️Secretius
10.4K subscribers
697 photos
425 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Kechasi gugl kezadigan odatim bor. Yangiliklarni, kun davomida duch kelgan, oldin duch kelgan, hozir yodimga tushgan savollarga javob qidiraman. Youtube kanali borlar uchun ajoyib saytga duch keldim. Xullas saytga kirasiz, qoʻshiq nomini yozasiz va agar siz shu musiqadan foydalanganingizda nima boʻlishini bilib olasiz(monetizatsiya yoqilmaydi, video oʻchiriladi, kanal bloklanadi va hokazo). Qisqa qilib aytsak qoʻshiqning avtorlik huquqi qanchalik jiddiyligini bilib olasiz.
👇
eproves.com

#site #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Android qurilmasining texnik xususiyatlari va sinovlari uchun eng yuqori sifatli dastur.

CPU X protsessor, yadrolar, tezlik, model, operativ xotira, kamera, datchiklar va boshqalar kabi qurilmalar haqida to'liq ma'lumotlarni aks ettiradi. Boshqa Android smartfonlarining batafsil tavsiflarini ko'ring.
XUSUSIYATLARI

• Qurilmaning texnik xususiyatlari - protsessor kabi qurilmangiz haqida to'liq ma'lumot oling,
yadrolari, tezligi, modeli, RAM, kamera, sensorlar va boshqalar.

• Smartfonlarni qidirish - Android smartfonlarining eng batafsil xususiyatlarini ko'ring.
Yuklab oling!📥

#apk #phone #smartphones #data

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Bilib qoʻygan yaxshi, Marsdagi kunning oʻrtacha davomiyligi - Yerdan atigi 2,7% ko'proq va 24 soat, 39 daqiqa va 35,244 soniya.
P.s Bu degani u yerda sal kam 25soat. Mask ishni koʻzini biladi😁
#mars #mask

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xiaomi bosh direktori mutlaqo tugmachasi bo'lmagan inqilobiy smartfon videosini oʻz sahifasiga joylashtirdi

💭Yoqdimi?
#xiaomi #xitoy

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Qo'shma Shtatlardagi birinchi 3D formatida bosib chiqarilgan birinchi uy Nyu-Yorkning Riverxed shahrida sotuvga qo'yildi. Uchta yotoq xonasi, ikkita hammom va ikkita avtomobil uchun alohida garaj 130 kvadrat metr maydonni egallaydi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha 50yillik kafolati bor ekan).
Uyning narxi: 299,9 ming $
#printer #3d

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Turib, turib sizlarni asabingizni buzgim kelib ketdi, kechirib turasizlar😆
Quyidagi gifdagi oʻyinni oʻynashga harakat qilib koʻring, zora gʻolib boʻlsangiz)
P.s Ashaddiy geymerlar, qanisizlar?
Oʻynab koʻringlar bir😂

Yuklab olish 📥 (Androidga)

Yuklab olish 📥 (iOSga)

#game #apk #gamer

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
@ControlWordBot - guruhda maʼlum chegaradan oshiq belgi(harf, son va hk.)li matnlar taqiqlanadi. Chegarani oʻzingiz belgilaysiz. Nima uchun kerak?
Baʼzilar guruhga uzundan uzun xabar yuborishadi va bu koʻpincha spam-xabar. Shuni oldini olish uchun.
@CommentsOnlyRoBot - bot baʼzi kanal adminlari uchun kerak. Xabaringiz bor, Telegram fikr bildirish funksiyasini ishga tushirgan, kanalingizga ulangan guruh yaratib, buni amalga oshira olasiz, lekin baʼzi adminlar obunachilar guruhga aʼzo boʻlmaslikni, faqatgina fikr bildirishlarini istashadi. Bot guruhga aʼzo qildirmaydi, lekin fikr bildirish mumkin.
@KickTheDeletedBot - Crosserbot haqida aytgan edik. Shu botga oʻxshaydigan bepul bot.
Yuqoridagi botlar guruhga adminlikni soʻraydi.

Ha yana aytgancha, @vkm_bot reklamalarga toʻlib ketdi, uni oʻchirib bulardan foydalanishni maslahat beraman
@vkmusic_bot
@mephbot
#bots #bot #telegram

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from ️Secretius
🍎 Mashhur BRENDlar ma’nolari

♻️ Apple — Bu Stiv Jobsning sevimli mevasi edi. Shunda Stiv Jobs xodimlariga firma nomini o’ylab topish uchun vaqt beradi, agar topa olishmasa yoqtirgan mevasini firma nomi sifatida qo’yishini aytadi va…

♻️ Adobe — Bu firma asoschisi Djona Vornoka hisoblanadi. U firma nomi sifatida uyining oldidan oqib o’tadigan ko’l nomini tanladi.

