️Secretius
8.87K subscribers
745 photos
441 videos
150 files
1.96K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Telegramda yangilanish chiqdi

Yangi yangilanishda endi ommaviy postlar bo‘yicha global qidiruv mavjud — dastlab faqat Telegram Premium foydalanuvchilari uchun. Hikoyalarni albomlarga birlashtirish mumkin, bu mavzuga oid to‘plamlar yoki shaxsiy kolleksiyalar uchun qulay.

Sovg‘alar ham endi filtrlash imkoniyati bilan kolleksiyalarga guruhlanishi mumkin, va profilga Telegram Stars faoliyatiga asoslangan yangi reyting qo‘shildi.

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍42❤‍🔥1
Natriy-ion(yoki temir-tuz) va litiy-ion batareyalar ikkalasi ham energiyani saqlash uchun juda yaxshi, ammo ularning kuchli va zaif tomonlari bor. Temir-tuzli akkumulyatorlar iqtisodiy samaradorlik, uzoq vaqt saqlash va ko'proq foydalanish imkoniyatlari tufayli tobora ommalashib bormoqda. Lityum-ion batareyalar yuqori samarali bo'lsa-da, lityumning narxi va mavjudligi bilan bog'liq muammolarga duch keladi.

Aloqador postlar:
https://t.me/Secretius/5283
https://t.me/Secretius/5632

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
1👍6
Ilon Mask asos solgan Neuralink kompaniyasi Buyuk Britaniyada o‘zining birinchi klinik tadqiqotlarini boshlaganini e’lon qildi.🧠

Kompaniya University College London Hospitals va Newcastle Hospitals bilan hamkorlikda neyroimplantlar nogironligi bo‘lgan bemorlarga “raqamli mustaqillik”ni tiklashda qanday yordam berishi mumkinligini o‘rganmoqda.

Ishtirokchilarga bo‘lgan talablar: orqa miya shikastlanishi yoki yon amiotrofik skleroz (ALS) tufayli falajlikka uchragan bemorlar. Tadqiqotchilar UCLHdan 7 nafar ishtirokchini tanlab, neyrointerfeysning xavfsizligi va funksionalligini sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda (Bloomberg xabariga ko‘ra).

Neuralink inson ongining kuchi bilan qurilmalarni boshqarish imkonini beruvchi chiplarni ishlab chiqmoqda. Dastlabki operatsiya 2024-yil boshida o‘tkazilgan, va Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar kamida 9 kishi ushbu neyrochiplardan olgan.

AQShdan tashqari, hozirda Kanada va BAAda ham sinovlar o‘tkazilmoqda.

Kompaniya faol o‘sishda davom etmoqda: 2031-yilgacha har yili 20 mingtagacha chip implantatsiyasini amalga oshirish va 5 ta ixtisoslashtirilgan klinika ochishni rejalashtirmoqda.

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
🫢Rockstar yoshni tekshirishni joriy qiladi — ehtimol, yaqin orada GTA Online-da NORMAL o‘ynash uchun 18 yoshga to‘lganingizni isbotlashingiz kerak bo‘ladi

❗️Agar siz tekshiruvdan o‘tmasangiz yoki yoshingiz 18 dan kichik bo‘lsa, sizni quyidagi cheklovlar kutmoqda:
-Oddiy chatga cheklovlar
-Ovozli chatni o‘chirish
-Strip-klublardagi barcha 18+ faoliyatlarni bloklash

A.P: https://t.me/Secretius/5518
https://t.me/Secretius/5706

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯63👍2
"Open AI keyingi bir necha oy ichida yangi modellar, mahsulotlar va funksiyalar kabi ko'plab narsalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Bu jarayon baʼzi muammolar va quvvat cheklovlarini yuzaga keltirishi mumkin.
Garchi biroz uzilishlar bo'lishi mumkin bo'lsa-da, ular yaratgan narsalar foydalanuvchilarga yoqishiga ishonadi" deya ulashdi ohirgi postida Sem Altman.

