️Secretius
8.79K subscribers
751 photos
441 videos
150 files
1.96K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Hech shubhasiz PHP eng mashhur dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. PHPning afzalligi shundaki uni o'rganish oson.
PHP haqida bilishingiz kerak bo'lgan faktlar
PHPning boshlang'ich maqsadi
Rasmus Lerdorf, daniyalik/kanadalik dasturchi boshida PHPni dasturlash tili sifatida ishlab chiqmagan. Dastlab PHPning kengaytmasi Personal Home Pages bo'lgan. 1995 yilda u C dasturlash tilida o'zining shaxsiy saytini boshqarish uchun CGI (Common Gateway Interface) to'plamini yozdi:
"... dasturlash tilini yozish niyatim yo'q edi ..." "... Men dasturlash tilini qanday yozishni bilmasdim, shunchaki keyingi funksionalliklarni qo'shib borishda davom etdim".
Bir necha yillar davomida til rivojlandi va bugungi kundagi holatiga erishdi. PHP odatda server tomonidagi skriptlarni yozishda foydalaniladi. U bevosita HTML ga yozilishi mumkin. PHP da tuzilgan ko'plab CMS (Content Management System) va Framework lar mavjud.
2.  244+ million saytlar PHPda ishlaydi.
Netcraftning 2013-yilgi so'roviga ko'ra, PHP taxminan 244+ million saytda ishlayapti. Bugungi kunda bu til butun dunyo bo'ylab keng qo'llanilayotganini inobatga olgan holda, bu raqam hozirda ancha yuqori.
3. Top veb-saytlar va mashhur brendlar PHP dan foydalanadi.
BlaBlaCar, Digg, Facebook, Flickr, ProProfs, Technorati, TED va Yahoo kabi eng yirik onlayn brendlar PHP dasturlash tilidan foydalanishadi.
4. PHP mascot
Ko'plab brendlarning o'z mascoti bo'ladi. Mascot bu biror bir shaxs, jonzot yoki obyekt bo'lib, uni omad olib keladi deb hisoblashadi. Masalan Java dasturlash tilida qahva aks etgan timsol bor. PHP da ham xuddi shunday mascot bo'lib, bu ko'k filning timsoli bo'lib, u elePHPant deb nomlanadi. Dizayner o'z intervyusida logotipning qanday qilib paydo bo'lgani haqida so'zlab beradi:
"1998 yilda bir necha frantsuz veb-saytlari PHP haqida yozishardi. Do'stim Franco uyimga kelib PHP da nimalar qila olishini ko'rsatayotganda, men oq qog'ozga PHP ni katta harflarda yozib o'tirardim. Tasodifan ba'zan yaxshi narsalar sodir bo'ladi, agar harflar yon tomondan qaralsa fil shaklini aks ettirishini payqab qoldim. Chizgan harflarimni o'zom tanimaydigan Jean-pierre Dezelus degan odamga yubordim. U fillar kolleksiyasini yig'uvchi edi. Keyin u mendan PHP logotipi bilan bir xil bo'lgan fil rasmini chizishimni so'radi".
#php #dasturlash
👉@Secretius👇
🔥Royole FlexPai 2
📱 7,8 dyuymli AMOLED ekran
⚙️ Qualcomm Snapdragon 865 chipseti
⚡️8/12Gb tezkor xotira
💾 256/512Gb Xotira
📸 64/32/16/8 aniq joyi maʼlum emas
🔋 4450 mA/soat
💰Narxi nomaʼlum
🔊Stereo karnaylar
🤳Barmoq izlari skaneri
🤔3,5 mm audio razyom yoʻq
#phone
👉@Secretius👇
​​#Aralash
Aralash postlarni havola etishda davom etamiz .
#1_Bot bugungi botimiz ko'pchilik uchun kerakli bot hisoblanadi botning xususiyati shundan iboratki botga lotin alifbosida matn yuborsangiz u sizga krilcha variantini taqdim etadi krilcha yuborsangiz lotincha variantini .
@bexatobot