♻️ Cisco — Ko’pchilik o’ylaganidek, bu firma qisqartma ismlardan tashkil topgan emas, balki San Frantsisko shahrining oxirgi bo’g’inlaridir.

♻️ Corel — Bu ism firma asoschisi Maykla Kopland familiyasining bosh bo’g’inlaridan olingan.

♻️ Google — Matematikada bu nom bir va yuzta nol degan manoni beradi(1000000…).

♻️ Hotmail — Djek Smit nomli inson firma yaratadi va o’zining pochtalar bilan ishlash uchun mo’ljallangan firma nomini uzoq vaqt qidiradi, u oxiri “mail”so’zi boshiga har xil nomlar qo’yada va oxiri “hotmail” nomida to’xtaydi. Chunki bu nomda veb sahifalar yaratish uchun mo’ljallangan “HTML”gipermatn tilining barcha harflari ishtrok etadi.

♻️ Hewlett Packard — Bill Xyulett va Deyv Pakkard bu firmaning asoschilari hisoblanishadi va ular firma nomi Hewlett-Packard yoki Packard-Hewlett bo’lishi borasida kelisha olishmay tanga tashash orqali aniqlash lozimligini anglashadi va natijaga guvohsiz.

♻️ Intel — Bob Noys va Gordon Mur o’z firmalariga ‘Mur Noyce’ nomini berishmoqchi bo’lishadi, lekin bu nom bir tarmoqli mehmonxonaning nomi edi, shu sababli ular firma nomi sifatida internal (ichki) electronic (elektronika) so’zlarining yig’indisini olishdi.

♻️ Microsoft — Bill Geyts kompyuterlar uchun yaratiladigan dasturiy to’plamiga oid firmasini Micro-Soft (mikro dasturlar) nomini berishga qaror qilgan va keyinchalik defis(-) olib tashlangan. Bill Gates sarguzashtlari bu firmani mashhurlikka olib chiqdi.

♻️ Motorola — Dastlab bu firma mashinalar uchun radio chiqarar edi va firma asoschisi Pol Galvin o’z firmasini o’sha paytlardagi mashhur radio nomini asos qilib, Motorola deb qo’ygan, o’sha paytlarda bu radio nomi Victorola edi.

♻️ Yahoo! — Bu so’zni dastlab Djonatan Svift o’zining «Gulliverning sayohati» kitobida ishlatgan. So’ng bu so’z firma asoschisi Djerri Yang va Devid Filo ga manzur kelgan. Ular shu orqali o’zlarini shunday hursand ekanliklarini bildirishgan. Hozirda bu nom Yet Another Hierarchical Officious Oracle deb yuritiladi.

♻️ Fuji — Yaponiyadagi eng baland tog’ nomi Fudzi sharafiga qo’yilgan.

♻️ Honda — firma asoschisi Soichiro Honda nomiga qo’yilgan.

♻️ Kawasaki — firma asoschisi Shozo Kawasaki nomiga qo’yilgan.

♻️ IBM — International Business Machines (Biznes uchun xalqaro mashina) qisqartmasidan olingan.

♻️ Kodak – firma assoschisi Djordja Istmena “K” harfini juda yaxshi ko’rar edi va u o’z firmasi nomini bosh va oxirgi harfini K sifatida ko’rmoqchi bo’ldi va juda uzoq qidirdi. Shundan so’ng u “Kodak” nomida to’xtaldi. Undan tashqari bu K xarfi barcha tillarda bir hil ko’rinishda yozilar edi.

♻️ LG — 2 ta koreys brandlaring qo’shilishi, Lucky i Goldstar.

♻️ NEC — 1983 yilda Nippon Electric Company so’zlarining qisqartmasidan olingan.

♻️ Reebok –afrika yerlaridagi juda tez yuguruvchi antilop nomiga qo’yilgan.

♻️ 3Com — bu firma nomida matematik amal amalga oshirilgan, ya’ni “Computer Communication Compatibility Corporation” nomini olishgan va so’zlarning bosh 3 ta harfini olib qolib, qolganlarini otib yuborishgan. Shundan so’ng bir xil so’z birikmalari hosil bo’lgan va ularning soni 3 ta edi.

♻️ Sanyo – Xitoy tilidan tarjima qilganda “3 ta oken” degan ma’noni beradi.

♻️ Sumsung – koreys tilidan tarjima qilganda “3 ta yulduz” ma’nosini beradi.

♻️ Philips – firma asoschisi Fridrix Filips nomiga qo’yilgan. 1891 yil Eydxovenda tashkil etilgan va o’sha paytlarda lampochka ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Hozirda lampochkalarga qo’shib yana bir necha hil turdagi mahsulotlar ishlab chiqilmoqda.
#company #famous #brand
👉@Secretius👇
Snaptube - YouTube/Instagram/Facebook/TikTok va boshqalardan video/musiqalarni ko'rish/eshitish va yuklab olish.

