️Secretius
9.96K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Forwarded from My Biblo
Prezidentimizning oliy siyosatlari tufayli mana ikki haftadirki kunda 12soatlab tok yoʻq boʻlyapti. Bu uchun shaxsan men juda ham "minnatdorman". Elektr bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan pullar qayerdaligi haqida kimdir biladimi?
#islohot

📓 @My_Biblo
Parijdagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o'z to'plamidagi yarim millionga yaqin eksponatlarni Internetda bepul ko'rish uchun joylashtirdi. Dunyo bo'ylab eng ko'p tashrif buyuradigan muzeylardan biri 482000 raqamli buyumlar ma'lumotlar bazasini yaratdi.

Virtual eksponatlarning to'rtdan uch qismidan ko'prog'i allaqachon oʻz ma'lumotlariga ega.

Luvr bu qarorni pandemiya paytida o'zining asosiy sayti louvre.fr'ga yuklanish ko'paygani uchun qabul qildi.

collections.louvre.fr
👆
#site #muzey

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
😸Mynoise.net(turli ovozlar generatori) ijodkori yana bir ajoyib sayt yaratdi. Mushuksevar, lekin boqishga maʼlum bir sabab toʻsqinlik qiluvchi, mushuk ovozini yoqtiruvchi odamlar uchun (ha Admin "mushuk jinnisi", bu yoqimtoy jonivorni yoqtirmay boʻladimi ayting😁) kerakli sayt. Unda "mushugingizning" ovozini sozlab tinglashingiz mumkin.
Menga judayam yoqdi.

Saytga oʻtish👉 Purrli.com

#mushuk #site

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Issiqqina mis va quruq muz🙂
#fizika

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Koʻpchilik instagramdagi videoni skachat qilish uchun turli hil dasturlardan foydalnadi!?
Lekin buni telegramda oʻtirib qilsa ham boʻladi! Buning uchun instagramdagi video chekkasida 3ta nuqta bor shuni bosamiz va copy/kopirovat silku chiqadi shuni bosamiz va mana bu botga "paste" qilib @InstaBot yoki @gozilla_bot'ga tashlaymiz. Tez orada video tayyor!!!
#bot #telegram #telegram_bots

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Oddiy afsungarlik

Ofisda kompyuter buzilib qoldi. Ustani chaqirishdi. Usta kelib, kompyuterni tuzatib ketdi.
Bu qanday boʻlganini ofisdagi xodim hikoya qilib beryapti:
“Usta keldi, kompyuterga diqqat bilan tikilib turdi, nimadir deb shivirladi, oʻtiradigan kursimni oʻn marta aylantirib, kompyuterimni ozgina surdi, yana nimadir, deb pichirladi va ketdi. Mana, ishlayapti. Haqiqiy sehrgar ekan.

Ustaning hikoyasi:
“Kompyuterni tuzatib berish uchun chaqirishdi. Oʻsha kompyuterni ishlatadigan xodim esa joyida tek oʻtirolmaydigan, doimo kursisini aylantirib oʻtiradigan yigit ekan. Kompyuter simi stulning oyogʻiga oʻralashib qolibdi. Men yigitga
eshittirmasdan uni rosa soʻkdim, simni kursi oyogʻidan boʻshatib, kompʼyuterni nariroqqa surib qoʻydim. Chiqib ketgan simni uladim va yana bir marta soʻkinib, u yerdan chiqib ketdim!
#kayfiyat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Hammaga salom 👋
Doʻstlar ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:00da ovozli suhbat boʻladi va bir soat davomida biz "Kelajak" haqida suhbat quramiz😁.
#ovozli_suhbat

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari(shamol tegirmonlari, quyosh batareyalari, suv generatorlari) 2020 yilda Shotlandiyaning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojining 97 foizini ta'minladi.

2011 yilda Shotlandiya ekologik energiya bilan taʼminlash uchun maqsad qoʻygan edi: 2020 yilda qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun elektr tarmog'ining ehtiyojlarini 100 foizga yetkazish.

