️Secretius
9.91K subscribers
697 photos
427 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Xavfsizlik tizimida eng nozik boʻgʻin bu odam. Har qanday tizim buziladi, agar bunga siz yoʻl qoʻygan boʻlsangiz/eʼtiborli va ehtiyotkor boʻlmagan boʻlsangiz. Xavfsizlikni taʼminlash uchun taraflar oʻz burchini bajarishi kerak.

Tarmoq xavfsiz emasligini bilsangiz u yerdan ketishingiz kerak(Facebook, Whatsapp va hk.)

#xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
@Secretius ReadEra Premium.apk
12.7 MB
ReadEra - kitob o'qish uchun ajoyib dastur. Kitoblarni PDF, EPUB, WORD (DOC, DOCX, RTF), MOBI, FB2, DJVU, TXT va CHM formatlarida bepul, oflayn o'qish va eng asosiysi qulay tarzda oʻqish imkoniyatini beradi.

#apk #ilova

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Nega odam uxlab qolish paytini eslamaydi?

Yotishdan oldin miyaning qisqa muddatli xotirasigina yoniq boʻladi.
Biror kishi uyqusidan 5 daqiqa oldin nima boʻlganini eslamaydi. Uyqu paytida bizning uzoq muddatli xotiramiz o'chiriladi. Masalan, agar siz uxlayotgan kishini uyg'otib, undan biron bir narsani so'rasangiz va u 5 daqiqadan kamroq vaqt ichida uxlab qolsa, u uygʻonganidan keyin u suhbat haqida hech narsa eslamaydi.

Chunki, uzoq muddatli xotira "oʻchirilgan", qisqa muddatli xotirada esa maʼlumot koʻp turmaydi😁

Baʼzi odamlarda, uyqu payti tugul, uygʻoq vaqtida ham uzoq muddatli xotira oʻchirilgan boʻladi, undaylar xalq tilida "esi yoʻq" deyiladi😂.

Bunga maʼlumotlarni haddan tashqari koʻp qabul qilish/kerak, nokerakka ajratmaslik/maʼlumotlarni filtr qilmaslik sabab boʻladi.

Bunday hollarda koʻpincha kuchli bosh ogʻrigʻi(migren) kuzatilishi mumkin.

#nega

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Yangilanishingga ham dedi, Android 11, 12ingga ham dedi, qoʻrqmadi 😁

LG o'tgan hafta mobil bo'linmasini yopayotganini e'lon qildi, ammo smartfonlarga yangilanishlarni chiqarishda davom etishni va'da qildi. Endi qaysi modellar qo'llab-quvvatlanishi ma'lum bo'ldi. Shunday qilib, LG smartfonlari nafaqat Android 11 va keyingi Android 12 ning keyingi versiyasini, balki Android 13 ni ham oladi.

Android 11:
Wing
Velvet
Velvet LTE
V50S
V50
Q31
Q51
Q52
Q61
Q70
Q92
Q9 One

Android 12:
Wing
Velvet
Velvet LTE
V50S
V50
G8
Q31
Q52
Q92

Android 13:
Wing
Velvet
Velvet LTE

Shuningdek, ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, agar Android 12 yangilanishi bilan sinov paytida jiddiy muammolar yuzaga kelsa, LG rejadan voz kechishi mumkin.
#lg #update

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Counterpoint Research reytingi:
Yanvar oyida dunyodagi eng ko'p sotilgan 10 ta smartfon.

#reyting #statistika

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Galaxy S22 konseptsiyasi

U Galaxy S21 liniyasiga oʻxshash, ammo o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Masalan, konseptsiyada juda yupqa hoshiyali displey mavjud. Panelda old kamera koʻrinmaydi, u ekranning ostiga o'rnatilgan.

Bundan tashqari, tasvirlarda smartfon S Pen'ni qoʻllab-quvvatlaydi. 200 MPlik asosiy kameraga ega. Kompaniya gadjet konsepsiyasini Yaponiyaning Olympus ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda qilishmoqda.

M: Letsgodigital.org

#samsung #s22 #s

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Google kompaniyasi Androidga "Boshingni koʻtar telefondan" deb turadigan funksiya qoʻshibdi😂

2018-yilda ishlab chiqilgan dastur funksiyasi hozirda Pixel liniyasidagi smartfonlarda va albatta Android 10 versiyasidan boshlab beta-test rejimida ishlamoqda, keyinchalik boshqalar ham foydalanishi mumkin.

Dastur tizimning bir qismi boʻlib, uning vazifasi sizni uzoq vaqt ekranga qarab turganingizni aniqlab, ogohlantirish berish.