• Ilova xususiyatlari:
- musiqa/videolarni kerakli sifatda yuklab olish;
- kalit so'zlar va toifalar bo'yicha videolarni qidirish;
- xotiradagi musiqani eshitish/videoni koʻrish va boshqalar.

Yuklab olish 📥

#apk #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
#SecretiusDayjest

📱Samsung Display kompaniyasining ikki xodimi OLED texnologiyasini uchinchi shaxsga sotgani uchun qamoqqa tashlandi.

🍎Tibbiyotchilarning ta'kidlashicha, iPhone 12 dagi MagSafe magnitlari yurakdagi yurak stimulyatorlarini ishdan chiqaradi.
Bu xabar boʻyicha bir guruhda gap koʻtarildi, xullas iPhone yurak kassaliklari bor odamlarga zararli ekan degan xabar kelibdi bir kanaldan😆, yoʻq unday emas, iPhone MagSafe'dagi magnit yuragiga kardiostimulyator qoʻygan odamlarga zararli)

🎁Bonus
Yangi Zelandiyaning DB Export Beer kompaniyasining qayta ishlash mashinasi, bir necha soniya ichida ishlatilgan pivo shishasini qurilish uchun mutlaqo mos bo'lgan 200 g ekologik toza qumga aylantiradi.
#magesafe #iphone #samsung

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Android smartfonini tanlash
Eng koʻp soʻraladigan savolga javob berishga harakat qilaman. Bilib olishimiz kerak boʻlganlardan biri Android'ning turli xil turlari, sotuvchilari bor. Yetkazib beruvchilar -
Xitoy: Xiaomi, Oppo, Vivo, Lenovo (Motorolla), Huawei (Honor), OnePlus, ZTE, Meizu, Dooge, Blackview, Ulefone, Oukitel, Nomu.
Koreya: Samsung, LG.
Tayvan: Asus.
Yaponiya: Toshiba va Sharp
AQSh: Dell, Essential, CAT, Google va Razer. Finlyandiyaning bizga tanish NOKIA kompaniyasi ham Android smartfonlar bozorini egallab olishga intilmoqda.

Endi savol? Ularning orasidan qaysi birini tanlashimiz kerak?
Ham hamyonbop, ham yaxshisi qaysi? Quyida biz sifatlarini sanab chiqamiz, tanlash oʻzingizdan:

• Kamida 4 Gb tezkor xotiraga ega boʻlishi kerak
• Ko'p yadroli protsessor juda tez degani emas (Snapdragon protsessori oʻrnatilgan smartfon sotib olish tavsiya etiladi)
• IPS ekrandan AMOLED yaxshiroq. Full HD/HD+ boʻlsa undan ham yaxshi
Megapiksellarning ko'pligi fotosuratlar sifatli bo'lishini anglatmaydi, soft yomon boʻlsa hammasi bir tiyin
• Korpus turi ikkilamchi ahamiyatga ega deb oʻylayman, extiyotlasangiz plastmass korpus ham koʻpga chidaydi, lekin metall yoki shisha boʻlsa yomon emas.(bunda: qolgan tomoni yaxshi-yu, faqat korpusi plastmass boʻlsa sotib olgan yaxshi degan maʼnoda)
• Eng kamida 32 Gblik xotira.
16 Gblik smartfon sotib olib, 64 Gb xotira kartasini(fleshkani) joylashtiraman deb oʻylamang. Maslahat bermayman (boshdan oʻtgan tabib)
• Kameralar stabilizatsiya va yaxshi diafragmali boʻlishi.

Xulosa oʻrnida:
Sotib olish uchun flagmanlarni tavsiya qilamiz (sifatli va bir necha yil davomida yangilanishlarni qo'llab-quvvatlagani uchun).
Smartfon sifati ishlab chiqaruvchining mahsulotlari qancha ishlab chiqarilganiga qisman bogʻliq(Masalan: Xiaomi va OnePlus'ni solishtirib koʻring)

P.s Eng toʻgʻri tanlovni oʻzingiz qilasiz, shaxsiy maslahatim Poco X3 smartfoni(Reklama emas)
#smartfon #maslahat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
ADIAZ & COC - T.K.N.D.SH
@MyBlueBook
Shuncha yil Oʻzbekistonda yashab kelgan xulosam shu qoʻshiqqa jo boʻlibdur nasinemsin😂
#musiqa
P.s Qoʻshiq eskiligini bilaman
➡️Obuna boʻlish
Forwarded from ️Secretius
Androeed.ru
Saytda Android OT uchun millionlab o'yin va dasturlarning MOD, Premium va pro versiyalarni yuklab olish mumkin.
#android #apk #site #useful
👉@Secretius👇
Samsung Galaxy S21 suvda qancha vaqt turadi?