Garchi mamlakat ushbu maqsadni bajara olmagan bo'lsa-da, o'tgan yili bu ko'rsatkich 97,4 foizni tashkil etdi.

P.s Mavzuga bogʻliq maʼlumot:
Ilon Mask Twitterda 100kun ichida butun Avstraliyani elektr bilan toʻliq taminlay oladigan ekologik energiya stansiya qurishga qurbi yetishi haqida yozib oʻtadi.

Bunga Avstraliya tomon rozi boʻladi va stansiya 98kun ichida qurib bitkaziladi.

Endi savol:
Nega biz ham shunday qilmaymiz?

#kelajak #muqobil #ekologik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Tasdiqlanmagan, lekin haqiqatda yaqin xabar:
5G Realme V13 smartfoni

90 Hz ekran yangilanishi, MediaTek Dimensions 700 chipli va 5000 mA/soat quvvatga ega Realme V13 31 mart kuni chiqadi

Smartfon Realme V15 va Realme V11 kabi ko'rinishga ega bo'ladi. Orol shaklidagi selfi kamera, FHD+ va 90 Hz yangilanish tezligiga ega displey o'rnatiladi. Qurilmaning orqasida to'rtta va asosiy sensorli asosiy kamera 48 MP.

MediaTek Dimensions 700 protsessori oʻrnatiladi, bu 7 nanometrli chip yanvar oyida taqdim etilgan edi.

Maksimal tezligi 2,2 gigagertsli ikkita yuqori samarali ARM Cortex-A76 yadrolari, 2,0 gigagertsli energiyani tejaydigan oltita ARM Cortex-A55 yadrolari va 5G modem. Shuningdek, 8 Gb tezkor xotiraga, 256 Gb ichki xotiraga va USB-C zaryadlash portga ega boʻlishi kutilmoqda. Qurilma 31 mart kuni Xitoyda taqdim etilishi kerak.
Narxi taxminan 275$
Oʻzbekistonga mobodo keltirilsa, taxminan 340$ boʻladi.

#realme #5g

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
AFIRE kamini

Qoʻlni kudirmaydigan "olov", bunda issiq suv bugʻi olov rangida(rangni hohlagancha oʻzgartirish mumkin) yoritiladi

Olovning rangi, balandligi va tezligini masofadan boshqarish pulti yoki smartfon ilovasi yordamida o'zgartirish mumkin.

Interyer dizaynerlar uchun ajoyib sovgʻa😁

#interyer #dizayn

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​Qanday qilib bu koʻrinishdagi post qilish mumkin?
Bot kanalga obuna boʻlmasangiz, savol javobini koʻrsatmaydi va obuna boʻlishni soʻrashni sozlashingiz mumkin.

Bot manzili: @sdasdsadSd_bot

P.s Videodarslikni botdan oldim va hajmini kichraytirdim
#bot #telegram #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Ovozli suhbat 20:00da boshlanadi.
Siz nima qilishingiz kerak:
Hozirda deyarli barcha telegram turlari yangilangan. Ularda kanalda ovozli suhbat qurish imkoniyati bor.

Ovozli suhbatda siz jimgina tinglashingiz, gapingiz boʻlsa qoʻl koʻtarishingiz mumkin.

Dasturni yangilash uchun ilovalar doʻkoniga kirib(Google Play, AppStore va b.), nom boʻyicha qidirishimiz kerak.

Ha aytgancha, suhbat mavzusi Kelajak 😁.

P.s ovozli suhbatni yozib olaylikmi?
Bu oʻsha vaqtda suhbatda qatnasholmaydiganlar uchun!
#ovozli_suhbat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Secretius Kelajak
️Secretius 🔐
Ovozli suhbatda:
Kelajakda odamlar qanday boʻladi;

Kosmos qanday zabt etiladi;

Smartfonlar kerak boʻladimi?