Yangilanishdan so'ng bizni ehtimol gpt-5 sora-2 va chatgpt brauzer kutib turgan bo'lishi mumkin

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍41
Insayderlar sentyabr oyida chiqishi mumkin bo'lgan barcha yangi Apple mahsulotlarini namoyish etishdi. Hech qanday inqilobiy o'zgarish yo'q, apelsin ranglisidan boshqa👏

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎8😱1
Yangi iPhonelarda inson ko‘ziga yaqin, hatto undan ham yaxshiroq ko‘ra oladigan kamera bo‘ladi. Sensor $100,000lik kinokameralardan ham yaxshiroq bo‘ladi.

Weibo-dan kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, Apple o‘zining yangi sensori ustida ishlamoqda, uning dinamik diapazoni 20 stopgacha yetadi. Taqqoslash uchun: inson ko‘zining diapazoni 20–30, aksariyat smartfonlarda esa maksimal 13...

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👎7👍2
Meta Instagram yangi yangilanishiga joylashuv axborotini(Instagram xaritasi yordamida)almashish va postlar qayta yuklash(repost) qilish funksiyasini qo'shadi. Bu yangilanishda "reels" bo'limida "do'stlar" yorlig'i bo'lishi kutilmoqda. Bu yorliqda do'stlaringiz yoqtirgan, sharxlagan yoki repost qilgan videolarni ko'rish imkoni bo'ladi.

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👏32👎1
️Secretius
"Open AI keyingi bir necha oy ichida yangi modellar, mahsulotlar va funksiyalar kabi ko'plab narsalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu jarayon baʼzi muammolar va quvvat cheklovlarini yuzaga keltirishi mumkin. Garchi biroz uzilishlar bo'lishi mumkin…
GPT-5 chiqdi — OpenAI uni «yangi ish davri» deb atamoqda. Model oldingilaridan ancha aniq va aqlli.

Loyihalarni boshqarishi, kod yozishi, Twitterni klonlashi, o‘yinlar, saytlar, matnlar va hatto shifokorga maslahatlar yaratishi mumkin. Foydalanish hamma uchun bepul bo'ladi

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍5
Avstraliyada hayvonlar bilan uchraydigan to'qnashuvlarni oldini oladigan AI yaratildi

Neyron tarmoq yo'l ustidagi hayvonlar haqida ma'lumotni yo'l ustunlaridagi sensorlardan oladi. U hayvonlarning qayerda ekanligini aniqlaydi va ularning joylashuvini aqlli yo'l belgilari orqali uzatadi. Belgilar haydovchilarga keyingi burilishda masalan kenguru borligini yoki yo'lda o'tib ketishi kerak bo'lgan o'rdaklar borligidan ogohlantiradi.

Bu dunyodagi birinchi texnologiya bo'lib, hayvonlar bilan to'qnashuvni 97% aniqlik bilan oldini oladi

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
1
️Secretius
GPT-5 chiqdi — OpenAI uni «yangi ish davri» deb atamoqda. Model oldingilaridan ancha aniq va aqlli. Loyihalarni boshqarishi, kod yozishi, Twitterni klonlashi, o‘yinlar, saytlar, matnlar va hatto shifokorga maslahatlar yaratishi mumkin. Foydalanish hamma uchun…
Yangi GPT-5 muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Model oldingilariga qaraganda sekin yoki aqldan ozgan deb yozmoqda sinovchilar. Ko'p so'rovlar mini-versiyalarga yuborilmoqda yoki botning chalg'ishi tufayli boshqa javoblarni bermoqda.

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍4😁3
️Secretius
Yangi GPT-5 muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Model oldingilariga qaraganda sekin yoki aqldan ozgan deb yozmoqda sinovchilar. Ko'p so'rovlar mini-versiyalarga yuborilmoqda yoki botning chalg'ishi tufayli boshqa javoblarni bermoqda. 🔐@Secretius - Fan, Texnika…
Grok 4 endi hammaga bepul.

