️Secretius
9.5K subscribers
715 photos
431 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#darslik
@Manybot'da ishlash
Menuli bot ochish
Tayyorladi: @Jamshidbek_O

🔐 @Secretius🔓
Xukumat qaroriga muvofik agarda fuqarolar 1 oyda 200 kv.soat elektr energiyasi va 200 kub.metrdan kam tabiiy gaz iste’mol qilsa, ularning barcha kommunal xarajatlari davlat byudjeti tomonidan to‘liq qoplab beriladi. Mart, aprel va may oylari uchun. Bu moliyaviy yordam ichimlik suvi va chiqindi tashish xizmatlariga xam tegishli. Davlat tomonidan xonadonlarning kommunal to‘lovlari qoplab berish aksiyasi 1.2 mln xonadonni qamrab oladi. Tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovlar 671 000 xonadon qamrab olinadi.

Shu joyida bu qaysi mamlakat xaqida degan savol ga katta xarflar bilan GRUZIYA deyman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SpaceX
#koinot
SpaceX ning Oy va Marsga koloniyalar qurish uchun mo'ljallangan Starship kemasi, test jarayonida portlab ketdi.
🔐 @Secretius 🔐
Akaxonlarim to'liq varianti Muhammadziyo jonli ijr
<unknown>
Bir paytlar kanalimizda postlar, maqolalar, darsliklar kamaygan orginalligini yoʻqotgan edi.
Oʻshanda qulogʻimga bir gap chalingan "Secretius sindi"
Bu ogʻir botgan.
Toʻgʻri kimgadir bu oddiy kanaldir, lekin menga yoʻq.
Men kabi obunachilarim ham bor oʻsha paytdan beri, kanal faoliyatini boshlagan vaqtda ham birga boʻlganlar bor.
Rahmat sizlarga!!!
By @SalohiddinUz
P.s Qoʻshiq menga yoqdi
#Tavsiya
#musiqa_zavqi
🔐 @Secretius 🔐
GTA o'ynaydiganlar bormi? Video chiqarmoqchi edik GTA San Andreas ni telefonda o'ynash haqida (nima qildik video olaylikmi?)
Anonymous Poll
69%
Ha tashlanglar
31%
Yo'q shart emas!
“Xira moviy nuqta”. 1990-yil 14-fevral kuni Yerdan 6 milliard kilometr masofada Voyager 1 kosmik kemasidan olingan Yer sayyorasining fotosurati.

Suratdagi mana bu nuqtaga eʼtibor bilan qarang. Xuddi shu yer, shu yer bizning uyimiz! Mana shu – biz! Yaqin kishingiz, siz tanigan-bilgan, koʻrgan-eshitgan – hammasi shu yerdan makon topgan. Mutaassib dindorlar, minglab mafkurayu iqtisodiy taʼlimotlar, insoniyat tarixida oʻtgan har bir termachiyu ovchi, qahramonu qoʻrqoq, tamaddunlar bunyodkoriyu vayronkori, olam sarvari atalmish podshohu oddiy bir dehqon, oshiqu maʼshuq, ota-onayu ularga umid toʻla koʻzlarini tikkan farzand, mashhur ixtirochiyu izlanuvchi, axloq peshvosiyu nobop siyosatchi, “super yulduz”u “oliy rahnamo” – barcha-barchasi shu yerda – quyosh shuʼlasida suzib yurgan girdibodda umr kechiradi.

Zamin – ulkan koinot bagʻridagi mitti sahna. Shon-shavkat va gʻalaba ilinjida daryo-daryo qon toʻkkan generalu imperatorlarni eslang. Ular ana shu girdibodning birgina zarrasiga oniy fursat egalik qila olgan, xolos. Ayni shu “nuqta”ning bir puchmogʻida umr kechiruvchi insonlar uning boshqa tomonida yashovchi oʻzlaridan deyarli farq qilmaydigan turdoshlariga mislsiz zoʻravonliklar qilgani, ular oʻrtasida tushunmovchilik naqadar odatiy hol ekanini, bir-birining qoniga qanchalar tashna boʻlganiyu bir-biriga nafrati koʻkka oʻrlaganini bir mulohaza qilib koʻring. Ana shu miltirab turgan shuʼla bu dunyodagi munofiqligu manmanliklarimiz, koinotdagi eng nufuzli mavqe bizga tegishli degan soxta tasavvurlarimiz asosini larzaga keltirsa ne ajab…
Karl Sagan
Astrofizik
Илон Маск тарихда илк бор ҳусусий ракетада фазога астронавтларни учирибди.