Davomiyligi: 1soat
Formati: .ogg
Hajmi: 20mb
#ovozli_suhbat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Xiaomi egiluvchan smartfonini namoyish etdi - MIX Fold

• 840 × 2520 6,52 dyumli, 90 Hz, AMOLED ekrani;
• 67 Vt tez quvvat oladigan 5020 mA/soat quvvatga ega batareya;
• Qualcomm Snapdragon 888;
• Kamera 108/13/8 Mp;
• Fokus masofasini o'zgartirishi mumkin bo'lgan "suyuq" obyektiv.
• 4 karnay HarmanKardon

Narxi: 12 + 256 GB ~ 1 525 $

#xiaomi

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
💥🚀 Ilon Maskning kemasi qo'nish paytida portladi.

Starship SN11 o'n birinchi sinov prototipi Texasning janubi-sharqidagi SpaceX kompaniyasining Boka-Chika poligonidan uchirildi. Kema rejalashtirilganidek 10 km balandlikka ko'tarildi, dvigatellarni o'chirib qo'ydi, aerodinamik tormozlashni amalga oshirdi, qo'nish uchun dvigatellarni yoqdi, ammo qo'nishidan bir daqiqa oldin qurilma buyruqlarga javob berishni to'xtatdi.

«Hodisa boshlanganidan ko'p o'tmay jiddiy bir narsa yuz berdi. Bugun biz qoldiqlarni o'rganishimiz bilanoq, bu nima ekanini bilib olamiz", - dedi Elon Mask o'zining tvitterida.

#ilon #mask #koinot #raketa

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
EMO kichik roboti.

Gadjet yordamchi vazifasini bajaradi. Masalan, ob-havo ma'lumotini topish, uyning "aqlli" jihozlarini boshqarish yoki musiqani yoqish.

Yuqori bosh qismi datchikli, silasangiz erkalanadi😁. Uning o'ziga xos his-tuyg'ulari, kayfiyati va holati bor, uni robot displeydagi tovushlar, animatsiyalar va harakatlar yordamida ifoda etadi. Odam e'tiborini tortish uchun, raqsga tushishi, kasal bo'lishi mumkin😂.

EMO shuningdek o'z egasini taniydi, uni tug'ilgan kun bilan tabriklashni hech qachon unutmaydi va o'yinlarda sherik bo'lishi mumkin.

#robot #sa

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
#Secretius_Dayjest

Moxi - hamshiralarga yordamchi robot. U boʻlimlarni tozalaydi va ularni yangi bemorlarga tayyorlaydi. Kameralar va LiDAR tizimi tufayli toʻqnashuvida yura oladi. U hissiyotlarni ifoda etishi, boshini silkitishi mumkin, bu esa bemorlar va xodimlarning kayfiyatini ancha yaxshilaydi.
👉Videosi

Xiaomi o'z elektromobilini ishlab chiqishini rasman e'lon qildi - 10 yil ichida loyihaga 10 milliard dollar sarmoya kiritiladi.

Xiaomi Mi A1 eng xavfli smartfon deb tan olindi. Germaniya radiatsiyadan himoya qilish federal xizmati unda eng yuqori SAR(radiochastota to'lqinlari miqdori)ni qayd etdi.

Mikroburst - bulutlar toʻqnashuvi natijasida hosil boʻlgan havo oqimi oʻzi bilan birga yomgʻirli bulutni yerga yoʻnaltirsa, yomgʻir "chelaklab quyadi".

#robot #xiaomi #tabiat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
⚡️ Coca-Cola'dan qimmatroq.
ByteDance ikkilamchi bozorda 250 milliard dollarga baholandi.

TikTokning bosh kompaniyasi Xitoyning ByteDance aktsiyalari ikkilamchi bozorda 250 milliard dollardan oshib ketdi.

Bu esa ByteDance Amerikaning Exxon Mobil neft-gaz korporatsiyasi (240,29 milliard dollar) va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchisi Coca-Cola (229,06 milliard dollar)dan qimmatroq ekanligini anglatadi.

#tiktok

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.