Ilon Mask o‘zining neyron tarmog‘iga to‘liq kirishni ochdi, u asosiy benchmarklarda GPT-5 dan biroz orqada qoladi, ba'zi jihatlarda esa undan ustunroq

Model ayniqsa kod yozish va ilovalar ishlab chiqishda yaxshi ishlaydi.

Bepul foydalanuvchilar Grok 4 ga har 12 soatda beshta so‘rov yuborishlari mumkin.

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
9👍1
Britaniya fuqarolardan eski fotosuratlar va elektron pochta xabarlarini o‘chirishni so‘ramoqda sabab «suvni tejash» uchun. Rasmiy tushuntirish: ma'lumot markazlari serverlarni sovutish uchun suv sarflaydi, kamroq ma'lumot 👉 kamroq sovutish.

P.s: suv (va energiya) asosan protsessorlar va video kartalar ishlashi uchun ketadi, 2018-yildagi oshnamizni zapalini saqlash uchun emas

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁141
YouTube voyaga yetmaganlarni onlayn tarzda yoshini aniqlash va himoya qilish uchun AQShda Al-powered yoshni tekshirish tizimini joriy qilmoqda, deb yozadi U.S. News & World Report

Bundan keyin bolalarning internetdagi nomaqbul kontentga kirishining oldini olish maqsadida YouTubeda chorshanba kunidan boshlab sun'iy intellekt yordamida foydalanuvchilarning yoshini taxmin qilishni boshlaydi.

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍31👏1
Samolyotlarda internet?

Aviakompaniyalar bortda Wi-Fi taklif qiladi, lekin odatda undan foydalanish uchun to'lash kerak bo'ladi. Siz qurilmangizda samolyot rejimini yoqishingiz va keyin aviakompaniyaning parvozdagi Wi-Fi tarmog'iga ulanishingiz kerak.

Samolyotda Internetga qanday ulanish mumkin:

1. Samolyot rejimini yoqing:

Bu uyali aloqa va boshqa simsiz ulanishlarni o'chirish uchun parvozdan oldin bajarilishi kerak.

2. Wi-Fi ga ulaning:

Mavjud tarmoqlar ro'yxatida aviakompaniya tomonidan taklif qilingan tarmoqni toping (masalan, UZAIRWAYSCONNECT yoki UZAIRWAYSWIFI).

3. Brauzeringizni oching:

Aviakompaniya tomonidan taqdim etilgan manzilga o'ting (masalan, connect.uzairways.com yoki wifi.uzairways.com).

4. Ko'rsatmalarga amal qiling:

Odatda siz tizimga kirishingiz, tarif rejasini tanlashingiz va buning uchun to'lashingiz kerak.

Samolyotlarda internet narxlari aviakompaniya va trafik hajmiga qarab farq qiladi. Misol uchun, LiveJournal ma'lumotlariga ko'ra, 20 MB paketning narxi 8 dan 10 dollargacha, 100 MB esa 20-30 dollargacha bo'lishi mumkin.

O'zbekiston havo yo'llari(uzairways)da Internet-paket narxi 3,5 dan 28,9 dollargacha, hajmi esa 20 Mb dan 220 MB gacha (https://promo.uzairways.com/ru saytni bir necha bor tekshirdim ishlamayapti..)
Shuningdek beeline Uzbekistan(hambi) o'z abonentlariga maxsus xizmatlarini taqdim etadi. Beeline abonentlari uchun samolyot bortida cheksiz Internet to'plami 89 000 so'm.
Ucell abonentlari bunday xizmatdan 70 000 so'm evaziga foydalanishi mumkin.

P.s: xizmatlardan foydalanishdan oldin o'z tadqiqotingizni qiling. Hozir esa admin G'ishmat 4soatlik parvozni internetsiz o'tkazadi

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
6👍1