#2_Telegram ko'pchilikda xozirgi kunda kompyuter bo'lsa kerak ammo uni telegram ilovasi yoqmadi shuning uchun telegramni mobil ilovasidan foydalanadilar . Ammo telegram deskopda xam bir qancha amallarni qilsa bo'ladi (deyarli mobil rasmiy ilova bilan bir xil vazifani xammasini) siz Telegram Deskop'da so'zlarga havola qoshishni bilmaysizmi ? Yoki imkonsiz deb hisoblaysizmi ? Unday bo'lsa Ctrl+K tugmalarini bosib koring 😉

#3_Xavfsizlik . Oxirgi paytlarda "Josus dasturlar" iborasiga hammamiz duch kelayapmiz. Demak bugun biz bunday dasturlarni qanday aniqlash haqida gaplashamiz . Buni yo'li hozircha kompyuter(windows) uchun mavjud. Ushbu dastur yordamida siz Josus dasturlarni aniqlashingiz o'chirib tashlashingiz va undan tashqari bir qancha viruslardan xalos bo'lishingiz mumkin
Dasturni yuklab olishingiz mumkin!.
Forwarded from My Biblo
Sabr haqida
Siz hayotingizda nimalarga erishmoqchisiz? Sizga nimalar/kimlar toʻsqinlik qilayapti?
Hamma hayotda yaxshi yashashni hohlaydi, lekin hamma ham unday boʻlmaydi, Yer yuzidagi 10% odamda qolgan 90% odamning pulini toʻplagandan ham katta pul bor, Jeff Bezos, Bill Geyts kabilarning boyliklari baʼzi davlatlarning mablagʻlaridan koʻp!
Oʻzbekiston 2020-yil.
Bahor.
Koronavirus rasman qayd etildi va karantin eʼlon qilindi. Buni yaxshi va yomon tomonlari boʻldi.
Yaxshi tomoni davlatimiz qanchalik rasvo boʻlganini, botqoqqa botayotganini emas, botib boʻlganini koʻrdik, koʻrmaganlar koʻzingizni oching/TVni oʻchiring-koʻrmang ular bizga shu paytgacha spektakllar qoʻyganini anglang. TVda xalq forovon, rivojlanyapti, jahon standartlari, dunyo tan olyapti....
Bu yoqda real hayotda biz qoloq/3-dunyo deydigan davlatlar bilan xalqaro reytinglarda bir qatorda tizilishib turibmiz(internet tezligi, inson huquqlari, soʻz erkinligi boʻyicha). Nega? Singapurning mustaqil boʻlganiga 25yil boʻlganida juda katta yutuqlarga erishgan davlat. Nega shu "davlatcha"chalik boʻlmadik, kattaligi Xiva viloyatidan joy. Shu paytgacha uxlaganimiz/tush-teatr koʻrganimiz yetar!
Yilliga milliardlab davlat mablagʻlari oʻmarilyapti, chetdagilar emas oʻzimizdagilar qilayapti?!
Baʼzilar aytadi:
— Aka bu ishiz yomon, qayting, siyosatga aralashmang
— Davlatimizni faqat yomon tomonlarini koʻravermang, yaxshi tomonlari ham bor.
— Aka qalesiz, hech kim kelmadimi uyizga!?
..........
Qachongacha qoʻrqib yashaymiz.
Bunday murojaatlar ham boʻlgan:
— Shikoyatiz boʻlsa, kanal ochvolib noliyvermasdan turib harakat qiling. Bekor shunchasini qoʻynini puch yongʻoqqa toʻldiryapsiz, biror partiya oching, deputat boʻling va hokazo va hokazo....
Koʻrdik gapirganlarni bittasi Dadaxon Hasanovmi (https://t.me/nozimsafari/4250) yoki Guljahon opami (https://sof.uz/uz/post/muammolarni-ochiq-aytgan-toshkent-viloyati-bosh-infekcionisti-hibsga-olindi), qamasa qamab chiritvorsin lekin bundan menga foyda yoʻq davlatga bor ertaga men biror 100/100odam toʻplab, davlatga qarshi chiqishim mumkinmi?
Vanihoyat.
Sabr qilaylik, hammasi oʻtib ketadi! Ularga ham oson emas, katta davlatni boshqarish oʻyinchoqmi? Senga kim qoʻyibdi gapirishni?
Yoʻqal mollarga suv ber.
Mana ahvol!
Sabr qilishni qachon boshladik?
Xonlik davridami? Chor Rossiyasi davridami yo Sobiq Ittifoq mi?
Nega shunchalik bariga chidab kelyapmiz? Sabr degan kosamiz toʻlmaydigan, teshilib qolganmi?
Nahotki biz olomonligimizcha qolib ketsak? Qayoqqa yur desa yurib ketadigan? Rozi boʻlaveramiz: agenlik/vazirlik/boshqarma/qoʻmita yana bir balolar tuziladi, qonunlar chiqariladi(IMEI, oʻtgam yilgi FARALAR) bizdan soʻralganmi?
Hey Xalq, mana bunday boʻlyapti, rozimisizlar deyilganmi eslang?
Yoʻq yoʻq yoʻq yoʻq
Nega chunki oʻzimiz ham talab qilmadik!
Uygʻon Olomon, Xalq boʻl
Meni qoralash uchun👇
T.me/MyBlueBook
🔋 iPhone 6s batareyasining ishlash muddatini har xil iOS bilan taqqoslash