Heads Up funksiyasini yoqishning oʻzi yetarli emas, yoʻlga ham qarab yurish kerak, mana men postni yozgunimcha 4tasini turtib oʻtib ketdim😂

#google

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Nega odamga belanchakda tebranish yoqadi?

Hammasi biz yorugʻ dunyoni koʻrmasimizdan avval boshlangan. Onaning harakatlari bilan birgalikda homila ham harakat qiladi, u yoqdan bu tomonga tebranadi.

Yangi tugʻilgan bolani qoʻllarida, beshikda, aravachada silkitishadi, shunda bola tinchlanib, yigʻlashni toʻxtatadi va oxir-oqibat uxlab qoladi. Tebratilganda bola oʻzini ona qornidagiday xavfsizlik, himoya, qulay holat va xotirjamlikni his qiladi.

Odamga hali oʻzini tanishga ulgurmagan paytda oʻrganib qolgan ishi takrorlanishi yoqadi.

#nega

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
"SpaceX" va "Tesla" rahbari Ilon Mask Twitterdagi sahifasida o'zini "Mars imperatori" deb atadi.

Bu o'ziga-o'zi bergan ikkinchi "unvon". Avvalroq, Mask "Technoking", ya'ni "Texnoqirol" unvonini AQShning Tesla elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi bosh direktori lavozimiga almashtirgan edi.

Fikringiz qanday 🙂

#mask

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Sonyning yangi flagmanlari - Xperia 1 III va Xperia 5 III

Xperia 1 III texnik xususiyatlari:
• 6,5 dyuymli ekran (4K, OLED, HDR, 120Hz)
• 5G modemli Snapdragon 888
• 30 Vt tezkor quvvatlashga ega 4500 mA/soat quvvatli batareya
• iTOF sensorli 12 + 12 + 12 Mp 3D kameralar
• Dolby Atmos va 360 Reality Audio bilan stereo karnaylar
• Yon barmoq skaneri, USB-C, NFC, 3,5 mm razyom

Xperia 5 III u bilan deyarli bir xil, lekin ixchamroq - u 6,1 dyumli Full HD ekranga va eski versiyadagi Victus o'rniga Gorilla Glass 6 ga ega. Bundan tashqari, ushbu modelda TOF sensori va simsiz zaryad yoʻq.

Sony Xperia 1 III 12+256 Gb ~ 13.9mln soʻm
Xperia 5 III esa 8+256 GB ~ 11,75mln soʻm

#sony

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Uzmobile kompaniyasi 6 yoshga kirganligi munosabati bilan sovgʻalar ulashmoqda😁

Sovgʻalar Mb, daqiqa va smslardan iborat

Shunchaki *500# ni tering va sovg‘angizni tanlang!

Bu xabarni Uzmobile ishlatadigan yaqinlaringizga yuboring va ularni xursand qiling

UPD. Sovgʻalar 18-aprelgacha tarqatiladi.
#uzmobile

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Google'dan Coursera-da bepul Python kursi

Google Coursera-da bepul Python kursini boshladi. Kurs yangi boshlanuvchilar uchun va 6 xaftaga mo'ljallangan boʻlib, ularning har biri bir necha soat ishlashni talab qiladi.

Oʻqishlaringiz asosida siz quyidagilarni oʻzlashtirishingiz mumkin:

• Python ma'lumotlarining asosiy tuzilmalari
• Dasturlashning asosiy tushunchalari
• Python sintaksisining asosiy asoslari
• Python dasturlash
• Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OOP)

Kurs 2 versiyada mavjud:
1. 7 kunni bepul boshlang, so'ng sinov muddati tugagandan so'ng oyiga 39 dollar toʻlang va oxirida sertifikat oling.

2. Auditorlik rejimida kursdan bepul o'ting, ammo oxirida siz sertifikat olmaysiz

Oʻqish uchun->
https://www.coursera.org/learn/python-crash-course
#dasturlash

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
wallhaven.cc bu saytda siz qoʻl telefon va kompyuteringizga orqa fon uchun koʻplab rasmlarni topishingiz mumkin.

Sizga kerakli heshteglar orqali qidirishingiz kerak😁

#site

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
@Secretius AIDA64 Premium.apk
4.9 MB
AIDA64 PREMIUM
Android uchun telefonlar, planshetlar, aqlli soatlar va televizorlar uchun turli diagnostik ma'lumotlarni, shu jumladan:
- protsessorni aniqlash, yadro chastotasini real vaqt rejimida o'lchash
- Ekran o'lchamlari, piksel zichligi va kamera haqida ma'lumot
- Batareya darajasi va haroratni boshqarish
- Wi-Fi va uyali tarmoq haqida ma'lumot
- Android OT
- xotiradan foydalanish va saqlash
haqida maʼlumot olasiz

Qurilmangiz haqida siz bilgan va bilmagan maʼlumotlarni topasiz🙂

#apk #aida #ilova

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Telefoningiz tezroq zaryad olishi uchun, uni samalyot (полеть) rejimiga qo'yganingiz ma'qul va qo'shimchasiga telefoningizni vibratsiya yoki ovozsiz holatga qo'ysangiz, zaryadlanish yanada tezlashadi.