Sinov haqida bilganlarim:
Akvariumni orqasida simsiz zaryadlovchi qurilma mavjud bo'lib, u telefonni to'liq zaryad qiladi.
Samsung Galaxy S21 IP-68 suvdan himoyaga ega, ya'ni u suv ostida maksimal 1,5 m chuqurlikda o'ttiz daqiqagacha boʻlishga chidamli!

S21 da sekundomer faqat 99 soat 59 daqiqa 59 soniyani tashkil etadi. Vaqti kelganda sekundomerni toʻxtatishib qayta boshlashgan.
Sekundomer qayta-qayta yoqilgan: ikki marta

117 soat 53 daqiqadan keyin telefon "Namlik aniqlandi" degan ogohlantirish bergan. Ekran yaxshi ishlamagan.

241 soat 10-daqiqada musiqa qoʻyishga harakat qilingan. Lekin ovoz tushunarsiz boʻlgan

Video manbasi: www.youtube.com/photoowl

Videoning oʻzi: https://youtu.be/wHtBZlt1hyY

#sinov #krashtest

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Men dasturchi/dizayner umuman ITishnik(aytishnik) boʻlmoqchiman! Nima qilishim kerak? Nimadan boshlashim kerak? Diplom kerakmi?

Maqolani oʻqishdan oldin bu meni shaxsiy fikrimligini inobatga olishingni soʻrayman. Shunday qilib sen "aytishnik" boʻlmoqchisan dasturlashga, dasturlash tillariga, sayt va dastur yaratishga, multfilm/ijtimoiy rolik/kinolar qanday yaratilishiga qiziqasan va buni oʻzing ham qilmoqchisan. Atrofingizdagilarga ham oʻzingga ham foyda bermoqchisan.
Senda ishtiyoq/qiziqish bormi? Kuching yetishiga koʻzing yetyaptimi? Unda bos gaziga nasinemsin 😂. Maqsading boshlanishiga pul boʻlib keyinchalik qiziqishing yaratuvchanlikka burilsa katta marraga erishasan, lekin pul boʻlib qolsa qotib qolasan.
Sendan faqat oʻqishing uchun sabr-toqat/tirishqoqlik/qaytmaslik/oʻrganishga chanqoqlik talab qilinadi! Ha yana IT sohasiga qarab yaxshigina kompyuter/noutbuk/planshet kerak boʻladi.
Ota-onangga yotigʻi bilan aytsang albatta tushunishadi.
Diplom uchun oʻqimoqchi boʻlsang u kerak emas!
Foydam tekkan boʻlsa xursandman, seni birov turtmasligi kerak, harakatingni qil!!! Omad🙂

Tegishli maqolalar:

IT (AT) nima?

IT sohasiga oid kurslar

#maslahat #itishnik #aytishnink #IT

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
📱Samsung Galaxy A32 5G

📅 Eʼlon qilindi: 2021 yil, 13-yanvar
Namoyish qilinadi: 2021 yil, 19-fevral

⚖️Ogʻirligi 205g

📐 Oʻlchamlari 164.2 x 76.1 x 9.1 mm

💿Android 11, One UI 3.0

🔆Displey turi IPS LCD

⚙️CPU: MediaTek MT6853 720 5G (7 nm)
🎞GPU: Mali-G57 MC3

💾Xotira: 64GB/4GB RAM, 128GB/4GB RAM, 128GB/6GB RAM, 128GB/8GB RAM

📷Asosiy kamera to'rtta
48 MP, 8 MP, 5 MP, 2 MP
Selfie kamerasi 13 MP

Barmoq izi skaneri (yon tomonda), NFS, bitta yoki 2talik nano-SIM, flesh karta

🔋Batareya Turi Li-Ion 5000 mA/s, olinmaydigan, tezkor quvvatlash 15 Vt

UPD: Narxi maʼlum boʻldi: 279 €
Quyida rasmlari 👇
#samsung #Aseriya

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Chuvalchang"ni ikkiga yoki koʻpga boʻlsak, 12kundan soʻng har biridan alohida chuvalchang yetishib chiqishini bilar edingizmi?
#eksperiment

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Federal qidiruv byurosi xodimlari marixuana sotuvchisini ushbu fotosuratdan qoʻlga olishdi.

Sotuvchi mahsulotni namoyish qilish uchun "mahsulot" bilan rasmga tushganda, barmoq izlari koʻringan😆. Barmoq izlari roʻyxatda saqlangan namunalar bilan mos tushgan va ....

P.s Anaqisa ehtiyot boʻlaslar🙂
#xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
No komment

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Agar orbitadagi barcha sun'iy yo'ldoshlar bizga oddiy ko'z bilan ko'ringanida...
Tezlashtirilgan kadr.
#tassavur

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.