Bunday vaqtda smartfonlar to'liq zaryadsizlandi:

• iOS 10.3.3 bilan ishlaydigan iPhone 6s - 3 soat 32 daqiqa
• iOS 11.4.1 bilan ishlaydigan iPhone 6s - 3 soat 13 daqiqa
• iOS 12.1 bilan ishlaydigan iPhone 6s - 1 soat 53 daqiqa
• iOS 13.7 bilan ishlaydigan iPhone 6s - 3 soat 3 daqiqa va 3 soat 4 daqiqa
• iOS 14 bilan ishlaydigan iPhone 6s - 3 soat 4 daqiqa

P.s Bu oʻrtacha vaqt!
#iphone #apple #ios
👉@Secretius👇
Forwarded from Powered by: Secretius (@Rustambek_Uz | 15:51:18 😎) via @Tg_PostsBot
@Posbon_UzBot V.1.2.0 Versiyaga Yangiladi.🥳

•Yangi xususiyatlari.😇
+Pro buyruqlar Qoʻshildi.
+Xatoliklar tuzatiladi •
+Ishlash Yaxshilandi.•
Ishlatilgan tibbiy niqob kattalashtirilgan...
#micro
👉@Secretius👇
Prezident Donald Tramp “Oracle” va “TikTok” o’rtasidagi kelishuvni ma’qullaganini e’lon qildi.

Demak, “TikTok” faoliyati AQShda taqiqlanmaydigan bo’ldi.

"TikTok"ning AQShdagi amaliyotlari uchun alohida kompaniya tashkil etilarkan. Uni "Oracle" va "Walmart" boshqaradi. Ijtimoiy tarmoq biznesiga "Walmart" supermarketlar tarmog'ining ham qo'shilgani qiziq.

Trampga ko'ra, AQShda tashkil etilayotgan bu kompaniyaning 25 ming ishchisi bo'ladi.

Shuningdek, kompaniya 5 mlrd. dollarlik ta’lim jamg’armasi ham tashkil etish majburiyatini olgan.

“TikTok”ning birgina AQShdagi biznesi shunchalik katta ekanini tasavvur qilmagan edim.

AQShda ijtimoy tarmoqning 100 million foydalanuvchisi bor.

Bu kelishuv amalga oshishi uchun uni Xitoy hukumati ham ma'qullashi kerak.
#tiktok #AQSH
P.s Bekor qilding bekor qilding shu ishni🤣
© Vashington kundaligi
👉@Secretius👇
⚡️Huawei kompaniyasi kelgusi yilda o'zining Harmony OS operatsion tizimida ishlaydigan birinchi smartfonni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning bosh menejeri Richard Yu aytib berdi.

