️Secretius
8.58K subscribers
757 photos
444 videos
150 files
1.96K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Molotov Gorkiy nomidagi avtomobil zavodi. 1944 yil 19-iyun.
Stalinga kelajakda ishlab chiqariladigan avtomobil namunasi namoyish etildi. GAZning bosh dizayneri Andrey Lipgart, uning rahbarligida yangilik ustida ish olib borildi, mashinani "Rodina"(rus. - vatan) deb nomlashni taklif qildi. Rahbarga bu ism yoqmadi va kinoyali ohangda: "Rodinani(Vatanni) qanchaga sotamiz?" - dedi.
Ikkinchi variant "Pobeda"(Gʻalaba) edi. Stalin mashinaga qarab jilmayib qo'ydi: "Xo'sh, G'alaba juda zo'r emas ..." , keyin qo'shimcha qilib: "G'alaba bo'lsin." - dedi.
👉@Secretius👇
Galileo Galiley bir paytlar jismlarning massasidan qat’i nazar, bir xil tezlanish bilan tushishini aniqlagan. Ammo bolg‘a va patni bir vaqtning o‘zida tashlashga harakat qiling. Avval nima tushadi? Yerga bolg‘a tabiiy ravishda erta tushadi, chunki u havo qarshiligi kuchini yengib chiqishi patga nisbatan osonroqdir.

Oyda Galiley qonuni osongina tasdiqlanadi, chunki bizning sun’iy yo‘ldoshimiz tushayotgan jismlarga ta’sir qiladigan atmosferaga ega emas.

Ushbu videolavhada siz Apollon 15 missiyasining qo‘mondoni Devid Skottning bolg‘a va patni bir vaqtning o‘zida qo‘yib yuborganini ko‘rasiz. Ikkala buyum ham bir vaqtda yuzaga yetib boradi. Jismlarning Oyga tushishidagi farq faqat Yerdagiga nisbatan tortishish kuchining pastroq tezlanishidir. Agar Yerda har soniyada tushayotgan jismning tezligi taxminan 9,8 m/s ga oshsa, Oyda xuddi shu soniyada tushish tezligi atigi 1,6 m/s ga oshadi.
#fizika
👉@Secretius👇
Ferrari-ni ortda qoldirgan velosiped

Dizayner Arnold Necharer vodorod peroksid(ha oʻsha, yaraga sepsa koʻpiradigan😅) bilan ishlaydigan reaktiv motorli velosiped yaratdi.
#velo #ferarri
👉@Secretius👇
jetAudio musiqa pleyeri

Bu dasturni koʻpdan beri ishlatayapman 🙂.
Sizlarga ham tavsiya qilaman, mana bu yerda "sehrli tugmachalar"(funksiyalari koʻpligidan bitta post kamlik qiladi oʻrnatib/ishlatib koʻring, rahmatni keyin aytasiz), bu yerda hozir eshitayotgan musiqam)
#apk #musiqa
👉@Secretius👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dron kerak emas 😅, faqat buni ham dron deb...
#dron #zapret
👉@Secretius👇
🛰 Chang'e-5 kosmik kemasi Yerga 2 kg Oy tuproq namunalari bilan qaytib keldi

So'nggi 44 yil ichida Xitoy Oy sirtidan Yerga geologik namunalarni etkazib berish loyihasini amalga oshirgan birinchi mamlakat bo'ldi. Ilgari bunday missiyalar faqat AQSh va SSSR tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilardi.
#oy #yer #xitoy
👉@Secretius👇
⚡️Bitkoin 23,000 $ ga chiqdi.
#bitkoin
UPD. Yana oshdi😳
👉@Secretius👇
Keyingi yildan boshlab Google va Qualcomm qurilmalarni 4 yillik qo'llab-quvvatlashni ta'minlaydilar. Bu allaqachon chiqarilgan smartfonlarga taalluqli emas. Yangilanishlar Project Treble dasturi orqali amalga oshiriladi. Snapdragon 888 va undan yangi platformalardagi qurilmalar, shuningdek Android 11 OS egalari bunga ishonishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, android foydalanuvchilari eng koʻpida 3yil yangilanish patchlarini oladi, baʼzida istisnolar ham boʻladi, lekin aksariyat hollarda 3yil.
#android #google
👉@Secretius👇
Endi Google ikki yillik harakatsizlikdan keyin hisob ma'lumotlarini o'chirib tashlaydi.
#google
👉@Secretius👇
Ikki mashinaga mo'ljallangan ikki qavatli avtoturargoh.
P.s UzAvto mashinalari bunga arzimaydi 😅
#avto #stopuzauto
👉@Secretius👇
Yana bir norasmiy kupyura!
Mana bu xabardan keyin tarmoq portladi, endi bitta gap hamma narsaga negativ qaramanglar! Buni foydasi xalqqa tegmasa ham kimgadir tegadiku, hey uygʻoninglar😏
Ⓜ️: NurqulMinbari
👉@Secretius
Boston Dynamics roboti Spot'ga yangi ish topildi.
Avvalroq uni harbiy xizmatga "chaqirishgan edi", endi esa Marsga yuborishmoqchi.
NASA mutaxassislari uni Marsga yuborishga tayyorlamoqda. Muhandislarning fikriga ko'ra, qurilma Qizil sayyorani yanada samarali o'rganish imkonini beradi.
U boshqa marsoxodlarga qaraganda yengilroq va ular kira olmaydigan joylarga kira oladi.
P.s Boshingga yana ne kunlar tushar ekan-a, Spot😂
#robot #mars #spot
👉@Secretius👇
Smartfonigiz uchun zararli ilovalar:

1⃣ Turli xil jonli fon rasmlar oʻrnatuvchi "Live Walpaper"lar;

2⃣ "Antivirus"lar;

3⃣ Kelib chiqishi nomaʼlum, nomi shubhali, hajmi kichik, ishonchsiz manbali;

4⃣ Turli xil xotirani tozalovchi, "tezlashtiruvchi" ilovalar;

5⃣ Ob-havo maʼlumoti ilovalari(M: Wheather Forecast);

6⃣ Launcherlar;

7⃣ Feyk (Fake) dasturlar. Turli xil qon bosimi oʻlchovchi/Sevgi testi deganga oʻxshash.

8⃣ Grafikasi "ogʻir" oʻyinlar. Aslida smartfon "ogʻir" oʻyin oʻynash uchun moʻljallanmagan, baʼzi smartfonlardan tashqari albatta.
9⃣ Koʻp bora reklamalarda chiqadigan yoki men koʻp koʻrayotgan "pul toʻlovchi oʻyinlar", ular pul toʻlamaydi.
🔟 Reklamasi boʻlgan oʻyin va ilovalar, ular sizni bezovta qiladi. Buning uchun kanalimizni kuzatib boring, biz sizlarga reklamasiz/sotib olingan/Pro dasturlarni berib boramiz.
#apk #tavsiya
Aqlni charxlashni yoqtiradiganlar uchun:
Shaxmat:
👉 Chess.com
@chessbot
Shashka:
👉 @goplaybot

Shu turdagi xabarlar 👉
#site #bot #useful
👉@Secretius
Avtomobil bilan boʻlib turadigan muammolarni oson hal qilamiz
Follow to instagram.com/secretius_uz
#instagram #lifehack
👉@Secretius👇