Smartfonni 100% emas 90% gacha quvvatlash, 0% gacha emas 10% gacha ishlatish batareyani umrini uzoq qiladi.

Quvvatlash qurilma va kabelini ham tanlashda orginalini(smartfon qutisidagi) olish kerak.

#foydali #tavsuyu

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
POCO X3 quvvat olayotganda yonib ketdi

Aeroportda oʻz-oʻzidan yonishi tufayli yirik Xitoy brendidagi smartfonlarning butun partiyasi yoʻq boʻldi va bugun Twitter-da zaryad olayotgan paytda yonib ketgan POCO X3 paydo boʻldi.

Suratlarda yongʻin paytida shishgan batareya smartfonni ichkaridan "yorib" eritganini koʻrish mumkin.

Egasining aytishicha, qurilma 2020-yil sotib olingan. POCO vakillari "yong'in sababi tashqi kuchlanishdan" deyishgan, toʻgʻri qaror qabul qilish uchun qurilma egasi bilan bogʻlanishga va'da berishdi va oʻz mahsulotlarining qattiq sifat sinovlarini eslatdilar.

P.s Nima deysiz, hey doʻstim😁

#poco #xitoy

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Instagram postlar uchun like koʻpaytiruvchi botlar

1. @BuyLikeRobot

2. @GramLikeBot

@InstaRallyBot ham bor, ishlamay qolibdi😅

#bot

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Nega yugurganimizda yon tomonda ogʻriq paydo boʻladi?

Agar siz yugurish/tez yurish paytida oʻng yoki chap tomonda ogʻrigʻini sezsangiz, bilingki, bu jigardagi (oʻng tomonda) va taloqdagi ogʻriq(chap tomonda).

Tinch holatda qonning bir qismi "zaxirada" turadi, aylanib yuradigan qonning asosiy qismi koʻkrak va qorin boʻshligʻida boʻladi.
Agar biz tanamizni qizdirib olmasdan tez harakatlansak (tez yurish yoki yugurish) zaxiradagi qon ishga tushadi lekin faol qonga qoʻshilolmay jigar va taloqqa quyiladi.

Qon bilan to'lib toshib, kattalashgan organlar hujayralari "eziladi". Ularda ogʻriq retseptorlari mavjud va buuum😖

P.s Shuning uchun jismoniy mashq bilan muntazam shugʻullanish(shoshilinch vaziyatlarda bunday boʻlmasligi uchun) va albatta undan oldin qizib olishni talab qilaman😁

P.s.s Shu kabi nega deb boshlanadigan qiziqarli va oʻylandiradigan savollarga javoblarni #nega heshtegi ostida berib boryapmiz.
Maʼqul kelyaptimi?

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Bugun sen haqingda gaplashamiz! Ha, ha sen va seni dangasa miyang haqida! Tayyormisan? Menga baribir😁

Senga nima kerak oʻzi? Ayt men beraman deydigan odam faqat ota-ona boʻladi va bu uzoqqa choʻzilmaydi. Keyin sendan biron narsa kutishadi. Qaytarish kerak.

Sen nima qilyapsan? Oʻrganish uchun googlega bir ikkita soʻzni yozib qidiruv tugmasini bosolmayapsan!? Interneting yomonmi? Faqat telegram ishlaydiya senda? Megabayting kam-a? Bilaman baxonalaringni! Erinchoq dangasa.

Seni shunga majburlayotgan yelkangdagi 1800grammlik yogʻ ekanligini ham bilaman. Sen miyangni boshqarmayapsan, miya seni boshqaryapti.

Biror savol tugʻilsa biror kishidan soʻrashga shoshilasan, shuni oʻzini kitobi, google degan servisi, telegramdan boshqasi ishlamayotgan boʻlsa @ribot(google), @vid(Youtube), @pic, @bing, @goglimgbot(rasm qidirish) botlari bor, yoʻq sen abezatelna kimdandir soʻrashing kerak 😂.

Biror narsani bilishing uchun bunga yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi odam kerak, uni oʻrgatadigan emas, oʻzing oʻrgansang, mashshaqat chekib, izlanib, mehnat qilsang oʻshanda bilim orttirasan, birov aytgani miyangni bir chekkasida ishlatilmay qolib ketadi.

Sen miyangni boshqar! Miya seni boshqarmasin!

#mozgiyobstvo

📓 @My_Biblo

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.