Uning ta'kidlashicha, Harmony OS-dagi smartfon uzoq vaqtdan beri tayyor, ammo u Google bilan tuzilgan ba'zi kelishuvlar tufayli chiqarilmagan.
Bu yil Huawei o'z operatsion tizimida aqlli soatlar va boshqa bir qancha asboblarni namoyish etishni rejalashtirmoqda.
#huawei #phone #hormonyos
👉@Secretius👇
Nima deb oʻylaysiz, bunday mahorat uchun qancha vaqt tayyorlanish/shugʻullanish kerak?
👉@Secretius👇
Quantium Stealth shunday xususiyatga egaki, u yorug‘likni shunday sindiradiki, o‘ziga eng yaqin va eng uzoq joylashgan ob’yektlarnigina ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Quantium Stealth orqasidagi obyekt deyarli ko‘rinmaydi.
#koʻrinmas
👉@Secretius👇
Mendan "Mana bunday video qanday yasaladi?" deb koʻp soʻrashadi. Qaysi dasturligini va qanday yasalishini topdim)
Marhamat faqat bizda emas-u, lekin bizda bor😅
P.s Aytib qoʻyay, oson emas ekan
#video #editor #apk
👉@Secretius👇
#Yangiliklar Tarmoqda Vivo V20 va V20 SE smartfonlarining press-renderlari paydo bo'ldi, namoyish bugunga belgilangan.

Ikkalasi ham 6,44 dyuymli AMOLED ekranlarga ega, Full HD + piksellar soniga ega, 8 + 128 Gb xotirali va tez quvvat oladigan
33 vatt

"Eski" model Snapdragon 720G va 4000 mA/soat batareyaga, "yoshrogʻi" Snapdragon 665 va 4100 mA/soat batareyaga ega bo'ladi.
P.s Aka V17 chiqibdi deyishdi menga🤣, V20 chiqadi bugun dedim!
👉@Secretius👇
John Deere - kabinasiz mustaqil elektr traktor
#techno #agrar #tractor #traktor
P.s Bizda haliyam "pat-pat"lar bor)))
👉@Secretius👇
👓 4K DreamGlass AR ko'zoynagi.

DreamGlass 4K - keng ekranli kinoteatr tashkil qiluvchi koʻzoynak.
Bir martalik zaryadi 2ta film uchun yetadi.
Narxi - 400$
P.s Uyni qorongʻu qilib telefonimda koʻraman undan koʻra😅
👉@Secretius👇
Humans haqida...
Tezlik uzogʻi 600 kb/s, baʼzida 1mb/s
Ishlataversak koʻramiz yangiliklarni ulashamiz)
👉@Secretius
Boshqa joylarda ham sinab koʻryapman
#humans #card #sim
👉@Secretius
Geoscan Group'ning osmondagi 800ta droni