АҚШ нега энг ривожланган давлат эканини, АҚШликлар нега хаммадан олдинда эканини тушундингизми?

Илон Маск президентнинг куёви, ёки бирон катта амалдорнинг жияни эмас!

Илон Маскни бирон марта налоговий, снб, прократура босмади!

Илон Маскни бирор монополистик ташкилот ёптириб юбормади.

Илон Маскдан хеч ким "доля" сўрамади!

Илон Маск мингта жойдан справка, документ, бало-баттарлар йиғмади.

Илон Маскни аеродромини хокимият келиб бузмади.

Илон Маск неча йиллик меҳнатини, твда чиқиб Доналд Трампни мадҳ қилишга алишмади. Хаммасига ўз кучи билан эришганини кўрсатди.

Илон Маск бу ишни қилаётганида атрофидагилар кулмади. Бўладиган иш қил демади. Қўллаб-қувватлади.

Илон Маскни фаолиятини қандайдир қора-кучларга, масонларга боғлаб иғво қилишмади.

Илон Маск ракета учиришидан олдин мингта одамни тўплаб халққа ош бермади.

Илон Маск ўз ишида мутахассис бўлган инсонларни ишлатди. Жиянини, қайнисини ва ҳоказоларни ишга олмади.

Илон Маскни давлатнинг энг катта ва махфий космик ташкилоти НАСА қўллаб-қувватлади. Маълумотларни ўртоқлашди. Бизга ўхшаб хар нарсани давлат сири даражасигача олиб чиқиб, оёғидан чалмади.

Илон Маск ишчиларига келиб-кетиб вақт ўтказгани учун ойлик тўламади. Ўзи дачама-дача айшу-ишрат қилиб юрмади. Хамма ишни тепасида туриб шахсан назорат қилди.

Илон Маскни ишчиларини кўча тозалашга, пахта теришга олиб-кетиб қолишмади. Доналд Трамп шу штатга келаркан деб ишларини тўхтатиб, аеродром атрофини супиртиришмади.

Илон Маск ушалмасдек орзусидан кечмади. Уч-тўрт сўм пул топиб, бир-иккита точкани арендага бериб, уйланиб, бола-чақани боқиб тинч ётмади.

Илон Маск хамма нарсани тайёр Хитойдан олиб келтириб йиғдирмади. Ўзи ясади, тажриба қилди. Мустаҳкам қилди.

Хуллас гап кўп. Ичимни эса алам туйғуси ёндираяпти.

Қудратуллоҳ Aҳмад
🔐 @Secretius
#news #apps
​​📱 Mobil ilovalarni yuklab olish rekord darajaga yetdi

Koronavirusning tarqalishi mobil ilovalar dunyosiga katta taʼsir ko‘rsatadi. Hozir odamlar mobil dasturlar uchun kuniga o‘rtacha 3 soat 40 minutini sarflashmoqda.

2020-yilda yuklab olishlar rekord darajaga yetdi. Foydalanuvchilar 204 milliard marta mobil ilovalarni yuklab olgan va ular uchun 120 milliard dollar xarajat qilishgan. Talabning oshib ketishi mobil ilovalar olamida o‘zgarishlarning tez-tez sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Masalan, o'tgan hafta mobaynida:

✔️ Hindistonda "Tik Tok" ilovasidan foydalanish davomida nosozlik vujudga keldi.

✔️IGTV reklama olishni boshladi.

✔️HBO yangi video uzatish platforamasi HBO Max ilovasini yaratdi.

🔐 @Secretius 🔐
Mana bu joydan ARM nechiligini bilib olasiz!
ARM 7
Va ARM 64
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana do'stlar PUBG haqida 1-Video #darslik tayyor bo'ldi albatta yana davom etamiz... faqat biroz sabr.. hamda qunt kerak holos)))
Videoga qisqacha ta'rif: ushbu video da siz PUBG ni sirlarini bilib olasizlar!
By:@Programming_World_Loading
🔐 @Secretius 🔓uchun maxsus
AQShda "Gentle Giant" o'limi IT sohasiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatdi

Jorj Floyd ("Gentle giant") o‘limidan so‘ng AQSHda boshlangan noroziliklar IT olamida bir qator o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Xususan:

✔️Sony kompaniyasi 4 iyun kuni rejalashtirgan yangi "Play Station 5" taqdimotini qoldirishga majbur bo‘ldi.

