiling. Avval nima tushadi? Yerga bolg‘a tabiiy ravishda erta tushadi, chunki u havo qarshiligi kuchini yengib chiqishi patga nisbatan osonroqdir.

Oyda Galiley qonuni osongina tasdiqlanadi, chunki bizning sun’iy yo‘ldoshimiz tushayotgan jismlarga ta’sir qiladigan atmosferaga ega emas.

Ushbu videolavhada siz Apollon 15 missiyasining qo‘mondoni Devid Skottning bolg‘a va patni bir vaqtning o‘zida qo‘yib yuborganini ko‘rasiz. Ikkala buyum ham bir vaqtda yuzaga yetib boradi. Jismlarning Oyga tushishidagi farq faqat Yerdagiga nisbatan tortishish kuchining pastroq tezlanishidir. Agar Yerda har soniyada tushayotgan jismning tezligi taxminan 9,8 m/s ga oshsa, Oyda xuddi shu soniyada tushish tezligi atigi 1,6 m/s ga oshadi.
#fizika
👉@Secretius👇
Ferrari-ni ortda qoldirgan velosiped

Dizayner Arnold Necharer vodorod peroksid(ha oʻsha, yaraga sepsa koʻpiradigan😅) bilan ishlaydigan reaktiv motorli velosiped yaratdi.
#velo #ferarri
👉@Secretius👇
jetAudio musiqa pleyeri

Bu dasturni koʻpdan beri ishlatayapman 🙂.
Sizlarga ham tavsiya qilaman, mana bu yerda "sehrli tugmachalar"(funksiyalari koʻpligidan bitta post kamlik qiladi oʻrnatib/ishlatib koʻring, rahmatni keyin aytasiz), bu yerda hozir eshitayotgan musiqam)
#apk #musiqa
👉@Secretius👇