Geoscan Group kompaniyasi dasturiy ta'minot va texnik qismni sinab ko'rish va takomillashtirish maqsadida birdaniga 800 ta dronni osmonga olib chiqib, dron spektaklni namoyish etdi.
#dron #techno
👉@Secretius👇
Koʻp soʻrashdi Humans Kompaniyasi haqida ham yozinglar, nega yozmayapsizlar deb, chunki qulay vaqtni kutdik. Hamma keyslar ochilgandan keyin batafsil maʼlumot beramiz dedik va "xitrlik" bilan kutdik. Kompaniya 8-sentyabr kuni o‘z faoliyatini boshlash uchun barcha ruxsatnomalarni (litsenziyalar) qo‘lga kiritdi.
Humans kompaniyasi ikki oylik faoliyati yakunlari va yaqin kelajakdagi rejalarini e’lon qildi. E’lon qilingan yangi mahsulotlar qatoridan mobil aloqa operatori xizmati, bank kartasi hamda mahsulotlar va xizmatlarning onlayn vitrinasi o‘rin olgan. Kompaniya, shuningdek, o‘zining har bir sodiq mijoziga 15 ming so‘m miqdorida keshbek taqdim etdi.
“Biz — beshinchi uyali aloqa operatorimiz. Kompaniya o‘z faoliyatini boshlash uchun barcha ruxsatnomalarni (litsenziyalar) qo‘lga kiritdi. Biz O‘zbekistonda mobil aloqa aynan qanday bo‘lishi bilan bog‘liq tasavvurni butunlay o‘zgartiramiz. Siz o‘zingizga qancha trafik kerakligini o‘zingiz belgilashingiz mumkin: kam daqiqa, ammo ko‘p gigabayt yoki, aksincha, ko‘p daqiqa va kam gigabayt.
Siz trafik paketidan butunlay voz kechishingiz mumkin, yoki, aksincha, uch, o‘n va o‘ttiz kunga cheksiz trafikni ulash imkoniga ega bo‘lasiz.
Shuningdek, biz foydalanuvchilarimizga messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, musiqa ilovalari va video-servislariga cheksiz kirishni sotib olish imkonini beramiz. Masalan, 25 ming so‘m evaziga bir oyga cheksiz Instagram va cheksiz YouTube’ni ulash mumkin bo‘ladi.
Afsuski, karantin cheklovlari va ofisning masofaviy ishlash tartibi loyihaning muddatida ishga tushirilishiga ta’sir qildi. Shu bois, Humans pulli uyali aloqa operatori xizmatlari va bank kartalaridan foydalanish sentyabr oyida boshlanadi.
15 sentyabrga qadar oldindan buyurtma berishni qo‘llagan har bir mijoz uchun depozit evaziga cheksiz aloqa taqdim etiladi. Xizmatni ulaganlar esa, ularning depozitida 300 ming so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga bir oy davomida cheksiz va tekin aloqadan foydalanish imkonini qo‘lga kiritadilar," — deydi, Humans asoschisi va rahbari Vladimir Dobrinin.
Tanlash va buyurtma berishni HUMANS.uz ilovasi yoki sayt orqali amalga oshirish mumkin.
Humans bank kartasi — VISA to‘lov tizimi hisobida o‘zbek so‘mi mavjud bo‘lgan karta turidir. Ushbu karta nafaqat O‘zbekistonning barcha do‘konlarida, balki xorijda ham to‘lovlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadi.

Kompaniya haqida
“HUMANS” MCHJ 2016 yilda tashkil etilgan Humans kompaniyalar guruhiga kiradi. Ushbu guruh moliya sektori, telekommunikatsiya, axborot almashinuvi va tibbiyot sohalarida texnologik loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Humans ofislari Singapur, Nyu-York, Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk va Toshkentda joylashgan.
Guruhning ishlaydigan loyihalari orasida ishlar va insonlarni qidirish uchun sun’iy intellektdan foydalanadigan HUMANS.net HP-tech platformasi mavjud.
2020 yil iyun oyida Humans guruhi O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar, uyali aloqa operatorlari xizmatlari va onlayn to‘lov vitrinalarini birlashtirgan moliyaviy texnik ilovasining birinchi versiyasini taqdim etdi.
2020 yilning avgust oyidan boshlab Humans — O‘zbekistondagi beshinchi uyali aloqa operatori.


🔢Tarif yasash va Raqam buyurtma qilish

🔸Humans oʻzi haqida

🔸Humans yuridik maʼlumotlari

🔸Humans'ga ishga kirmoqchiman, nima qilishim kerak?

🔸Humans SIM-kartasini olganlar bepul Visa plastik kartasiga ega boʻladi!?

🔸Humans qayerda?

Aloqa: E-Pochta - hello@humans.uz
Qisqa raqam - 1234
P.s Qoʻshimcha maʼlumotlarni koʻk yozuvlar ustiga bosib koʻrishingiz/tanishishingiz mumkin! Doʻstlaringizga yuboring)
#humans #card
👉@Secretius👇