✔️O‘tgan hafta davomida AQSHda politsiya skaner dasturlari va xavfsizlik dasturlarining yuklab olinishi rekord darajaga yetdi. Birgina yakshanba kuni 35 700 marta dasturga murojaat qilingan.

✔️Mashhur IT kompaniyalari yuqoridagi norozilikka munosabatlarini turli xil hesh taglar bilan bildirmoqda. Birinchi bo‘lib Twitter o‘z tarmog‘ida #BlaskLivesMatter hash tagi ostida tvit qoldirdi. Undan so‘ng Snapchat, Facebook ham o‘z xayrihohliklarini bildirishdi.
Kanalga ulanish👇:
http://t.me/joinchat/AAAAAEYVflWNCFreLIOjJg
Boshqa tarmoqlarda kuzatib boring, obuna boʻling!
YouTube kanalingizni rivojlantirib olishingiz uchun sayt va onlayn-servislar ro'yxatini taqdim etishga qaror qildik.

Eng yaxshilari
🔅 BossLike.ru
🔅 VkTarget.ru
🔅 Qcomment.ru
🔅 RedSurf.ru
🔅 Cashbox.ru
🔅 Vipip.ru

Nisbatan yomonroqlari
📎 SocLike.ru
📎 VKmix.com
📎 SocGain.com
📎 Like4u.ru
📎 Ytuber.ru
📎 Prospero.ru
📎 Forumok.com

Sayt tanlayotganingizda obunachilar sizning kanalingizga qo'shilgandan keyin chiqib ketmasligiga kafolat beruvchi saytlarni tanlang.

Mana yana siz uchun sun'iy rivojlanish uchun ilova:
Втопе
Ilovaning minuslari ko'p bo'lgani uchun, yuqorida ko'rsatilgan sayt va sevislardan foydalanishingizni maslahat beramiz.

Bundan tashqari pumpyt.com degan qoyilmaqom sayt bor. Unda barcha yutuberlar yig'ilib bir birlariga yordam berishadi. Ular birgalikda yangi videolarni ko'rishadi, layk bosishadi va izoh qoldirishadi. Bu esa hech qanday dasturlarsiz ham juda samarali ishlaydi.
🔐 @Secretius 🔐
Yana koʻproq maʼlumot boshqa tarmoq sahifalarimizda👇
3 iyun—joriy taqvim bo‘yicha 2020 yilning 154-kuni.

Voqealar:
1994 yil. Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari Bolalar folklor-etnografik festivali yakunlandi.
1539 yil. Florida Ispaniya hududi deb e'lon qilindi.
1785 yil. Londonda Fransua Blanshar birinchi parashyutni sinovdan o‘tkazdi.
1789 yil. Aleks Makenzi Kanadadagi Makenzi daryosini kashf etdi.
2006 yil. Chernogoriya parlamenti mamlakat mustaqilligini e'lon qildi.

Tavalludlar:
1843 yil. Rus botanigi va tabiatshunosi Kliment Arkadevich Timiryazev,
1924 yil. Shved vrach-neyrofiziologi, 1981 yilgi Nobel mukofoti sohibi Torsten Nils Vizel,
1974 yil. Ukrain futbolchisi Sergey Rebrov,
1982 yil. Rus yengilatletika ustasi, Olimpiada chempioni Yelena Isinbayeva,
1986 yil. Ispaniyalik taniqli raketka ustasi, “Katta dubulg‘a” turnirlarining 14-karra g‘olibi, 2008 yilgi Olimpiada chempioni Rafael Nadal.
🔐 @Secretius 🔐
Bir kuni,
Bir alvon
Zamon keladi,
Zamin uzra
Omon-omon bo‘ladi.

O‘n yilmi,
Yuz yilmi o‘tib oradan,
Urushlar,
Nizolar ketib oradan,
To‘plar
Adirlarda bug‘doy o‘radi,
Tanklar
Dalalarda paxta teradi.
Millatlar,
Elatlar
Oq tan, qora tan
Hammasi
Hazrati inson bo‘ladi...
Olam guliston bo‘ladi...
Bir kun...

Shoirlar-chi, bobo,
Shoirlar nima bo‘ladi?
Shoirlarning shodlikdan
Yuraklari yorilib o‘ladi!

M. Yusuf
🔐 @Secretius 🔐